Depozitlar —



Yüklə 132,66 Kb.
səhifə1/18
tarix14.12.2023
ölçüsü132,66 Kb.
#179685
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
bank111


Depozitlar — xo’jalik subektlari va xususiy shaxslarning’ pul mablag’lari yoki qimmatli qog’ozlarini talab qilinishi bilanoq shartnoma asosida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to’langan yohud bunday to’lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan sakdash uchun bankka qo’yiladigan omonatlardir. Depozitlar banklarning kredit berish, faktoring operasiyalari o’tkazish, investisiyalarni amalga oshirishda foydalaniladig’an ssuda fondini tashkil qilish manbai qisoblanadi.

  • Depozitlarning quyidagi turlari mavjud:

  • talab qilib olinguncha depozitlar;

  • jamg’arma depozitlar;

  • muddatli depozitlar;

  • jamg’arma (depozit) sertifikati;

  • boshqa depozitlar.

Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlari uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo’lgan (talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi) mablag’lardir. Bank o’z omonatchilarining birinchi talabiga ko’ra ularning to’lovlar bo’yicha topshirig’ini bajarishi lozim.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig’iga ko’ra, shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlarig’a o’tkazilishi mumkin. Bu depozitlar bankning jalb qilingan mablag’larining’ salmoqli ulushini egallaydi.|Ular bankning eng arzon resurslari hisoblanadi. Mijozning har qanday vaktda ogohlantirmasdan bu mablag’larni olishi ehtimoli bankdan yuqori likvidlikni saqlash uchun doimo etarli mablag’larni kam likvidli, lekin yuqori daromad keltiruvchi mablag’lar hisobiga zaxirada saqlab turishni talab qiladi. Shu sababli, bank o’z omonatchilariga anchagina past foiz to’lachdi. Depozitlarning harakatchanligi yuqori bo’lishiga qaramasdan, bank ulardan kredit berishda foydalanadi.
Jamg’arma depozitlarning boshqa depozitlardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. Jamg’arma depozitlar davriy badallar asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda, malum miqdorda pul summasini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi. Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo’qolsa, yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko’ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.

Yüklə 132,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin