O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 166,61 Kb.
səhifə1/3
tarix11.05.2023
ölçüsü166,61 Kb.
#111317
növüReferat
  1   2   3
5 Ochilov K Texnik mexanika Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Urganch davlat Pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Texnologik ta’lim
yo’nalishi 222-guruh tolibi
Ochilov Karimboying
Texnik mexanika
fanidan yozgan
REFERATI
Mavzu: Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va tezlanishlar plani tuzish yo'li yordamida tekshirish. (3,4 modifikatsiyasi)”


Topshirdi : Ochilov K.

Qabul qildi : U.Kurbanov
Urcanch 2023
Mavzu:|”Mexanizm zvenolari nuqtalarining harakatlarini tezliklar va tezlanishlar plani tuzish yo'li yordamida tekshirish. (3,4 modifikatsiyasi)”
Reja:
1. Mexanizmning asosiy turlari va ularning tatbiqi
2 Mexanizmlarning turli vaziyatdagi planlarini qurish.
3. Mexanizmlarni tekshirishning diagrammalar usuli. Urinma, ordinatalar va vatarlar usuli.

Kishi mehnatini yengillashtirish foydali ish bajaruvchi ishlab chiqarish texnikasi — mashina, apparat va asboblardan foydalanishga bog'liq. Barcha texnik qurilmalar tabiat qonunlariga asoslangan bo‘lib, inson bu qonunlardan o‘z faoliyatida foydalanadi. Texnik qurilmalar har xil mexanik qismlardan iborat bo'lib, bu qismlar o'z navbatida qo'zg'almas — mashina va konstruksiyani ko'tarib turuvchi zveno (stoyka rama, korpus) va qo'zg'aluvchi, harakatni detallar yordamida uzatuvchi qismlardan iborat bo'ladi. Bir qancha mexanik qismlarning birikishidan tashkil topgan va foydali ish bajaradigan mexanizmlar gruppasi mexanik mashina deyiladi. Mashina va mexanizmlar kursida faqat mexanik mashinalar o'rganiladi. Shuning uchun «mexanik mashina» atamasini bundan buyon qisqacha «mashina» deb yuritamiz. Bunday mashinalarga yuk tashiydigan, suv, havo, quruqlik transportlari, ish mashinalari va avtomatlari (stanok, press, to'qimachilik sanoati va poligrafiya mashinalari va boshqalar)ni hamda turli nasos va ventilatorlami, asbob, soat va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Mashina deb hisoblanmaydigan mexanizmlarda ham mexanik qismlar uchraydi, alohida ajratib qaraganda ular ham kichik bir mashinani tashkil etadi. Bularga matematik hisob mashinasi, kontrol apparat, elektr mashinalarining rotori, fotoapparat zatvori, elektr o'lchov asboblari, elektr vklyuchatel, mashina eshigi oynasini ko'targich, oyna tozalagich va boshqalar kiradi. Mashinalarda ish organi tariqasida gaz va suyuqlikdan ham foydalanish mumkin bo'lib, bunday mexanizmlar, mos ravishda, pnevmatik va gidravlik mexanizmlar deyiladi. Biz ushbu kursda eng ko'p tarqalgan mexanizmlami o'iganamiz. Mashinalar asosan, fizika, nazariy mexanika hamda mashina va mexanizmlar nazariyasi kurslarida bosqichma-bosqich o'rga- niladi. Korxonalarni avtomatlashtirish jarayon bilan shug'ullanish bu fanlarning davomi hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fanida mashina va mexanizmlaming kinematik hamda dinamik tuzilishlari o ‘rganiladi va shu bilan birga yangi mashina va mexanizmlar yaratish usullari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mavjud sifatsiz mashinalami yengil, tezyurar, kam energiya iste’mol qiladigan, sifatli mahsulot beradigan yuqori unumli mashinaga aylantirish yo'llarini izlash o'rganiladi. Bu kabi masalalarni amalga oshirish uchun mashina va mexanizmlar kursi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. 1. Mexanizmlar analizi. 2. Mexanizmlar sintezi. Mexanizmlar analizida mashina va mexanizmlaming harakati ulaming kinematik tuzilishiga va sharnir hamda zvenolariga to'g'ri keladigan ta’sir kuchlariga bog'liqligi aniqlanadi. Mexanizmlar sintezida esa m a’lum texnologik jarayonni amalga oshirish uchun berilgan harakat qonuniga asoslangan funksiyani bajaradigan mexanizm yaratish talab etiladi. Mashina va mexanizmlarni analiz va sintez qilishni bilish mashina, stanok hamda asboblar bilan ishlaydigan mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Maktab mashinashunoslik o'qituvchilari esa mehnat amaliyotining qaysi biri bo'Iishidan qat’iy nazar, qishloq xo'jaligi mashinalarimi, agronomiyami, avtomobil kursimi, metallami kesib ishlashmi, duradgorlikmi yoki boshqami unda o'quvchilarni kasb tanlashga va ijtimoiy foydali mehnat qilishga undab, yuqorida keltirilgan predmetlarning fizika, matematika va chizmachilik fanlari bilan bog'lanib ketganligini ko'rsatib boradi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi fani asosida fizika, umumtexnika fanlarini o'qitish metodlarini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslab berish mumkin. Har qanday mashina foydali ish bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib, u ish sharoitida muayyan qarshiliklarga duch keladi. Bu qarshiliklami mashina bir qancha mexanizmlar birikmasi yordamida va bu mexanizmlaming bir-biriga nisbatan ma’lum tartibda harakatlanishi natijasida yengadi. Masalan metall yoki yog'och randalash mashinasi (stanok) elektr dvigateldan harakat kesish (randalash) asbobiga kelguncha bir qancha mexanizm (tishli, tasmali, kulisali mexanizm va boshqalar) dan o ‘tadi va, natijada, katta tezlikda aylanma harakat kesish uchun talab etiladigan to‘g ‘ri chiziqli harakatga aylanadi va texnologik jarayonni bajaradi. Shunday qilib, mashinani yana quyidagicha ta’riflash mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni yoki energiyani о ‘zgartirish jarayoni bilan bog‘liq bo Igan va foydali ish bajarish uchun m o ‘ljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui mashina deyiladi. Mashina insonning jismoniy hamda aqliy mehnatini yengilIashtiradigan va ish unumini oshiradigan, hisoblash va nazorat qilish uchun ham mo'ljallangan moslama bo'lib, inson aqliy mehnatining mahsulidir. Agar mashina harakat qilib tursa-yu, lekin foydali ish bajarmasa yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirmasa, bu holda u mexanizm bo'ladi. Mexanizmning vazifasi m a’lum tartibda harakat qilish yoki harakatni uzatishdan iborat.
'M.Mexanizm' (yun. μηχανή mechané - mashina) — bir biri bilan bog'liq va kerakli (oldindan aniqlangan) harakatlarni bajaradigan jonsiz (odatda mashina detallari) yoki jonli tanlar majmui. Mexanizmlar harakatni (boshqa obyektga) o'tkazib berish va o'zgartirish uchun qo'llaniladi.
Mexanizm (yunoncha: mechane — qurol, inshoot) — bir yoki bir necha jismning harakatini boshqa jismlarning maʼlum harakatiga aylantirib beradigan qurilma. Koʻpchilik mashinalarning kl asosini tashkil etadi, koʻpgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qoʻllaniladi. Vazifasiga qarab, M.lar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ish bajaruvchi); boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; taʼminlovchi, saralovchi, tashuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tortuvchi va joylashuvchi M.lar boʻladi.
Harakatni oʻzgartiruvchi M.lar energiyani mexanik ishga yoki mexanik ishni energiyaning boshqa turiga aylantiradi (mas, dvigatel, nasos, kompressor va boshqalar). H ar a kat uzatuvchi M.lar dvigateldan olingan harakatni (valning aylanish tezligini kamaytirib) texnologik mashinalarga yoki ijrochi M.larga uzatadi. Ijrochi M.lar ishlov berilayotgan muhit yoki obyektga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etadi (mas, pressning sikish me-xanizmi, paxta terish mashinasining shpindellari va boshqalar). Boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlov-ch i M.larga texnologik jarayonni boshqarib turadigan moslamalar, rostlagichlar, suyuklik sathi va bosimini nazorat qiluvchi M.lar kiradi. Taʼminlovchi, saralovchi va tashuvchi M.larga shneklar, kovshli elevatorlar, mexanik elaklar va boshqa kiradi. Tayyor mahsulotlarni avtomatik hisoblovchi, qadoqlovchi va joylovchi M.lar, asosan, koʻplab ishlab chiqariladigan donali mahsulotlar uchun moʻljallanadi. Bunday M.lar maxsus mashinalarda ijrochi M. boʻlishi mumkin (mas, choy qadoqlash mashinasining choyni oʻlchovchi va joylovchi qismi).
M. tarkibiga kiruvchi va zveno deb ataluvchi qattiq jism oʻzaro biriktirilgan bir necha qoʻzgʻalmas detallar (ayrim qismlar) dan iborat boʻlishi mumkin. Bir-biriga tegib turadigan ikki zvenoning oʻzaro harakatlanadigan birikmasi kinematik juft deyiladi. Aylanma (sharnir), ilgarilama (polzun va yoʻnaltirgich), vintli (vint, gayka), sferik (sharli sharnir) kinematik juftlar keng tarqalgan. Agar harakatni oʻzgartirishda qattiq jismlardan tashqari suyuklik yoki gazeimon jismlar ham qatnashsa, ular gidravlik yoki pnevmatik M. deyiladi.
Aylanma yoki toʻgʻri chiziqli harakatni aylanma harakatga (va aksincha) oʻzgartiradigan M. uzatma deyiladi. Zvenolarning turiga qarab, tishli, richagli, friksion, zanjirli va tasmali M.lar boʻladi. Mashina tarkibiga kiruvchi M.lar gidravlik, pnevmatik, elektr qurilmalardan tuziladi.
Odatda, M.da bitta kirish zvenosi boʻlib, u dvigateldan harakat oladi va oraliq zveno orqali uni chiqish zvenosiga uzatadi. M.lar yassi (tekis; zvenolari nuqtalarining temperaturayektoriyasi parallel tekisliklarda yotadi) va fazoviy (hajmiy) xillarga boʻlinadi. Kosmik texnika (vakuumda aylanma harakat uzatuvchi, fazoda yoʻnalishni oʻzgartiruvchi va boshqalar), tibbiyot texnikasi (rostlanadigan apparatlar, biologik protezlar va boshqalar) bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish, borish qiyin boʻlgan yoki hayot uchun xavfli joylar (suv osti, kosmos, yadro reaktorlari) da ishlash uchun maxsus M.lar yaratildi. Bu ishlarni bajarishda turli manipullyatorlar qoʻllaniladi. Manipulyatorlarning rivojlanishi buyumlarni ishlash, montaj qilish va yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon beruvchi sanoat robotlarning yaratilishiga olib keldi.
Mexanizmlar kinematikasi — mexanizmlarga taʼsir etadigan kuchlarni hisobga olmagan holda qism (zveno) lari harakatining geometrik jihatlari oʻrganiladigan soha; mashina va mexanizmlar nazariyasi boʻlimi. Mexanizmlar kinematikasida kinematik analiz va kinematik sintez masalalari yechiladi. Mexanizmlar kinematikasi masalalarini yechish uchun mexanizmning kinematik xossalarini ifodalaydigan asosiy koʻrsatkichlar va yetakchi zvenolarning harakat qonunlari maʼlum boʻlishi kerak.
Mexanizmlar kinematikasi masalalari grafik, analitik va grafoanalitik usullarda yechiladi. Eng oddiy grafik usul ning mohiyati quyidagicha: agar mexanizmdagi AV zvenoning vaziyati va sharnirlari markazlari orasidagi masofa maʼlum boʻlsa (rasmga q.), qolgan barcha zvenolarning vaziyatini sirkul yordamida aniqlash mumkin. Shunday qilib, tekislikda harakatlanadigan mexanizmlar masalasi egri chiziqlarning tekislikda kesishgan nuqtalarini aniqlashdan iborat boʻladi.
Analitik usul oldindan maʼlum aniqlikdagi zvenolarning vaziyatini anikutshga imkon beradi. Bunda masala chiziqli boʻlmagan tenglamalar sistemasini yechishga keltiriladi. Mexanizmdagi ayrim nuqtalarning temperaturayektoriyasi, odatda, zvenolarning vaziyatini bilish uchun aniqlanadi; bunda faqat mexanizm ish organlarining harakat turiga bogʻliq boʻlgan temperaturayektoriyalarning grafigi tuziladi yoki tekshiril adi.
Grafoanal iti k usul zvenolar va mexanizmlar ayrim nuqtalarining tezliklarini aniqlashda qoʻllaniladi. Biror nuqtaning tezligini aniqlash uchun zvenolarning vaziyatini aniqlashda olingan maʼlumotlardan foydalanib, bu nuqta yoʻlining vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi tuziladi, soʻngra differensiallash grafigini qoʻllab, tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasi quriladi. Mexanizm nuqtalarining tezlanishlarini aniqlashda tezlanishlar planidan va analitik usuldan foydalaniladi. Tezlanishlarni aniqlash uchun odatda kinematik diagramma usuli qoʻllanilmaydi, chunki uning anikligi oldindan qurilgan tezlikning vaqt boʻyicha oʻzgarish diagrammasini differensiallash grafigi aniqligiga bogʻliq boʻladi. Mexanizmlarning kinematik sintez masalalari koʻrib oʻtilgan kinematik analiz masalalariga teskari hisoblanadi.
Mashina va mexanizmlar nazariyasi — mashina va mexanizmlar uchun umumiy boʻlgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb ataladigan qismlarga boʻlinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina, asbob yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun umumiy boʻlgan xossalar oʻrganiladi. Mashinalar nazariyasi da — texnikaning turli sohalaridagi mashinalar uchun umumiy boʻlgan usullar oʻrganiladi. Bu ikki qism bir-biri bilan chambarchas bogʻliq, chunki istalgan mashinaning asosini mexanizmlar tashkil qiladi.
M. va m. n.ning vazifalarini, asosan, uch boʻlimga ajratish mumkin: mexanizmlar sintezi, mashina va mexanizmlar dinamikasi, avtomatmashinalar nazariyasi. Mexanizmlar sintezi maʼlum harakatning bajarilishini taʼminlaydigan sxemani tanlash va shu sxema parametrlarini topish bilan shugʻullanadi. Avtomatmashinalar nazariyasi da — ayrim mexanizmlarning bir-biriga monand ishlash sxemasini tuzish hamda mashinalarning optimal unumdorligi, anikligi va puxtaligiga erishish usullari ishlab chiqiladi. Mexanizmlar sintezi masalalarini hal qilish tartibini uch bosqichga keltirish mumkin. Birinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni va shartlarini tanlash, yaʼni qoʻyiladigan talablarni shakllantirish. Bunda texnologik va konstruktiv masalalar matematik masalalarga aylanadi. Ikkinchi bosqich — sintezning asosiy mezoni qiymatini ifodalovchi funksiyaning analitik ifodasini aniqlash. Asosiy mezon mexanizmning vazifasiga karab tanlanadi. Baʼzi mexanizmlar uchun uning analitik ifodasi juda murakkab. Uchinchi bosqich — cheklash shartlarini hisobga olgan holda asosiy mezonni optimallash shartlaridan foydalanib, mexanizmning doimiy parametrlarini hisoblash. Bunda bir yoki bir necha tenglama va tengeizliklar tizimini yechishga toʻgʻri keladi. Avtomatmashinalar nazariyasida mantiqiy algebrani qoʻllashga asoslangan usullar keng tarkaldi. Bu usullar boshqarish tizimlarining mantiqiy sintezi deb ataladi. Boshqarish tizimlarida elektr elementlar bilan birga pnevmatik elementlar qoʻllaniladi. Robotlarnn loyihalash usullarini ishlab chiqish avtomatmashinalar nazariyasining eng soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi.
M. va m. n. nisbiy harakatda boʻladigan inshootlar mexanikasi bilan ham shugʻullanadi. Nazariy mexanika qonunlari mashina va mexanizmlarga bevosita tatbiq etilganligi uchun M. va m. n. qisqacha mashinalar mexanikasi deb ataladi.
M. va m. n.da mexanizm kismlari (zve-nolari) mutlaq qattiq jism deb qaraladi. Mashina va mexanizmlar kinematikasini oʻrganishda mexanizm tarkibidagi yetakchi zveno (mas, krivoship) ning aylanishlar soni oʻzgarmas deb qabul qilinadi. M. va m. n.da uzunlik (S) oʻlchov birligi sifatida metr, vaqt (t) oʻlchov birligi sifatida sekund, kuch (Gʻ) oʻlchov birligi sifatida — nyuton qabul qilinadi. Masalan, tezlik (g>) ning oʻlchov birligi: M. va m. n. qattiq va suyuq jismlar mexanikasi krnunlarini, matematika hamda chizma geometriya fanlarini texnikadagi konkret masalalarni hal qilishga tatbiq etadi.
Mashina va mexanizmlarni oʻrganish bilan qadimdan shugʻullanib kelishgan. Masalan, richag, pona, blok kabi mashina detallari Aristotel nomi bilan bogʻliq. Arximed (qarang Arximed vin-ti), Geron asarlarida ham ular haqida maʼlumotlar uchraydi. Abu Ali ibn Sino "Akl mezoni" asarida richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tashkil topgan mexanik tizimlarning ishlash prin-sipini batafeil bayon etgan, Abu Rayhon Beruniy, Axmad al-Fargʻoniy asarlarida ham mexanizmlarga oid maʼlumotlar bor.
1.Qadim zamonlardan beri odamlar mexanik ish bajarish uchun turli moslamalardan foydalanib keladilar. Bevosita qo`l bilan siljitib qo`yish mumkin bo`lmagan og`ir buyumlarni joyidan qo`zg`atish uchun, yetarlicha uzun va mustahkam tayoq-richaklardan foydalanganlar.
Kuchni o`zgartirisha xizmat qiladigan moslamalar mexanizmlar deb ataladi. Oddiy mexanizmlarga:richag va uning turlaridan-blok,chig`iriq;qiya tekislik va uning turlaridan-pona va vintlar kiradi. Richak-qo`zg`almas tayanch atrofida aylana oladigan qatjisimdir. Ushbu rasmda O aylanish o`qi kuchlar quyilgan A va B nuqtalar orasida joylashgan richag tasvirlangan.
Richakka ta`sir ikkala F1 va F2 kuchlar bir tomonga yo`nalgan richagga qo`yilgan kuchning ta`sir chizig`I bilan tayanch nuqtasi orasidagi eng qisqa masofa kuchning elkasi deyiladi. Bu yerda IOAI=l1-F1- kuchning yelkasi; IOBI=l2-F2 kuchning yelkasi ekanligi ko`rinib turibdi.

B l2 0 l1 A
F2

F1

Richakka uning tayanch nuqtasidan har ikki tomonga, richag har safar muvozanatda bo`ladigan qilib, turli yuklar osiladi. Richakka ta`sir etuvchi kuchlar bu yuklarning og`irligiga teng. Har bir hol uchun kuchlarning moduli va ularning yelkasi o`ranatiladi. Rasmda 2H kuchning 4H kuchlni muvozanatlashi ko`rsatilgan.Bunda, rasmdan ko`rinishicha, kichik kuchning yelkasi katta kuchning yelkasidan ikki marta ortiq.
Shunday tajribalarga asoslanib, richakka ta`sir qiluvchi kuchlar shu kuch yelkalariga teskari proporsional bo`lganda richag muvozanatda bo`ladi. Bu qoidani formula ko`rinishida quyidagicha yozish mumkin.
Richagning muvozanat qoidasi Arximed tomonidan aniqlangan. Agar richag harakatga kiritilsa, bunda ayni bir vaqt ichida F2 kuchning qo`yilgan nuqtasi katta S2 yo`l o`tadi, katta F1kuchning qo`yilgan nuqtasi kichik S1 yo`l o`tadi.
Bu yullarni va kuch modellarini o`lchab richagda kuchlar qo`yilgan nuqtalarning o`tgan yo`llari uzunligi kuchlar kattaligiga teskari proporsonal, yani:
Demak kuchdan qancha yutqazsak, masofadan shuncha yutamiz, yoki masofadan qancha yutqazsak,yuldan shuncha yutamiz,yoki masofadan qancha yutqazsak, kuchdan shuncha yutamiz.

S2

B l1 O l2 A

S1


F2

F1



Yüklə 166,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin