MAVZU: KO’P O’LCHAMLI BOSHQARUV TIZIMLARI
REJA:
KIRISH
1. Avtomatik boshqarish sistemalari klassifikatsiyasi
2. Statsionar va nostatsionar sistemalar
3. Uzluksiz va diskret ishlovchi sistemalar
4. Adaptiv va noadaptiv sistemalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Avtomatik boshqarish sistemalari klassifikatsiyasi
Bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli sistemalar
Ob’ektning chiqishidagi boshqariladigan kattaliklar soniga qarab, sistemalar bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli sistemalarga bo‘linadi, (masalan, sinxron generator chastotasi va kuchlanishini boshqarish).
Bir o‘lchamli sistemalarda bitta boshqarish qurilmasi va boshqarish ob’ekti mavjud bo‘lib, ular yagona boshqariladigan kattalikni nazorat qilishadi.
Ko‘p o‘lchamli sistemalar o‘z navbatida o‘zaro bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan boshqarish sistemalariga bo‘linadi. O‘zaro bog‘liq bo‘lmagan boshqarish sistemasi bir nechta boshqarish qurilmasiga ega bo‘lib, ulardan har bittasi o‘z kattaligini boshqaradi, lekin bu boshqarish qurilmalari o‘zaro bog‘lanishga ega emas. Shu bilan birga boshqarish qurilmalarining o‘zaro bir biriga ob’ekt yoki manba orqali ta’siri bo‘lishi mumkin.
O‘zaro bog‘langan rostlash sistemasida alohida boshqarish qurilmalari bir birlari bilan tashqi aloqalar orqali bog‘langan.
Ko‘p o‘lchamli boshqarish sistemasi tarkibiga kiruvchi alohida sistema, agar u tomondan boshqariladigan chiqish kattaligi boshqa boshqariladigan kattaliklarga bog‘liq bo‘lmasa, avtonom sistema deyiladi.
2. Statsionar va nostatsionar sistemalar
Barcha parametrlari vaqtga bog‘liq bo‘lmagan sistema statsionar sistema deyiladi. Nostatsionar sistemaning ba’zi parametrlari vaqtga bog‘liq bo‘lib, ular vaqt bo‘yicha funksiyalar deyiladi. Bu sistemalarni matematik tavsiflaganda differensial tenglamaning ba’zi koeffisientlari vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Statsionar sistemalardan farqli o‘laroq nostatsionar sistemalarning tashqi ta’sirga reaksiyasi ushbu ta’sirning qo‘yilish momentiga bog‘liq bo‘ladi.
Nostatsionar sistemaning yaqqol misoli sifatida raketaning boshqarish sistemasini ko‘rsatish mumkin, bu holda raketaning massasi vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |