Mavzu: Jins hosil qiluvchi minerallar. Reja kirish. Asosiy jins hosil qiluvchi minerallar. Ruda hosil qiluvchi minerallar



Yüklə 22,43 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü22,43 Kb.
#168704
  1   2   3   4   5
Jins hosil qiluvchi minerallar.


Mavzu: Jins hosil qiluvchi minerallar.

REJA
Kirish.


1. Asosiy jins hosil qiluvchi minerallar.
2. Ruda hosil qiluvchi minerallar.
3. Minerallarning tasnifi.
Xuloas.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Jins hosil qiluvchi minerallar — togʻ jinslari tarkibiga doimiy asosiy komponent sifatida kiruvchi minerallar. Silikatlar eng koʻp tarqalgan (Yer pusti massasining qariyb 75% ini tashkil etadi). Minerallarning xillari 3000 dan ziyod boʻlishiga qaramay faqat 100 dan ortiqrogʻi J. h. q. m., ulardan 60 tachasi eng koʻp tarqalgan. J. h. q. m. asosiy, ikkinchi darajali va aksessor minerallarga boʻlinadi. Asosiy minerallar yaxshi oʻrganilgan, ular togʻ jinslarining nomini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Ikkinchi darajalilarining borligi yoki yoʻqligi togʻ jinsining nomini aniqlashga taʼsir etmaydi. Har qaysi togʻ jinsi guruhi oʻziga xos minerallarga ega. Magmatik togʻ jinslari uchun dala shpatlari, kvars, slyudalar, piroksenlar, olivinlar; choʻkindi togʻ jinslari uchun gips, angidrit, gidroslyudalar, galit, kaolinit, galluazit, kalsiy va b.; metamorfik togʻ jinslariga kianit, andaluzit, sillimanit, glaukofan va b. harakterli. Magmatik va metamorfik togʻ jinslaridagi J. h. q. m. ularning qosil boʻlish sharoitini bilishda muhim hisoblanadi. Bir xil togʻ jinslari uchun asosiy hisoblangan minerallar boshqa togʻ jinslarida ikkinchi darajali rolni oʻtashi mumkin. J. h. q. m. togʻ jinslarining fizik xossalarini belgilaydi. Shuning uchun ham J. h. q. m.ni oʻrganish ilmiy (ayniqsa geofizik tadqiqotlarda) va amaliy ahamiyatga egadir
Mineral, kristall, rentgenometrik, struktura, tuzilma, turkum, kon, element, sof, tug’ma, gemopolyar, golloid, jins, ruda, varaqsimon kristal, gidrotermik, oltingugurt, piramida, romb, sfalirit, tetraedrik, shafaqsimon, qo’ng’ir, yaltiroq, kvarts, sinish, mukammal, nomukammal, prizmatik, shaffof, pegmatik.
Asosiy jins hosil qiluvchi minerallar.
Minerallarning asosiy zamonaviy tasnifi ular ximiyaviy tarkibi kristall strukturasining bir – biriga bog’liqligiga qarab bo’linadi. Ularning tashqi ko’rinishi xozirgi vaqtda rentgenometrik usul bilan o’rganilayotgan ichki strukturasini bir qisminigina namoyon eta olish mumkin.
Minerallarning ichki tuzilmasini deganimizda ularni tashkil qiluvchi ximiyaviy elementlar atomlarining uzaro bir–biriga bog’liqligi tushuniladi. Bunaqangi boshliqliklarning bir necha tiplari mavjud:

  1. Kon turkumi bog’lanishning, ya'ni kation va anionlar bir – biriga shartli ravishda elektrostatik kuchlar ta'sirida tartibli turadi. Bu bog’lanish miqdor-ining juda ko’pchiligiga ta'luqli.

  2. Metal bog’lanishning bog’lanish turkumi, bunda katnonlar umumiy elektron bulutlari bilan o’zaro o’ralgan bo’ladi. Bu turkumga sof tug’ma metallar va bir qancha sulfidlar kiradi.

  3. Gemopolyar bog’lanish turkumi, bunda atomlar tashki elektronlarning umumiy qobig’i bilan bog’langan. Bundan bog’lanish olmos va ko’pchilik sulfidlarga ta'luqlidir.

Biz umumiy geologiya tug’risida A.Gbetextin taklif qilgan tasnif buyicha to’liq bo’lmasada bir necha bo’limlari va mineralsinflari bilan tanishib chiqamiz. Minerallar sof tug’ma elementlar, sulfidlar, galloidlar, birikmalar, oksid va gidroksidlar, kislorodli tuzlar, karbonatlar, sulfatlar vrlfarmat va molibdatlar, fosfatlar va silikatlar sinfiga bo’linadi.
Tog’ jinslarini asosiy qismini tashkil etuvchi minerallar jins hosil qiluvchi metallar deyiladi. Ruda tarkibining asosini tashkil qiluvchi metallar ruda hosil qiluvchi metallar deyiladi.

Yüklə 22,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin