Mavzu: mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Yüklə 228 Kb.
səhifə1/18
tarix27.04.2023
ölçüsü228 Kb.
#103248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
14 mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


MAVZU: MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA.


REJA:

  1. Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo‘nalishlari.

2. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
3. Tushunchalarning shakllanishi va qo‘llanishi. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari.
4. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya); tushunchalarni bo‘lish va tasniflash.
5. Sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatdagi tushunchalar.


Tayanch iboralar
Mantiq, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, chin fikr, to‘g‘ri tafakkur, tushuncha, tushunchaning turlari, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish.


TAFAKKUR MANTIQ ILMINING O‘RGANISH OB’EKTI
Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi.
Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur.

Yüklə 228 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin