Mavzu: Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish. Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, kiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi



Yüklə 52,22 Kb.
səhifə1/12
tarix11.07.2023
ölçüsü52,22 Kb.
#136325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bolalarda o\'tkir pnevmoniya


Mavzu:Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish.


Bolalarda o‘tkir pnevmoniyaning kechish xususiyatlari, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, kiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi.
Pnevmoniya (yunon tilidan rneumon – «o‘pka»; o‘pka yallig‘lanishi)- o‘pkaning respirator bo‘limlaridagi yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, alohida kasallik yoki biror bir kasallikning asorati sifatida kuzatiladi. Pnevmoniya bilan kasallanish bir yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 1000 bolaga 10-15 tani, 1-3 yoshgacha bo‘lganlarda 1000 bolaga 15 - 20 ta va 5 yoshdan so‘ng 1000 bolaga 5-6 ta to‘g‘ri keladi.
Bu tasnifga asosan pnevmoniyalar quyidagi turlarga bo‘linadi.
Kelib chiqishi bo‘yicha:

Morfologik ko‘rinishi bo‘yicha:

  • O‘choqli

  • Segmentar

  • O‘choqlar qo‘shilishi

  • Krupoz

  • Interstitsial

Kechishi bo‘yicha:

  • O‘tkir

  • CHo‘zilgan

Asoratlar bo‘lishiga qarab:

  • Asoratlanmagan

  • Asoratlangan (toksikoz, infeksion–toksikkaraxtlik, sinpnevmonik plevrit, metapnevmonik plevrit, kattalar turidagi respirator distress sindrom, o‘pka destruksiyasi, DVS-sindrom).

Kasalxona ichi pnevmoniyasi, shifoxonada bo‘lganda 48 soatda yoki shifoxonadan chiqqandan keyin 48 soat ichida rivojlanadi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi (nozokomial) erta (birinchi 4 sutkada sun’iy o‘pka ventilyasiyasidan so‘ng) va kechki (sun’iy o‘pka ventilyasiyasidan so‘ng 4 sutkadan ortiq) ventilyasion pnevmoniyalarga bo‘linadi. Pnevmoniyaning cho‘ziluvchan kechishi pnevmonik jarayonning kasallik boshlanishidan 6 haftadan 8 haftagacha yo‘qolmasligi kuzatilganda qo‘yiladi. Pnevmoniyani og‘irlik darajasi (engil, o‘rta og‘ir, og‘ir) toksikoz rivojlanishi, nafas etishmovchiligi va yurak qon tomir o‘zgarishlariga qarab belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida qo‘zg‘atuvchi turi, infeksiya ko‘pligi va makroorganizm holatigagina (reaktivlikga) bog‘liq bo‘lmay, balki o‘z vaqtidagi va ratsional terapiyaga ham bog‘liq.

Yüklə 52,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin