Mavzu: HINDISTON MILLIY OZODLIK HARAKATI. Reja : 1.Hindiston milliy ozodlik haraki.
2.1918-1922 yillardagi milliy ozodlik , ijtimoiy harakatlar.
3.1922-1929 yillarda Hindiston.
4.Jahon iqtisodiy krizisini Hindistonga ta’siri, milliy ozodlik harakatini avj olishi.
5.Hindistonning 1933- 1939 yillarda ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli.
6. 2- jahon urushi yillarida Xindiston.
Birinchi jahon urushi yillarida Angliya Hindistonning odam va moddiy resurslaridan keng foydalanadi. Armiyaga 1 mln. dan ortiq kishi chaqirildi. Yarim mln.ga yaqin hindlar urushning olib borilishi bilan bog‘liq Hindistondan tashqarida turli ishlarni bajarishga jalb qilindi. Angliya hukumati harbiy zayom chiqardi va hind aholisi orasida majburiy ravishda uni tarqatdi.
Angliya Hindistondan don, turli materiallar, relslar, patronlar, sovuq qurollar olardi. Harbiy xarajatlar va Hindistondan ko‘plab tovarlarni olardi. Harbiy xarajatlar va Hindistondan ko‘plab tovarlarni olib ketilishi munosabati bilan ko‘p tovarlar ayniqsa oziq – ovqat mahsulotlari narxi tez oshib ketdi, qog‘oz pullarni qadri esa tushib ketdi.
Urush yillari hind sanoatining ayniqsa ip yigirish sanoatini bir muncha rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keldi. Angliyaning to‘qimachilik sanoati armiya ta’minoti ehtiyojlari munosabati bilan hind bozoriga e’tibori susaydi. Ayni paytda Angliya hukumati hind bozorini AQSH va Yaponiya tomonidan egallanishidan xavfsirab, Hindistonga keltiriladigan tovarlarga boj to‘lovini oshirdi. Natijada Angliya va boshqa mamlakatlardan keltiriladigan gazlamalar urush davrida 2 martadan ko‘pga kamaydi. Hindistonning to‘qimachilik sanoati esa 40 % o‘sdi.
Fabrika ishlab chiqarishning o‘sishi ishchi kadrlarini ko‘payishiga olib keldi. Urush oxiriga kelib ishchilarning turmush darajasi urushdan oldingiga nisbatan pasaydi. Ish haqini ko‘payishi oziq – ovqat , birinchi zaruriy mahsulotlarni narxi, kvartira haqini oshishidan orqada qoldi.
1918 yilda Hindistonda hosilsizlik bo‘lib, mamlakatda ocharchilik boshlandi. Shu yili Hindistonni urushdan keyin o‘z – o‘zini boshqarish haqidagi 1917 yildagi ingliz hukumati va’dalariga Angliya hukumatining urush tadbirlarida yordam berdi. Hindistonning asosiy burjua partiyasi milliy Kongres liderlari hukumatiga, armiyaga soldatlarni jalb etish va urush zayomlarini tarqatishda yordam berdilar.
1918 yilda Hindistonning qonun chiqaruvchi majlisi Angliya tomonidan Hindistonni “harbiy jihatdan himoya qilganligi uchun ” oxirgi harbiy zayyomni qaytarmaslik va urush davrida olib ketilgan tovarlarni haqini to‘lmasligiga rozi bo‘ldi.
Antiimperialistik harakatni ko‘tarilishi 1918 yilda ishchilarning ish tashlashlari bilan boshlandi. Ish tashlashlarga ish haqini kamaytirilishi va urush oxirida harbiy ishlab chiqarishni qisqartirilishi munosabati bilan ishchilarning ishdan bo‘shatilishi bahona bo‘ldi. Bu davrdagi hind ishchilarining yirik chiqishlaridan biri Bombey to‘qimachilarining 1918 yil oxiri 1919 yil boshidagi 125 ming kishilik ish tashlashlari edi. Ish tashlovchilar ish haqini oshirishga erishdilar. 1918-1919 yillarda ish tashlashlar Ahmadobod, Madaras, Kalkuta shaharlarida ham bo‘ldi. Stachkalar jarayonida kasaba uyushmalar tuzila bordi. Hind xalqining ozodlik harakatini har qanday ko‘rinishlarini bo‘g‘ib tashlashga intilib ingliz imperialistlari 1919 yil martida rouletta deb atalgan qonun qabul qildilar. Bu qonun mustamlakachi ma’murlar va politsiyaga favqulodda vakolatlar berardi. Har bitta xind antiimperialistik kayfiyatda shubha qilinib qamoqqa olinishi va sudga berilishi mumkin edi.
1919 yil konstitutsiyasi. Milliy ozodlik harakatining yuksalishi ingliz imperialistlarini o‘zlarining mustamlaka hukumronliklarini saqlab qolish maqsadida manevr ishlatishga majbur etdi. 1919 yilda mamlakatni boshqarish islohati o‘tkazildi, bu islohat “Hindiston konstitutsiyasi ” degan munofiqona nom olgan edi. Angliya parlamentining Hindistonni boshqarish to‘g‘risidagi yangi qonuniga ko‘ra saylab quyiladigan davlat kengashi va qonun chiqarish majlisi a’zolari soni bir – muncha ko‘paytirildi. Viloyatlarda qonun chiqaruvchi majlis oldida javobgar bo‘lgan vazirliklar tuzilish ko‘zdatutilgan edi, lekin asosiy deportamentlar - moliya, politsiya kabilar gubernator tasarrufida qoldirildi. Bor yog‘i aholining bir foizi markaziy qonun chiqaruvchi organlar saylovida , uch foizi aholi viloyat organlarini saylovlarida ishtirok etishi mumkin edi.
Milliy Kongres bu islohotga qarshi chiqdi. Rouletga qonunini qabul qilinishi Hindistonning keng xalq ommasi keskin noroziligini uyg‘otdi.
Milliy Kongres lideri Gandi chaqirig‘i bilan 1919 yil aprelda Panjobda , Birlashgan qo‘shma provinsiyalarda, Bixar, Kalkuta, Madarasda xartallar ya’ni ish to‘xtatish, savdo, o‘qishni to‘xtatish, ommaviy miting, namoyishlar o‘tkazildi. Harakatda ishchilar, xizmatchilar, talabalar, hunarmandlar Hindistonning barcha dinlari vakillari - induslar, musulmonlar, sikxlar, xristianlar qatnashdilar.