Mavzu: investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar. Reja: I bob investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va makroiqtisodiyotda tutgan o`rni
Mavzu: investistiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar. Reja: I bob investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va makroiqtisodiyotda tutgan o`rni
MAVZU: INVESTISTIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, TURLARI VA ULARNING HAJMIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR. REJA: I BOB INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA MAKROIQTISODIYOTDA TUTGAN O`RNI 1.1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
1.2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.
II BOB MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYALARNI KENG JALB QILISH ISTIQBOLLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKAASI INVESTITSIYA FAOLIYATI TAHLILI 2.1.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qoyilmalarning roli. Moliyaviy va real investitsiyalarning ozaro bogliqligi.
2.2. Investitsiyalarni ostirish omillari. Jamgarmalar investitsiyalar manbasi sifatida.
2.3. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
XULOSA ADABIYOTLAR
KIRISH «Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» sozidan kelib chiqqan bolib, pul sarf qilmoq, qoymoq manosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator manolarga ega bolib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bolgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish
uchun sarflanishi tushuniladi, yani investitsiyalar har qanday vosita bolib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini kopaytiradi va ijobiy daromadlar olishni taminlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini ostirish va rivojlantirish uchun zarur bolgan mexanizmlarni taminlaydi. Kapitalni joylashtirish shakllari turlicha bolib, qator omillar asosida farqlanadi, yani kapital pul va buyum korinishdagi kapitalga bolinganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy-buyumlar va pul korinishidagi investitsiya turlarga ajratish mumkin. Moddiybuyumlar korinishidagi investitsiyalarga korilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani kopaytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi.Pul korinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni taminlaydigan moddiybuyumlar korinishdagi investitsiyalarga yonaltirilgan pul mablaglari tushuniladi.
Investitsiyalar- aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga boglash bolib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamgarilishini taminlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qoyilma qilish jarayonidir. Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uni jamgarish, qoyish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonni olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Koplab mamlakatlar xorijiy qoyilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin otkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va oshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi.
Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda
boladi:
- shaxsiy mablaglar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa
qimmatbaho qogozlar;
- harakatdagi (asbob uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va kochmas
(binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;
- mualliflik huquqlari, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;
- yerdan, tabiiy boyliklar va boshqa mol mulklardan foydalanish huquqlari
(nomoddiy aktivlar qiymati).
Shuni alohida takidlash lozimki, shakllaridan qatiy nazar investitsiyalar kapitalni jamgarish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamgarish investitsiya qoyishning asosi bolib, u qoyiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi.