Mavzu: Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari



Yüklə 95,51 Kb.
səhifə1/10
tarix14.12.2023
ölçüsü95,51 Kb.
#179957
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari


Mavzu:Kompyuter psixodiagnostikasining yutuq va kamchiliklari
Reja
1. Psixologik diagnostika hamda psixodiagnost uchun qo’yiladigan ijtimoiy-axloqiy talablar.
2. Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillari.
3. Psixologik testlardan foydalaniladigan kishilar uchun qo’yiladigan maxsus talablar..
4. Metodikalarni qo’llashdagi psixologik ma’lumotlar bazasining mavjudligi.
5. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi.
6. Psixodiagnostikaning axloqiy-ma’naviy normalari.


1. Psixologik diagnostika hamda psixodiagnost uchun qo’yiladigan ijtimoiy-axloqiy talablar


Psixologik testlar va so’rovnomalardan to’g’ri foydalanish maqsadida bir qator ehtiyot choralarning mavjudligi, ularni amaliyotda qo’llash samarasini oshiradi. Diagnostik metodlarni qo’llanilishi va yoyilishi har bir mamlakatning axloqiy standartlari yoki professional axloq kodeksiga bo’ysunishi kerak. Psixolog (tashxischi)ning professional axloqiy kodeksi zamirida insoniyat manfaatiga xizmat qiluvchi fanning shakllanishi orqali ayrim individlarning muvaffaqiyati va huquqlarini himoya qilishdek qadriyatlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Psixodiagnostika sohasi bilan uzviy bog’langan, hozirgi G’arb va Amerika psixologiyasi fanida ma’lum yechimga ega bo’lgan quyidagi asosiy axloqiy muammolar mavjud:



  • Diagnostik metodlarni qo’llaydigan mutaxassis malakasining darajasi

Diagnostik metodlarni malakali tadqiqotchilar tomonidan qo’llanilishi talabi, ularni noto’g’ri ishlatilishidan mijozni himoyalashdagi birinchi qadam hisoblanadi. Albatta, zarur malaka diagnostik metodlar yo’riqnomasidan kelib chiqqan holda o’zgarib boradi. Masalan, individual intellekt testlari shaxsiy so’rovnoma va testlardan o’quv va professional faoliyatdagi muvaffaqiyatni testlash jarayoniga nisbatan maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.


Yaxshi malakaga ega bo’lgan psixolog (tashxischi) shunday metodikalarni tanlay bilishi kerakki, bu shaxsiy maqsad uchun o’tkazilayotgan diagnostik jarayonga ham, tekshirilayotgan konkret kishi uchun ham mos tushsin. Shuningdek, u tanlangan metodikalarga aloqador ilmiy adabiyotlarni o’rgangan hamda texnik ko’rsatkichlar hisoblangan norma, validlik va ishonchlilik xarakteristikalarini yaxshi o’zlashtira olgan bo’lishi kerak. Ma’lumki, qo’lga kiritilgan tashxis natijalari, uni o’tkazishdagi turli vaziyatlarga nisbatan og’uvchanlik xususiyatini namoyish etadi. Shuning uchun psixodiagnost xulosalarni tekshiriluvchiga aloqador qator qo’shimcha ma’lumotlar asosidagina diagnostik baholashdan so’ng bayon etadi. Eng muhimi, olingan natijalari asosidagi noto’g’ri tahlillar kelib chiqmasligi uchun u psixologik bilimlardan yetarlicha xabardor bo’lishi kerak. Agar psixologik diagnostik soha boshqa mutaxassislari bo’lmagan kishilar tomonidan olib borilsa, imkon boricha jarayonga malakali psixologning ham ishtiroki kerak. Chunki u tadqiqotni samarali olib borishdagi zarur sharoitlarni yaratib bera oladi va olingan natijalarni to’g’ri tahlil qilishda ko’maklashadi.
Kimni malakali psixolog (tashxischi) sifatida hisoblash mumkin? Ma’lumki, tadqiqot sohalar qo’llashning xilma-xilligi va ularga asoslanadigan maxsus tayyorgarlik oqibatida birorta ham psixolog barcha yo’nalishlar bo’yicha umumiy malakaga ega bo’la olmaydi. Jumladan, amaliy psixologiya asoslarini yaratadigan psixologlar, ayrim sohalardagi professional standartlar talabiga javob bermaydigan usullarni qo’llamaslik va kompetentlik doirasidan chetga chiqmaslikni muhim shart sifatida e’tirof etadilar. G’arbda ilmiy yoki davlat korxonalarida ish olib boruvchi mutaxassis bilan mustaqil faoliyat yurituvchi amaliy psixolog o’rtasida o’zaro farq mavjud sanalgan. Chunki, mustaqil amaliy psixolog malakali hamkasblar fikrlari va xulosalariga tashkilotda faoliyat yurituvchi mutaxassisga nisbatan juda kam hollarda qo’yshilishadilar. Vaholanki, tashkilot mutaxassislari Amerika psixologik uyushmasi nizomiga asosan, professional malaka borasida yuqori darajadagi talablarga javob berishi kerak. Shu bois ham, kishilarni sifatli psixologik tadqiq qilish jarayonida professional me’yorlarning ko’lamini oshirish maqsadida malakali psixologlarga lisenziyalar va guvohnomalar taqdim etiladi.


  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin