Mavzu: Bosma kitob davrigacha bo`lgan davr. Yozuvning paydo bo`lishi, uning tarixi. Yozuvning piktografik, ideografik, fonografik bosqichlari. Yozuv materiallari va qurollari. Reja



Yüklə 24,01 Kb.
səhifə1/2
tarix20.03.2023
ölçüsü24,01 Kb.
#88885
  1   2
2 Bosma kitob davrigacha bo`lgan davr Yozuvning paydo bo`lishi Uning


Mavzu: Bosma kitob davrigacha bo`lgan davr. Yozuvning paydo bo`lishi, uning tarixi.Yozuvning piktografik, ideografik, fonografik bosqichlari.Yozuv materiallari va qurollari.
Reja. 1.Yozuv va uning tarixi haqida ma`lumot. 2.Piktografik yoki rasmli yozuv. 3.Ideografik yoki ieoriglifik yozuv. 4.Fonografik yozuv. Glossariy: Piktografik yoki rasmli yozuv, Ideografik yoki ieoriglifik yozuv, fonografik yozuv, logografik yozuv, qoʻrgʻon — marhum koʻmilgan joy belgisi; slavyan qabilalarida non-tuz doʻstlik belgisi; trubka — tinchlik, sulh belgisi , "Buyumli yozuv" Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Yozuvning paydo boʻlishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ishlab chiqarish va savdo kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va boshqa shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo boʻladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli koʻrinishlari shakllanadi; xalqlarning oʻz tarixini bilishga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat ogʻzaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv ogʻzaki tilga nisbatan ikkilamchi, qoʻshimcha aloqa vositasi boʻlsada, unga qaraganda koʻp afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi — kishilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, geneseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qoʻlga kiritgan tajriba bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, soʻz sanʼati durdonalari va boshqalar qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan -avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, yozuv ham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq, va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chigʻanoqlardan foydalanilgan, tayoqlar, daraxtlarga har xil iplar bogʻlash, tugunlar tugib qoʻyish va boshqa vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzoq, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va shu kabilardan qoʻllangan. Xabarni uzoq, vaqt saqlash uchun ramziy maʼno berilgan buyumlardan foydalanilgan: qoʻrgʻon — marhum koʻmilgan joy belgisi; slavyan qabilalarida non-tuz — doʻstlik belgisi; trubka — tinchlik, sulh belgisi va boshqa "Buyumli yozuv" nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham baʼzan saqlangan. Masalan, biror fikrni esdan chiqarib qoʻymaslik uchun roʻmolchaning uchini tugib qoʻyish odatini yodga olish mumkin. Rasmli yozuv (piktografiya) yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan yozuv oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar — bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy sanʼat ikki yoʻnalishda — umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, yaʼni yozuv sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda koʻpchiligidagi "yozmoq" maʼnosidagi soʻzlarning etimologiyasiga eʼtibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday soʻzlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan bogliq holda namoyon boʻladi. Macalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmoq," tushunchasi "bit(i)moq" feʼli ("bitik" — yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu feʼlning oʻzagi xitoycha "bi" (moʻyqalam) soʻzi bilan aloqador boʻlib, dastlabki maʼnosi "oʻymoq, oʻyib bezamoq", undan keyin "yozmoq" demakdir. Slavyan tillardagi "pisati" (rus. "pisat" — "yozmok,") feʼlining maʼnosi ham dastlab moʻyqalamda rasm chizish bilan bogʻliq boʻlgan (rus. "jivopis" — rangtasvir soʻzi bilan qiyoslang). Bu feʼlning oʻzagi lot. "pingere" (rasm solmoq) soʻzi bilan aloqadordir, "pisati" feʼlining dastlabki maʼnosi, koʻrinadiki, "rasm solmoq", "bezamok,"dan iborat boʻlgan. Gotcha "melian" (yozmoq) feʼlining dastlabki maʼnosi ham moʻyqalamda "rasm solmoq" boʻlib, bu feʼl hozirgi nemis tilida "malen" shaklida va "rasm solmoq" maʼnosida qoʻllanadi. Yunon tilidan koʻpgina tillarga oʻtgan "grafika" soʻzi ham etimologik jihatdan oʻyish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar yozuvning rasm bilan benihoya bogʻliq ekanligini yaqqol koʻrsatadi, Yozuv jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikr axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadim davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos boʻlgan deyish mumkin. Piktografiyaning ogʻzaki til bilan bogʻliq boʻlmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini taʼmin etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yoʻl qoʻygan, mavhum tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin boʻlmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga boʻlgan ehtiyoj kuchayib borgan sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari koʻproq koʻzga tashlana boshlagan. Bu hol piktografik yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va iyeroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. Rasmlarning soddalashuvi, ularning oʻzlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning ogʻzaki til bilan doimiy bogʻlanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuv belgilari ideografik, iyroglifik belgilar sifatida muayyan soʻzlarning ifodachilariga aylanadi, bu yozuv "soʻz yozuvi" yoki "logografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr iyroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan mil. av. 2ming yilliklarning boshlarigacha boʻlgan davrda shakllangan. Haqiqiy maʼnodagi yozuv tizimlari dastlab Qad. Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi boʻgʻin yozuvi boʻlib, u mil. av. 2ming yilliklarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Tildagi so`zlar soniga qaraganda boʻgʻinlar soni ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko`radi. Mas, devanagari (xind) yozuv boʻgʻin yozuvidir. Harf - tovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob boʻlgan. Bu yoʻnalishdagi ilk yozuv finikiy yozuvidir. Finikiy alifbosining paydo boʻlishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil. av. 9-asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan qoʻshni xalqlar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni oʻz tillariga moslashtirib olganlar. Hozirgi kunda bizga maʼlum boʻlgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning 4/5 qismidan koʻprogʻi finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Nutqni eng kichik boʻlaklarga — tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish boʻlmaganligi sababli harf-tovush yozuvi yoki alifboli yozuvning paydo boʻlishi jarayoni uzoq davom etdi. Bunda inson dastlab nutqni soʻzlarga, keyin boʻgʻinlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Tildagi tovushlarni alohida-alohida idrok qilish tovush yozuvning ibtidosidir. Harf-tovush yozuvning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, yaʼni 20—30 atrofidagi belgilar bilangina ish koʻra olishidir. Harf-tovush yozuvi dunyo xalqlari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, oʻzlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yo`li bilan boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, paxlaviy, o`rxun-enasoy (runik), turkiy (uygʻur), soʻgʻd, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. Yozuv bilan til oʻzaro chambarchas bogʻliq. Biror tilni shu tilning Yozuvini oʻrganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuv tegishli boʻlgan tilni bilmasdan oʻrganish mumkin emas. Ammo yozuv ogʻzaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega boʻlganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan boʻlardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yoʻq. Ana shunday maʼnodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir toʻliq emas. Hozir ingliz, fransuz va boshqa tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda koʻplab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab boʻlgan. Yozuv bilan til oʻrtasida, alifbo va tilning tovush tizimi oʻrtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Koʻpchilik xalqlar oʻz yozuvlarini boshqa til yozuvini oʻz tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yoʻli bilan yaratganlar. Bu hol yozuv va til munosabatlarida oʻz izini qoldirgan. Ayni paytda yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan toʻla mos keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir oʻzgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu oʻzgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb boʻlmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun yozuvga turli o`zgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va h.k. Mas, oʻzbek xalqi asrlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923—26 yillarda bu yozuvni oʻzbek tili tovush qurilishini toʻlaroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir qator harfiy oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzbekistonda 1929- yildan lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosiga o`tilgan, 1940- yildan esa kirill yozuvi joriy etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993 -yil 2 sentyabrda "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish to`gʻrisida"gi qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995- yil 6 - mayda oʻzgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga koʻra lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qoʻshilmasidan iborat. Yangi alifboga toʻla oʻtish 1996- yildan boshlanib, 2005- yilda tugallanishi belgilangan. Yozuv taraqqiyoti tilning tabiiy taraqqiyotidan ancha orqada yurganligi uchun muayyan soʻz yoki soʻz shaklining yozilishi bilan talaffuzi aynan mos kelavermaydi. Bu tabiiy va qonuniy hol boʻlib, yozuv va ogʻzaki nutq oʻrtasidagi bunday nomuvofiqliklarni imlo qoidalari tartibga solib turadi. Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. Tabiiyki, bu hol yozuvni oʻzlashtirishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil undagi harflar sonini ko`paytirish emas. Alifbo yozuvning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari va boshqa yozma belgilar ham yozuvning unsurlari hisoblanadi. Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tugʻilganida paydo boʻlgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va maʼmuriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi.Qadimgi Misr va Mezoamerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini taʼriflaydi. PIKTOGRAFIK YOKI RASMLI YOZUV Yozuvning eng dastlabkisi sifatida piktografik (lotincha pictus – rasm, surat; grapho - yozaman) yoki rasmli yozuvni ko'rsatish mumkin. Bu yozuv turining o'ziga xos tomoni uning og'zaki til bilan bevosita bog'liq emasligi va uni har qanday til vakili tushuna olishidadir. Piktografik yozuvda bildirilmoqchi bo'lgan fikrlar inson, hayvon, qayiq kabilarning sxematik tarzdagi rasmlarini tushirish orqali ifodalangan. Masalan, ovchining ovga chiqqanligi kishi siymosi ov quroli tutgan holda tasvirlangan, uning biron-bir hayvonni tutib olganligi shu hayvonning tasviri bilan, qayiqda dengiz yoki daryoda suzganligi qayiq tasviri orqali, manzilga yetgach, tunab qolganligi chayla tasvirini berish bilan ifodalangan. IDEOGRAFIK VA IEROGLIFIK YOZUV Ideografik (idea - g'oya, grapho - yozaman) va ieroglifik (hieroglyhoi – muqaddas yozuv – kohin, qurbon qiluvchi o'ymakorligi; bu yozuv turida matn yozilmagan, balki suyak va boshqa materiallarga rasmlar o'yib bitilgan, ikkinchidan, bu yozuv «sirli» yozuv turi ham bo'lgan, chunki uni asosan kohinlar - qurbon qiluvchilar bilishgan, xolos) yozuvlar egallay boshladi. Piktografik yozuvdan ideografik yozuvga o'tilishiga aytilmoqchi bo'lgan mavhum fikrlarning bu yozuv turida to'liq ifodalashning imkoni bo'lmaganligi sabab bo'ldi. Masalan, «o'tkir ko'zlik», «ziyraklik», «hushyorlik» tushunchalarini aynan rasmda ifodalab bo'lmaydi, ularni shu holatlarni kuzatuvchi, ya’ni ko'zni tasvirlash orqali berish mumkin bo'lgan. Bunda piktografik yozuvda ko'z rasmi berilganda ko'zning o'zi tushunilgan, ideografik yozuvda esa, «o'tkir ko'zlik», «ziyraklik», «hushyorlik» tushunilgan. FONOGRAFIK YOZUV Fonografik ( phone - tovush, grapho - yozaman) yozuv turi jamiyat taraqqiyoti natijasida shakllandi. Bunday fonografik yozuv tilni nafaqat grammatik tuzilishini, balki uning fonetik tuzilishini, ya’ni so'zning tovush tarkibini ham aks ettirar edi.Fonografik yozuv ikki turga bo'linadi: bo'g'in yozuvi hamda harf-tovush yozuvi .Bo'g'in yozuvi qo'shma so'zlarni mayda qismlarga ajratish yo'li bilan paydo bo'ldi. Bu mayda qismlar hozirgi vaqtdagi bo'g'inlarga to'g'ri keladi. Bu yozuv turiga qadimgi hind yozuvi hisoblangan devanagari misol bo'la oladi. Devanagarida 50 ta belgi mavjud bo'lib, uning 13 tasi so'z yoki bo'g'in boshidagi unli tovushlarni ifodalagan, 33 tasi bo'g'inlarga tegishli belgilar, 4 tasi yordamchi belgilardan iborat edi.

Yüklə 24,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin