Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi davlat idoralari. Reja



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə1/6
tarix01.04.2023
ölçüsü27,51 Kb.
#92249
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi


Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi davlat idoralari.
Reja
Kirish
1.
2.
3.
Xulosa


2– topshiriq. Sportning o’zingizga qulay turini tanlang. Tanlangan sport turi bo’yicha kamida o’nta maxsus mashqlar ketma-ketligini yozing va uni bajaring. (Talaba o’zi bajargan mashqlar ketma-ketligdagi videolavhani yuklashi lozim).

Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda ishtirok etuvchi davlat idoralari
Kirish: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi idoralar va 
jamoat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus tashkilot sifatida 
Respublika jamoat tashkilotlarining turlari. Aholining mexnat faoliyatini himoya 
qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirishda kasaba uyushmalari, turli 
partiyalar, jamg`arma uyushmalarining o‘rni haqida nazariy ma`lumotlarga ega 
qilish. 

Reja :
  1. O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya vasport soxasidagi asosiy vazifalari


  2. Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki.


  3. Sag’liqni saqlash vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Axolining sog’lig’ini nazorat va muxofaza qilish “Sog’lom avlod uchun” davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar.


  4. Ichki ishlar, mudofa, qishloq, va suv xo’jaligi, yengil sanoat, madaniyat ishlari va boshqa soxalar bo’yicha idora qiluvchi vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari.




O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi asosiy vazifalari
Xalq xo’jaligining barcha soxalari bo’yicha mutaxassis xodimlarni tayyorlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning ish tajribalaridan maqsadli foydalannilmoqda. Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti va davlatlararo qo’shma korxonalarning yurtimizda faoliyat ko’rsatishi zamon talablari asosida kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqdi.
Boshqa davlatlar kabi O’zbekistonda xam yangi asrda ishtimoiy-iqtisodiy madaniy va sport taraqiyoti uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa buyuk kelajakning sog’lom avlodlarni tarbiyalab yetishtirish bo’lajak o’qituvchi, shifokor, muxandis, aktiyor va barcha soxalardagi mutaxassislarni jismoniy kamolat sari yetaklash bugunning muxim vazifalaridan biridir. Jismoniy jixatdan barkamol mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirishda o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar davlat qo’mitalari kontsenrlar davlat kampaniyalari o’z xislarini qo’shmoqdalar.
Ma’lumki o’quv yurtlarining dasturlari xamda o’quv rejalari Xalq ta’limi va oliy va o’rta maxsus ta’lim tvazirliklari tamonipdan ishlab chiqilsada ular boshqa soxalardagi vazirliklar tarkibidagi barcha o’quv yurtlarida bevosita qo’llaniladi. Ular asosan o’quv yurtlarini moliyaviy moddiy- texnik jixatdan ta’minlashda xizmat qildi.
SHunga ko’ra o’quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan yagona «Jismoniy tarbiya» dasuri barcha turdagi o’quv yurtlarida qo’llaniladi.
O’quv yurtlarining asosiy qismi Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tarkibida bo’lsada tibbiyot savdo qishloq va suv xo’jaligi texnika qurilish va boshqa soxalardagi vazirliklar xamda qo’mitalar tarkibida xam o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularda jismoniy tarbiya darslari sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari Davlat dasuri asosida olib boriladi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida bo’lajak mutaxassislarning jismoniy kamolotini oshirish ishlari amalga oshiriladi.
O’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha davlat idoralarida “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonun “Sog’lom avlod uchun” davlad dasturi davlat ta’lim standarti talablari amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilish
Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya darslari xam o’zining mazmunan va shaklant o’rni xamda moxiyatiga ega. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ummumta’lim maktablari, maxsus maktablar, kollej, litseylar, o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlari, sport maktablari xamda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga aloxida o’rin berilgan.O’vuv yurtlari va turli muassasalarinig ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning mazmuni shakli va xususiyatlari xam o’ziga xosdir. Ularni tashkil qilish va boshqalarning xam aloxida xususiyatlari mavjud. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish bo’limlari turli idoraviy va jamoat sport tashkilotlari xam kiradi.
SHu o’rinda aytish kerakki “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun asosida xozirgi kunda respublikada xalq ta’limi tizimida keskin o’zgarishlar, isloxatlar qtkazilmoqda. Jismoniy tarbiya darslari davlat ta’limi standartlari asosida tashkil etilmoqda. Respublikdagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin o’quvchilar ta’lim olmoqda.O’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlaridagi talablarning soni xam tobora o’sib bormoqda. Ularda 17 mingdan ortiq o’qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg’ulotlar o’tkazilmoqda. Deyarli barcha o’quv yurtlarida sport zallari o’yin maydonlari ba’zi birlarida suv xavzalari mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari bo’yicha xar yili “Quvnoq startlar”, “Umid nixollari” musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda. Bu xolatlar o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlarida bir muncha ko’proq va sifatliroq tashkil qilinadi. O’quvchi yoshlarning ko’pchiligi turli sport to’garaklari sayoxatlar ommaviy sport musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida turli doirada va toifada tashkil qilingan bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatadi ularning o’ziga xos tashkiliy moliyaviy-xo’jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning xammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mexnat talab qilinadi.
O’quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport va sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil qilish va sport musobaqalarini o’tkazishda ularning jamoatchi tashkilotlari, ya’ni “Yoshlik”, “Talaba”sport uyushmalari xamda ularining quyi tarmoqlari xizmat qiladi.
Yana shuni xam etirof etish kerakki mustaqillik sharofati bilan milliy qadiryatlar urf-odatlar tiklanmoqda. U juda ko’p ijobiy tamonlarga ega bo’lish bilan birgalikda maktab o’quvchilari ayniqsa maxalliy millat qizlarining jismoniy tarbiya sport bilan shug’ullanishlari xaqida turli fikr va muloxazalarni keltirib chiqarganligi sir emas. Ya’ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi xozirgi mavjud bo’lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va xakozolar. Bu xaqda Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o’rta maxsusta’lim vazirligi o’zining katta anjumanini Farg’onada o’tkazib ma’lum qarorga keldi. Bu o’z navbatida axolining xaqli etirozlarini inobatga olish va qizlar mashg’ulotlarini talab va zamon sharoitiga moslab o’tkazishda birqadar olg’a siljish bo’ldi. Lekin mazkur soxada mutaxassislar qizlarning o’zlari va ba’zi bir ota-onalarining xam jiddiy e’tirozlari borki qizlarni jismoniy tarbiya va sportdan butunlay uzoqlashtirish mumkin emas.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida bevosita jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qiluvchi bo’limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga oshi-rishda rahnamolik qiladilar:
  1. O’quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashq-lar bilan mustaqil shug’ullanishni o’rgatish.


  2. Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport-ning mohiyatini, o’rnini ongli ravishda tushunishlariga erishish.


  3. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va turli musobaqalarda qatnashish yo’li bilan o’zlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) ahilligi, o’zaro hurmat va g’oliblik, kurash yo’llarini o’rgatish.


  4. Jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatga tay-yorgarlik va Vatan himoyasi uchun o’z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini to’la bajarishlariga erishish.


  5. Sport cho’qqilarini egallashga chorlash, xalqaro sport maydonlarida respublika obro’yini ko’tarish tuyg’ulari-ni kuchaytirish va vatanparvarlik fazilatlarini rivoj-lantirish.


  6. Bo’lajak kasbga tayyorlash va qaysi kasb-hunar bo’lma-sin, o’z sog’liqlarini mustahkamlashga intilish, kelajakda sog’lom avlod uchun kurash yo’llarini egallash va hokazolar.


Ana shu faoliyatlar o’quv yurtlarida qanday amalga oshi-rilayotganligi bilan faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko’p mutaxassislar, ilmiy xodimlar ham qiziqadi. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktab o’quv-chilarining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqish-lari hamda ularning jismoniy tayyorgarliklarini o’rga-nish maqsadida maxsus izlanish va tadqiqot ishlarini olib borish davom etmoqda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya insti-tutining 1991-1995; 1996-2000 hamda 2005 yilgacha mo’ljal-langan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo’nalishi va ilmiy hisobotlarida o’z ifodaeini topgan. SHuningdek, bir qator o’quv qo’llanmalari, uslubiy tav-siyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e’lon qilindi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonla-ri va Vazirlar Maxkamasining "Kadrlar^tayyorlash mil-liy dasturi"ni amalga oshirish yo’lida O’zbekiston Res-publikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi hisoblanadi. Muassasaviy mansublikdan qatьiy nazar, barcha o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining o’quv rejala-ri, dasturlari, shu vazirliktomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. SHular qatorida o’quvchi-yoshlar va talaba-larningjismoniy tarbiya darslari, ommaviy sog’lomlash-tiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va talab-lar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tar-biya va sport mashg’ulotlarini tashkil qilishda ularga rah-barlik tartibi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»-gi, «Ta’lim to’g’risida»™ qonunlar hamda davlat ta’lim standartlarida ko’rsatilgan umumiy qoidalar asosiga taya-niladi. Eng muhimi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bunda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi tarkibida-gi bir qator maxsus bo’limlar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi. Bular quyidagilar:
  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Jismo-niy tarbiya va sport» bo’limi.


  2. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya kafedralari va sport klublari.


Ularning faoliyatiga ko’maklashuvchi sport jamiyatla-ri ham mavjud, ya’ni:




  1. Respublika Oliy o’quv yurtlari talabalarining «Ta-laba» sport uyushmasi, uning viloyatlardagi tarmoqlari /sport klub, bo’limi va hokazolar/.


  2. Respublika o’quvchi-yoshlarining «Yoshlik» sport ja-miyati, uning joylardagi sport klublari.


O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari asosan quyidagi vazifaparni hal etish-ga qaratilgandir:




  1. O’quvchi-yoshlar va talabalarning sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy va ma’naviy kamolotini yuksaltirish, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish bilan bog’liq barcha tadbir hamda faoliyatlarni ta’minlash.


  2. Bo’lajak kasb-hunar yo’nalishi asosida jismoniy tarbiya va sportning nazariy bilimlari, amaliy ko’nik-malari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish usullari bilan qurollantirish.


Ma’lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bi-lan bog’liq sohalar juda ko’p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo’lda kasb-hunar kollejlari, turli yo’nalishdagi bilim yurtlari o’z fao-liyatlarini davom ettirmoqda. SHu bilan birgaliqda, Dav-lat ta’lim standartlari hamda «Kadrlar tayyorlash mil-liy dasturi» asosida yangidan kollejlar, litseylar, gim-naziyalar tashkil etilmoqda. Bunday o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport turlari bir-muncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy ma-salalar umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib boriladi. Ularning «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir.


Yuqorida qayd etilgan Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tizimining barcha turdagi hamda toifadagi o’quv maskanlari, muassasalarida «Jis-moniy tar^biya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. Uquvchi-yoshlar va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda ommaviy sog’-lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog’lom avlod tarbiyasi, ularning ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lib o’sishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ularning Uni-versiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari tar-kibiga kirib bormoqda.
Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlik-lari o’z faoliyatlarini o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’lajak mutaxassislarni jismonan barka-mol qilib tarbiyalab yetishtirish maqsadiga qaratganlar.


Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin