Mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə1/5
tarix27.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#149846
  1   2   3   4   5
2. 1-mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodl-genderi.org


Mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
Reja
1.Bolalar psixologiyasining asosiy metodlari
2.Bolalar psixologiyasi fanining yordamchi metodlari.
3.B.G.Anan`ev bo`yicha metodlar klassifikatsiyasi.

Kuzatish. Kuzatish ~ psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo’lib, psixik hodisalarni maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir.

  1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim;

  2. Kuzatish ob’ektiv bo’lishi kerak; kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani qayd etishi, uni sub’ektiv talqin etishga o’tmaslik lozim;

  3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o’tkazilishi kerak;

  4. Kuzatish shunday o’tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim;

  5. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  6. Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalarni tez qayd eta olish mahoratiga ega bo'lishi zarur.

Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:

  1. ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;

  2. b) standaillashtirilgan va slandartlashtirilimgan kiuzatish;

  3. c) frontal va tanlanma kuzatish.

  4. Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko’rsatish, ularni o’zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko’rinishda qaytadan yaratib bo’lmaslik kabi xususiyatlar qayd etiladi. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metolardan biri bo’lib kelmoqda.

  5. Eksperiment. Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o’rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko’rsatadi, bir yoki bir necha o’zgaruvchilar bilan manipulyatsiya amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xiisusiyatlar maxsus sharoitlarda o’rganiladi.

Eksperimentning ikki turi ajratiladi;
laboratorya eksperimenti
tabiiy eksperiment.
va
Laboratoriya eksperimenti maxsus jihozlangan joylarda, qattiq nazorat ostida amalga oshiriladi.
Tabiiy eksperiment esa sinaluvchi eksperiment ob’ekti ekanini bilmaydi. Bu holat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zo’riqish, tadqiqot natijalarini o’zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi.
Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini o’rganish uchun uni alohida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir qator so’zlarni o’qib berib, so’ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Suning uchun bolaning ichki emotsional zo’riqishi (xavotirga tuskishi, shubhalana boshlashi va hokazo) unga topshiriqni imkoniyatlari darajasida boshlashi uchun yo’l qo’ymaydi. Demak, eksperimentdan olingan natijalarni haqqoniy deb bo’lmaydi. Bordi-yu, bola bilan o’yin o’ynab, unga xaridor rolini berib aytilgan narsalarni “do’kondan” xarid qilish vazifasi topshirilgan bo’lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab qolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperinient natijalari ancha haqqoniy bo’ladi.
Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir qator talablarga rioya etish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntayeva va Yu.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bo’lib, ular quidagilardan iborat:

  1. Rejalashtirish bosqichida tadqiqot maqsadini, sinaluvchilar tarkibini aniq belgilashi, eksperimentda ishlatiladigan metodikalarni, eksperimentni o’tkazish sharoitini (joy va vaqtini) aniqlashtirish, barcha sharoitlarni oldindan yaratib qo’yish zarur;

  2. Eksperimentni o ’tkazish jarayonida tadqiqotda ishtirok etayotgan bola bilan o ’zaro ishonchga asoslangan munosabatini o’rnatish, muloqotga do’stona, iliq ohang baxsh etish, bolani o’z oldiga o’tkazish, bolaning xatolariga ortiqcha e’tibor bermaslik, sinov sur’atlarini bolaning individual- psixologik xususiyaflariga moslashtirish zarur.

Bola bilan o`tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida o’zgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadqiqotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini to’ldiruvchi shaxs ham ishtirok etadi.
Eksperimentning yana ikki turi

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin