Mavzu: Kirish. Modifikatsiyalangan qurilish materiallarining qurilishdagi o‘rni va ro‘li.
Reja:
Kirish.
Qurilish materiallaring xalq xo‘jaligidagi ro‘li va rivojlanish bosqichlari. 3.Modifikatsiyalangan qurilish materiallarining qurilishdagi o‘rni va ro‘li.
Tayanchso‘zvaiboralar: xalq xo‘jaligi, qurilish materiallari, sopol buyumlar, bog‘lovchi moddalar, g‘isht, shisha buyumlar, gips, ohak, sement, asbesto-sement buyumlari va h.k.
Kirish. Xalq xo‘jaligida, qurilishda qurilish materiallari va buyumlari keng qo‘llaniladi. Chunki har qanday qurilishning asosini qurilish materiallari va buyumlari tashkil qiladi. Binolar va qurilmalarning iqtisodiy jihatdan afzalligi faqatgina qurilish materiallarining sifatiga bog‘liq bo‘lib qolmay, ularni to‘g‘ri tanlab olish, to‘g‘ri ishlatilishiga ham bog‘liq.
Har qanday qurilishni to‘g‘ri loyihalash, qurish va to‘g‘ri ishlatish uchun ang avvalo qurilish materiallarining xossalarini bilish kerak. Bunday bilimlar asosida qurilish uchun ashyo tanlashni talabalar “qurilish materiallari” fanini o‘rganadilar.
“Qurilish materiallarining modifikatsiya usullari” fani qurilishda ishlatiladigan ashyolar va buyumlarning asosiy xossalarini yaxshilash, tejamkorlik, sanoat chiqindilaridan oqilona foydalanish, ularning ishlab chiqarish usullarini iqtisodiy jihatdan afzalliklarini yanada chuqurroq o‘rganadigan fandir. “ Qurilish materiallarining modifikatsiya usullari ” fani “matematika”, ”umumiy kimyo”, “fizika”, “nazariy mexanika”fanlardan olingan bilimlarga asoslangan. Shu bilan birga “ Qurilish materiallarining modifikatsiya usullari” fani keyingi o‘tiladigan “Qurilish materiallari va buyumlariga”, “materiallar qarshiligi”, “qurilish fizikasi”, “temir beton”, metall, yog‘och, plastmassa konstruksiyalar, sanoat, fuqaro va qishloq xo‘jaligi binolari me'morchiligi, qurilish iqtisodi kabi bir qator maxsus fanlar bilan bog‘liqdir.
Qurilish materiallari, deb, o‘zining tarkibi, xossalari, xom ashyoning turlari, ishlab chiqarish usullari bilan bir-biridan farq qiladigan qurilishda ishlatiladigan ashyolarga aytiladi. Masalan: qum, giltuproq, shag‘altosh, gips, ohak va h.k.
“Qurilish buyumlari”, deb, qurilish materiallaridan tayorlanadigan alohida buyumlarga aytiladi. Misol uchun: g‘isht, temirbeton buyumlar, gipsobeton panellar va h.k. Qurilish xalq xo‘jaligignig eng ko‘p ashyo talab qiladtgan soxasi bo‘lib, yiliga qora metallurgiya sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotning taxminan 20 %
ni, sement ishlab chaqarish sanoatining 60% dan ko‘prog‘inin, yog‘ochni qayta ishlash sanoati maxsulotlarining yarmidan ko‘prog‘ini talab qiladi.
Qurilish materiallari va buyumlariga sarf bo‘ladigan xarajatlar qurilish- montaj ishlarining umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Shuning uchun, qurilish materiallari va buyumlarini to‘g‘ri va ratsional ishlatish va ularga bo‘lgan talablarning usishi xalq xo‘jaligida asosiy iqtisodiy zahiralardan biri hisoblanadi.
Qurilish materiallari ishlab-chiqarish sanoati yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, o‘z navbatida bir necha tarmoqlardan iborat. Ular bir-biridan xossalari, ishlab chiqarish usullari va uskunalari bilan farq qiladi. Misol uchun: sement ishlab chiqarish sanoati, metall ishlab chiqarish sanoati, yog‘ochni qayta ishlash sanoati va
h.k. qurilish materiallari juda qadim vaqtlardan ma'lum bo‘lib, o‘ziga xos tarixga ega.
Masalan: qadim zamonlardan beri eng ko‘p ishlatiladigan ashyolardan biri gil tuproqdir. Kishilar gil tuproqdan har-xil shaklli buyumlar tayorlab, ularning mustahkamligini oshirish uchun quritish va pishitish usullarini qo‘llaganlar. Sopol ashyolar qadimdan ma'lum bo‘lish bilan birga, chidamliligi bilan ham boshqa ashyolardan farq qiladi. Masalan, bundan 12 ming yil oldin sopol g’ishtdan qurilgan qadimgi me'morchilik yodgorliklari bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Bog‘lovchi materiallar ham bundan 4-5 ming yillar avval ishlatilib boshlangan. O‘rta Osiyoda ham qurilish materiallarigi bo‘lagan ehtiyoj katta bo‘lib, buning sabab qadim zamonlarda qurilgan ko‘plab madrasalar, maschitlar, minoralar, qasrlar va boshqa xashamatli inshootlarning barpo etilishidir.
Misol tariqasida bu o‘rinda buxoro, samarqand, xiva shaharlaridagi butun jahonga Mashhur tarixiy yodgorliklarni olish mumkin. Kurilish qorishmalari esa, asosan gips, Ohak, ganch, gil ishlatilgan.
XVIII-XIX asrlarda asosiy qurilish materiallaridan biri yog‘och hisoblanagan. U zilpilaga bardosh bera oladigan qurilmalar sifatida binolarning sinchlarida ishlatilgan.
Yog‘ochdan o’ymakorlik yo‘li bilan naksh solib tayyorlanagan eshiklar, ustunlar, bino peshtoqlari hozirgi zamon me'morchiligida xam ajoyib sharq me'morchiligi namunalarni namoyish qilib turadi. 1928-40 yillarga kelib qurilish materiallarini ishlab chiqarish ancha rivojlangan edi. Bu davrlarda bog‘lovchi ashyolar, g‘isht, shisha buyumlar, ruberoid, asbestotsement va boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan o‘nlab yangi korxonalar qurildi. Keyingi yillirda qurilish materiallari sanoatining rivojlanishida juda katta sifat o‘zgarishlari bo‘ldi. Qurilish bazasi ilimiy asosda qayta qurolllandi. Qurilish industriyasi yangi texnikaviy asosda rivojlanmoqda.
Hozirgi zamonda qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning biri – qurilishni qisqa muddatlada olib borishimkoniyatini beradigan qurilmalaning sifatini oshiradigan va tan narxini kamaytiradigan effektiv ashyolar va buyumlar ishlab chiqarishni rivojlantirishdir.
Bu o‘rinda beton va yig‘ma beton buyumlarni ishlatish ham katta ahamiyatga ega. Temir-beton buyumlar va qurilmalarning effektivligi, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish muddatini qisqartirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun, oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton qurilmalar ishlab chiqarish rivojlanmoqda. yengil metall konstruksiyalarni ishlatish – texnikaviy progress yo‘lida katta qadamdir. Bunda qurilish muddatini 15-20 % ga oshirish nakliyot xarajatlarini ancha kamaytirish mumkin. Ayniqsa, alyuminiydan qurilgan qurilmalar sanoat va
fuqaro qurilishlarida keng ishlatilmoqda.
Qurilish materiallari sanoatida kam energiya sarflanadigan texnologiyaga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Masalan, quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish rovojlanmoqda. Chunki, bu usul nam usulga nisbatan 1.5-2 marotaba kam energiya sarflanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va yoqilg‘i energiyasini tejash maqsadida chiqindisiz qurilish materiallari ishlab chiqarish keng joriy etilmoqda. Sanoat chiqindilari: metallurgiya shlaklari, kul, issiqlik elektrostansiyalari chiqindilari, fosfor shlaklari, marmar, granit kabi toshlarni qayta ishlash korxonalarining chiqindilari qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida keng foydalanilmoqda. Bular bog‘lovchi ashyolar olishda, betonlar uchun yengil to‘ldiruvchilar sifatida, issiq izolyasiya ashyolari, sopol buyumlar uchun xom ashyoga qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
Issiqlik energiyasi sarfini kamaytirish maqsadida bino va qurilmalarda, quvurlarda issiqlik izolyasiyasi keng ishlatilmoqda.
Polimer qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish jadal suratda rivojlanmoqda. Shisha plastik yengil konstruksiyalar pol va sanitar texnik jixozlar uchun polimer materiallar, plastmassa quvurlar, issiqlik izolyasiya ashyolar, lok- bo‘yoq va uzoq muddatga chidamli polimer ashyolar qurilish yaxshi samara bermoqda.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bizda katta xom ashyo zaxiralari mavjud. Qazilma boyliklar va xom ashyo mahsulotlarining ko‘pligi (neft va gaz mahsulotlari, qimmatbaho toshlar, temir rudalari, ohaktosh, gips va h.k.) Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Shu bilan birga qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilarini keng ishlatish ham asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Masalan, metallurgiya sanoati chiqindisi bo‘lgan shlaklardan qurilish materiallari sanoatida har xil zich, g‘ovak va tolasimon tuzilishli ashyolari olinadi. Sanoat chiqindilarini ishlatish
qurilish materiallari uchun xom ashyo bazasini kengaytirish bilan birga , chiqindilar egallab turgan ko‘pgina yerlarni bo‘shatish, atrof muhitni tozalash imkoniyatini ham beradi. Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida asosiy vazifalardan biri mahalliy xom ashyoni ko‘proq ishlatish va undan olinadigan mahsulotlarning sifatini oshirishdir. Misol uchun maxalliy xom ashyo bo‘lgan ohak va qum asosida silikat betonlar, maxalliy gil tuproqdan har xil sopol ashyolar olish katta iqtisodiy samaralar beradi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda xom ashyo sarfini kamaytirish imkoniyatlari ko‘p: bular yengil buyumlar va konstruksiyalarni, xom ashyo va sanoat chiqindilarini kompleks ishlatish, ishlab chifarishda xom ashyo, issiqlik va elektr energiyasini sarflashni normalarini naqliyot xarajatlarini kamaytirish va x.k. Xom ashyoni sarflashda ilmiy asoslangan no’rmalarni ishlatish, kapital qurilishda sarf bo‘ladigan ashyolarni iqtisod qilish, qurilish montaj ishlarining tannarxini kamaytirish imkoniyatini beradi. Yangi sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar va uskunalarning qo‘llanilishida texnikaviy progress katta imkoniyatlar yaratadi. Texnikaviy progressning asosiy yo‘nalishlaridan biri maxsulotning sifatini yaxshilash. Kapital qurilishda borgan sari ko‘proq yuqori markali sementlar, sifatli po‘latlar, yengil serg‘ovak betonlar, issiqlik izolyasiya ashyolari ishlatilmoqda.
Yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlatish bino va qurilmalarning chidamliligini oshirish va ularni ishlatish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi.
Qurilish materiallari ni ishlab chiqarishda va ularni ishlatishda muhim vazifalardan biri atrof muhitni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishdir. Bu soxada qilinayotgan ishlar juda ko‘p. Misol uchun sement ishlab chiqarish va uni ishlatishda changdan saqlash uchun maxsus siklonlar va pnevmouzatgichlar qo‘llaniladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishda texnikaviy progressni keng joriy qilishda, maxsulot sifatini oshirishda, mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilarini ishlatishda , atrof muhitni muhofaza qilish masalasida va bir qator boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar qurilish materiallari soxasidagi fan va texnika yutuqlariga asoslanib olib borilmoqda.
.
Nazorat savollari:
Qurilish materiallarining modifikatsiya usullari fani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi?
Qurilish materiallari ta'rifi?
Modifikatsiyalangan qurilish materiallarining qurilishdagi o‘rni va ro‘li?
4.Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida asosiy vazifalar?