1
2
Mavzu:”Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va
tezlanishlar plani tuzish yo'li yordamida tekshirish. (1,2
modifikatsiyasi)”
Reja:
Kirish ………………………………………………………………………3
I-bob. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi………………...……6
1.1.Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish………………...…..9
1.2.Mexanizmlarni tekshirishning diagrammalar usuli. Urinma, ordinatalar va
vatarlar usuli…………………………………………………………….….13
Xulosa……………………………………………………………………….19
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………….21
3
Kirish
Kishi mehnatini yengillashtirish foydali ish bajaruvchi ishlab chiqarish
texnikasi — mashina, apparat va asboblardan foydalanishga bog'liq. Barcha
texnik qurilmalar tabiat qonunlariga asoslangan bo‗lib, inson bu qonunlardan
o‗z faoliyatida foydalanadi. Texnik qurilmalar har xil mexanik qismlardan
iborat bo'lib, bu qismlar o'z navbatida qo'zg'almas — mashina va
konstruksiyani ko'tarib turuvchi zveno (stoyka rama, korpus) va
qo'zg'aluvchi, harakatni detallar yordamida uzatuvchi qismlardan iborat
bo'ladi. Bir qancha mexanik qismlarning birikishidan tashkil topgan va
foydali ish bajaradigan mexanizmlar gruppasi mexanik mashina deyiladi.
Mashina va mexanizmlar kursida faqat mexanik mashinalar o'rganiladi.
Shuning uchun «mexanik mashina» atamasini bundan buyon qisqacha
«mashina» deb yuritamiz. Bunday mashinalarga yuk tashiydigan, suv, havo,
quruqlik transportlari, ish mashinalari va avtomatlari (stanok, press,
to'qimachilik sanoati va poligrafiya mashinalari va boshqalar)ni hamda turli
nasos va ventilatorlami, asbob, soat va boshqalarni misol qilib ko'rsatish
mumkin. Mashina deb hisoblanmaydigan mexanizmlarda ham mexanik
qismlar uchraydi, alohida ajratib qaraganda ular ham kichik bir mashinani
tashkil etadi. Bularga matematik hisob mashinasi, kontrol apparat, elektr
mashinalarining rotori, fotoapparat zatvori, elektr o'lchov asboblari, elektr
vklyuchatel, mashina eshigi oynasini ko'targich, oyna tozalagich va boshqalar
kiradi. Mashinalarda ish organi tariqasida gaz va suyuqlikdan ham
foydalanish mumkin bo'lib, bunday mexanizmlar, mos ravishda, pnevmatik
va gidravlik mexanizmlar deyiladi. Biz ushbu kursda eng ko'p tarqalgan
mexanizmlami o'iganamiz. Mashinalar asosan, fizika, nazariy mexanika
4
hamda mashina va mexanizmlar nazariyasi kurslarida bosqichma-bosqich
o'rga- niladi. Korxonalarni avtomatlashtirish jarayon bilan shug'ullanish bu
fanlarning davomi hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanida
mashina va mexanizmlaming kinematik hamda dinamik tuzilishlari o
‗rganiladi va shu bilan birga yangi mashina va mexanizmlar yaratish usullari
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mavjud sifatsiz mashinalami yengil,
tezyurar, kam energiya iste‘mol qiladigan, sifatli mahsulot beradigan yuqori
unumli mashinaga aylantirish yo'llarini izlash o'rganiladi. Bu kabi
masalalarni amalga oshirish uchun mashina va mexanizmlar kursi ikki
qismga bo'lib o'rganiladi. 1. Mexanizmlar analizi. 2. Mexanizmlar sintezi.
Mexanizmlar analizida mashina va mexanizmlaming harakati ulaming
kinematik tuzilishiga va sharnir hamda zvenolariga to'g'ri keladigan ta‘sir
kuchlariga bog'liqligi aniqlanadi. Mexanizmlar sintezida esa m a‘lum
texnologik jarayonni amalga oshirish uchun berilgan harakat qonuniga
asoslangan funksiyani bajaradigan mexanizm yaratish talab etiladi. Mashina
va mexanizmlarni analiz va sintez qilishni bilish mashina, stanok hamda
asboblar bilan ishlaydigan mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Maktab
mashinashunoslik o'qituvchilari esa mehnat amaliyotining qaysi biri
bo'Iishidan qat‘iy nazar, qishloq xo'jaligi mashinalarimi, agronomiyami,
avtomobil kursimi, metallami kesib ishlashmi, duradgorlikmi yoki boshqami
unda o'quvchilarni kasb tanlashga va ijtimoiy foydali mehnat qilishga undab,
yuqorida keltirilgan predmetlarning fizika, matematika va chizmachilik
fanlari bilan bog'lanib ketganligini ko'rsatib boradi. Mashina va mexanizmlar
nazariyasi fani asosida fizika, umumtexnika fanlarini o'qitish metodlarini
ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslab berish mumkin. Har qanday mashina
5
foydali ish bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib, u ish sharoitida muayyan
qarshiliklarga duch keladi. Bu qarshiliklami mashina bir qancha mexanizmlar
birikmasi yordamida va bu mexanizmlaming bir-biriga nisbatan ma‘lum
tartibda harakatlanishi natijasida yengadi. Masalan metall yoki yog'och
randalash mashinasi (stanok) elektr dvigateldan harakat kesish (randalash)
asbobiga kelguncha bir qancha mexanizm (tishli, tasmali, kulisali mexanizm
va boshqalar) dan o ‗tadi va, natijada, katta tezlikda aylanma harakat kesish
uchun talab etiladigan to‗g ‗ri chiziqli harakatga aylanadi va texnologik
jarayonni bajaradi. Shunday qilib, mashinani yana quyidagicha ta‘riflash
mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni yoki energiyani о ‗zgartirish jarayoni bilan
bog‗liq bo Igan va foydali ish bajarish uchun m o ‗ljallangan mexanizm yoki
mexanizmlar majmui mashina deyiladi. Mashina insonning jismoniy hamda
aqliy mehnatini yengilIashtiradigan va ish unumini oshiradigan, hisoblash va
nazorat qilish uchun ham mo'ljallangan moslama bo'lib, inson aqliy
mehnatining mahsulidir. Agar mashina harakat qilib tursa-yu, lekin foydali
ish bajarmasa yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirmasa, bu holda
u mexanizm bo'ladi. Mexanizmning vazifasi m a‘lum tartibda harakat qilish
yoki harakatni uzatishdan iborat.
6
Dostları ilə paylaş: |