Mavzu: Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari Go‘daklik davrida psixik rivojlanish



Yüklə 6,31 Kb.
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü6,31 Kb.
#131264
  1   2
Mavzu Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari Go‘d-fayllar.org


Mavzu: Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari Go‘daklik davrida psixik rivojlanish

Mavzu: Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

1. Go‘daklik davrida psixik rivojlanish.

2. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot.

3. Ilk bolalik davrida shaxsning rivojlanishi.



Reja:

  • Ilk Yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir.

  • zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lganligi sababli, harakatlarning o‘z vaqtida taraqqiy etishi bolaning umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

  • Ilk Yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi.


2. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot.

  • Ilk Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalg‘ishi bu Yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir,

Chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan bo‘ladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bo‘lib turadi. Ammo ob’ektga bo‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bo‘lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror bo‘ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir.



  • Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bo‘lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa, diqqatini qo‘lidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi.

  • Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‘rin tutadi.

  • Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi Yoshning oxiridan bir yarim Yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.

  • Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. 1,5 -3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim.



Yüklə 6,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin