Mavzu: Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari Reja: Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari Biznesning maqsadlari



Yüklə 68,2 Kb.
səhifə1/9
tarix14.12.2023
ölçüsü68,2 Kb.
#177768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari


Mavzu: Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari
Reja:
1. Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari
2. Biznesning maqsadlari
3. Moliyalashtirish, investitsiyalash va mustaqillik
Xulosa
Adabiyotlar

Har qanday boshqa sohada qarorlar qabul qilish kabi moliyaviy qarorlar ikki yoki undan ortiq harakat yo‘nalishlaridan biri tanlanishini nazarda tutadi. Agar faqat bitta ehtimoliy yo‘nalish mavjud bo‘lsa, hech qanday qaror qabul qilish kerak emas. Ko‘pincha, qaror qabul qilingunga qadar mavjud vaziyatni saqlab qolish joiz variantlardan biri hisoblanadi. Har qanday qaror qabul qilish jarayoni quyidagi oltita bosqichni o‘z ichiga olishi kerak:


1-bosqich: Maqsadni shakllantirish. Qaror qabul qilayotgan shaxs aynan qanday natijaga erishmoqchi ekanligini aniq tasavvur qilishi kerak. Ertalab uydan chiqayotib, qaysi tomonga ketishini hal etishi kerak. Buni amalga oshirish uchun eng yaqin maqsad qandayligini bilishi zarur. Agar maqsad ishga borishdan iborat bo‘lsa, o‘ng tomonga burilish; agar mahalliy do‘konga chiqib kelish kerak bo‘lsa – chap tomonga burilish qarori talab qilinishi mumkin. Qaror qabul qilayotgan shaxs qayerga borishni bilmasa, u qaysi tomonga burilish to‘g‘risida ongli ravishda qaror qabul qilolmaydi. Kompaniyalarning ehtimoliy maqsadlari quyida ko‘rib chiqiladi.
2-bosqich: Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini aniqlash. Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini tushunib olish kerak. Bunda qonun tomonidan yoki qaror qabul qilayotgan shaxs nazorati ostida bo‘lmagan boshqa kuchlar tomonidan belgilanadigan harakatlar erkinligining barcha cheklanishlari hisobga olinishi kerak. Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga eng yaxshi tarzda erishish imkonini beradigan imkoniyatlarni muntazam ravishda izlab topish talab etiladi. Biznes mablag‘lari nuqtayi nazaridan bu investitsiya qilish uchun yangi obyektlar, shuningdek‚ ularni mablag‘ bilan ta‘minlash uchun kerakli mablag‘lar aniqlanishini anglatadi. Bunday imkoniyatlar har doim ham oshkora bo‘lmaydi va kompaniyalar ularni muntazam ravishda izlab topishi kerak. Buni amalga oshirmaydigan kompaniya deyarli muqarrar ravishda tanazzulga yuz tutadi, qulay imkoniyatlar esa yanada ilg‘or raqobatchilar tomonidan foydalaniladi.
3-bosqich: Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma‟lumotlarni to‘plash. Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlaridan har birini ko‘rib chiqish va unga tegishli axborotni aniqlash kerak. Muayyan harakat usuli to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning hammasi ham muhim emas. Faraz qilaylik, shaxs muayyan hajmli dvigatelga ega mashina xarid qilishni istaydi, bunda ishonchlilik va narxning eng yaxshi nisbatiga ega modelini izlab topishni yagona maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu shaxsga mashinaning ishonchliligi va narxi to‘g‘risidagi ma‘lumotlargina qiziqarli bo‘ladi. Boshqa ma‘lumotlar, masalan, mashinaning rangi, dizayni yoki qaysi mamlakatda yig‘ilganligi ishga taalluqli emas. Bu mashina xaridorining maqsadlari ishonchlilik va narx to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan cheklanishini anglatmaydi; faqat, agar ushbu ko‘rsatkichlar to‘g‘ri kelsa, boshqa omillarning ahamiyati yo‘q. Foydalanish xarajatlari, masalan, transport vositalari uchun soliq tanlangan hajmli dvigatelga ega barcha mashinalar uchun bir xil bo‘lsa, ushbu xarajatlarga bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan ma‘lumotlar ham e‘tiborga olinmasligi kerak. Qaror qabul qilish bir necha imkoniyatlardan tanlovni o‘z ichiga olishi tufayli qaror aynan ushbu imkoniyatlar o‘rtasidagi farqlar asosida qabul qilinadi. Transport vositalari uchun soliqning mavjudligi qaror mashinani xarid qilish kerakligi yoki kerak emasligini tanlashdan iborat bo‘lgan holatdagina ahamiyatli ma‘lumotga aylanadi, chunki ushbu soliq avtomobil egasining xarajatlari turlaridan biri hisoblanadi. Agar mashina xarid qilinmasa, ushbu soliq ham to‘lanmaydi. Umumiy omillar ta‘siri juz‘iy bo‘lgan joyda oldingi xarajatlar ham hisobga olinmasligi kerak, chunki ular barcha ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlari uchun bir xildir. 2.1-misol: Muhim va juz‟iy xarajatlar Tariq Ltd kompaniyasi bir yil oldin yangi holatida 5000 funt sterlingga xarid qilingan dastgohga ega. Hozirda kompaniya ushbu dastgoh kelgusida unga kerak emas deb hisoblaydi. Ma‘lumotlar bilan tanishib chiqqach, ushbu dastgohni joriy holatida 2000 funt sterlingga sotish yoki dastlab 500 funt sterlingga ta‘mirlash, so‘ngra 3000 funt sterlingga sotish mumkinligini aniqladi. Kompaniya qanday yo‘l tutishi kerak: dastgohni ta’mirlangan yoki ta’mirlanmagan holatda sotishi kerakmi (kompaniyaning maqsadi – maksimal ehtimoliy pul mablag‘ini olishdan iboratligi hisobga olinganda)? Qaror (masalaning yechimi) Agar dastgoh ta‘mirlansa, kompaniya 2500 funt sterling sof foyda oladi (3000 funt sterling minus 500 funt sterling). Agar uskuna ta‘mirlanmasa, kompaniyaning daromadi 2000 funt sterlingni tashkil etadi. Kompaniyaning maqsadi – maksimal ehtimoliy miqdorda pul mablag‘ini olishdan iboratligi hisobga olingan holda, shubhasiz, u dastgohni dastlab ta‘mirlaydi, so‘ngra esa sotadi, chunki bunday usul muqobil usulga nisbatan ko‘proq foyda keltiradi. Uskunaning dastlabki narxi eski narx ekanligi va unga qaytish mumkin bo‘lmaganligi tufayli qaror qabul qilish uchun muhim emasligiga e‘tibor qarating. Dastlabki narx eski narx bo‘lganligi tufayli u kelgusi harakatlarning har ikki ehtimoliy varianti uchun bir xil bo‘ladi. Kelgusida nima yuz berishidan qat‘i nazar dastgohning dastlabki narxi – 5000 funt sterling. Shunday qilib, qaror qabul qilish uchun qanday ma‘lumotlar muhim, qaysilari unchalik muhim emasligini aniqlab olish zarur. Ko‘pincha axborot to‘plash ko‘p vaqt va mablag‘lar sarflanishini talab etadi, demak muhim ma‘lumotlarni ajratib olish qaror qabul qilish qiymatining jiddiy pasayishiga olib kelishi aniq. Bundan tashqari, unchalik muhim bo‘lmagan ma‘lumotlarning mavjudligi qaror qabul qilayotgan shaxsni chalg‘itishi mumkin, bu esa optimal bo‘lmagan qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
4-bosqich: Ma‟lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish. Mazkur bosqichda muhim ma‘lumotlardan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi harakat yo‘nalishi ajratib olinadigan tarzda foydalanilgan holda mavjud imkoniyatlar solishtiriladi. Ushbu kitobning katta qismi moliyaviy qarorlarni qabul qilishga tegishli ma‘lumotlarni baholash usullariga bag‘ishlanadi.
5-bosqich: Qabul qilingan qarorni amalga oshirish. Agar qabul qilingan qarorning amalga oshirilishini ta‘minlash bo‘yicha harakat qilinmasa, samarali qaror qabul qilish uchun vaqt sarflash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishning foydasi yo‘q. Bunday harakatlar qabul qilingan qarorni qonuniy kuchga kiritish bo‘yicha kerakli choralar bilan cheklanmaydi, balki uning butun hayot sikli mobaynida ular ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilgan choralar amalga oshirilishini kafolatlaydigan yoki kafolatlashga yo‘naltiriladigan harakatlar qo‘llanilishi kerak.
6-bosqich: Qarorlar qabul qilish natijalari monitoringi. Samarali qaror qabul qilish oldingi qarorlar natijalari puxta monitoring qilinishini talab etadi. Bu keng ma‘noda quyidagi ikkita sabab bilan izohlanadi:
• Qarorlar qabul qilinishiga asos bo‘lgan prognozlar ishonchliligini baholash foydalidir. Agar prognoz o‘ngidan kelmasa, qaror qabul qilayotgan shaxslar turli usullar va ma‘lumotlar bazalaridan foydalanilgan holda uning ishonchliligini oshirish imkoniyati to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishlari kerak. Albatta, qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorni yaxshilash kech bo‘ladi, biroq bunday amaliyot kelgusida qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirish imkonini beradi.
• Agar qaror amaliyotda u yoxud bu sababga ko‘ra, shu jumladan bozor muhitining ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlari tufayli samarasiz bo‘lib chiqsa, monitoring buni ko‘rsatishi kerak;
buning natijasida amaldagi ahvol yaxshilanishini ta‘minlay oladigan o‘zgarishlar ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu dastlabki qaror bekor qilinishini anglatmaydi. Afsuski, biz o‘tmishni o‘zgartira olmaymiz, biroq ko‘pincha samarasiz qaror qabul qilish salbiy ta‘sirini cheklaydigan choralar ko‘rishimiz mumkin. Masalan, faraz qilaylik, muayyan kompaniya plastmassali dekorativ o‘rdakchalar ishlab chiqarish uchun uskuna sotib olishga qaror qildi, chunki kompaniyaga ushbu bozor yana besh yil mobaynida jozibali bo‘ladigandek tuyulardi. Uskuna sotib olingandan va mahsulot bozorga chiqarilgandan so‘ng bir yil o‘tgach plastik o‘rdakchalarga talab deyarli mavjud emasligi ma‘lum bo‘ldi. Firma rahbariyati bu to‘g‘risida xabardor bo‘lsada, bir yil oldin qabul qilingan mazkur loyihada ishtirok etish to‘g‘risidagi qarorni o‘zgartirolmaydi, biroq mablag‘larning keraksiz sarflanishini to‘xtatish uchun ushbu mahsulot ishlab chiqarilishini zudlik bilan rad qilishi mumkin va maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Amaliyotda moliyaviy qarorlarni monitoring qilish jarayonining katta qismi buxgalteriya hisobi tizimi yordamida, shu jumladan byudjet nazoratining kundalik tartibotlari orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 68,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin