Mavzu: Ko‘p pog‘onali va vertikal valli markazdan qochma nasoslar.
Reja:
Ko‘p pog‘onali markazdan qochma nasoslar
Vertikal markazdan qochma nasoslar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Ko‘p pog‘onali markazdan qochma nasoslar. Ko‘p pog‘onali nasosiarda uzatilayotgan suyuqlik bitta valga o‘rnatilgan bir neciita ishchi g'ildiraklardan ketma-ket o‘tadi (1-rasm). Ishchi g‘ildiraklarning suyuqlik uzatishi bir xil, lekin nasosning bosimi esa ishchi g’ildiraklar bosimlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Suyuqlik uzatishi va bosimi bo‘yicha ko‘p pog‘onali nasoslar Q=1...1000 m /
soat va H=40...2000 m gacha chegaralarda ishlab chiqariladi.
Bosimi pog‘ona tarzida ortib borishini hisob olib, bu nasoslar ko‘p pog‘onali (ya’ni ruscha mnogostupenchatiy seksionniy) deb nomlanib, MC, M, MD yoki yangicha ЦНС, ЦН harflari bilan belgilanadi (bu yerda, D-≪dvuxstoronniy≫ so‘zini birinchi harfi bo‘lib, birinchi g'ildiragiga ikki tomonlama suyuqlik kiradi, ЦHC-≪sentrobejniy nasos seksionniy≫ so‘zlarining birinchi harflari). Ko‘p pog‘onali MC (ЦНС) nasosidagi suyuqlik harakati sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan.
Ko‘p pog'onali nasosning qobig‘i bir nechta seksiyalardan tashkil topgan bo‘lib, (2 va 3-rasmlar) ishchi g‘ildiraklar soni seksiyalar soniga teng boMadi. Bu nasosiarda ishchi gildiraklar soni 2 tadan 10 tagacha boiishi mumkin.
1-rasm. Ко‘р pog‘onali МС (ЦНС) nasosidagi suyuqlik harakati
sxemasi: 1-val; 2-ishchi g‘ildirak; 3’-yo‘naltiruvchi moslamalar; 6 va 6' bosimli
va so‘rish salniklari; 16-oziqlantiruvchi quvurcha; 17-gidravlik zichlash
halqasi.
Seksiyalar oralig‘ini rezina prokladka bilan zichlanadi. MC turdagi nasoslarning kamchiligi: FIK yuqori emasligi; qobiqning vertikal tekislikda ochilishi va ochib berkitishning murakkabligi; o‘qiy kuchlarning
nomuvozanatligi. 0 ‘qiy kuchlarni muvozanatlash maqsadida qo‘shimcha avtomatik ishlovchi kuch yengillashtiruvchi 1 gidravlik lappaklar ham o‘rnatiladi.(2-rasm).
2-rasm. Ko‘p pog‘onali (seksiyali) MC (ЦНС) turdagi nasosning tashqi ko‘rinishi.
3-rasm. Ko‘p.pog‘onali MC turdagi nasosning bo‘ylama kesimi: 1-gidravlik kuch yengillashtiruvchi lappak; 2-uzatkich; 3-nasos seksiyalari; 4-seksiyalami qisib turuvchi bolt; 5-so‘rg‘ich; 6-yo‘naItiruvchi moslamalar; 7-podshipniklar.
4-rasm. M va MD (ЦН) turdagi markazdan qochma nasoslarda
suyuqlik harakati sxemasi: a-M nasosi; b-MD nasosi.
MC turdagi nasoslaming kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida qobig'i gorizontal tekislikda ochiladigan M, MD (ЦН) nasoslari yaratiigan (4-rasm). Bu nasoslar ishchi g'iidiraklari kirish qismi birbiriga qarama-qarshi juft holda joylashtirilganligi sababli o‘qiy kuchlar muvozanatlashgan. Qoldiq o‘qiy kuchlami tayanch podshipniklari o‘ziga qabul qiladi. Suyuqlik birinchi va ikkinchi gildiraklarda chiqqandan keyin uchinchi gildirakka tashqi quvur orqali uzatiladi (5-rasm). MD turdagi nasoslarda birinchi ishchi gildiragi ikki tomonlama suyuqlik kiradigan shaklda bo’lganligi sababli yaxshi kavitatsion xususiyatlarga, ya’ni so‘rish tarmogMda ortiqcha (6 m gacha) bosimga ega bo‘ladi. Shuning uchun MD turdagi nasoslar issiqlik elektr stansiyalari qozonlariga issiq suvlami haydash uchun qo’llaniladi.
M va MD turdagi nasoslarda suyuqlikni ishchi gildirakka kirishi va undan olib ketishi spiralsimon kanallar sababli gidravlik qarshiliklar kamayib, FIK yuqori bo’ladi.
А bo‘yicha ko'rinish
5-rasm. M (ЦН) turdagi nasos agregatining tashqi ko'rinishi; 1-so‘rg‘ich; 2-uzatkich; 3-tashqi uzatuvchi quvur; 4- qobiqning pastki tayanch qismi; 5-qopqog‘i; 6-elektr dvigatel,
Qobig‘i gorizontal tekislikda ochiladigan ushbu nasoslarning qobig‘ining tuzilishi murakkab, beso‘naqay va oMchamlari katta (5-rasm).
Dostları ilə paylaş: |