Mavzu: Mulkchilik shaklllari o’zgarishining yo’llari va usullari



Yüklə 56 Kb.
səhifə1/4
tarix12.07.2023
ölçüsü56 Kb.
#136434
  1   2   3   4
Iqtisod

Mavzu: Mulkchilik shaklllari o’zgarishining yo’llari va usullari

Reja:

  1. Mulkchilik munosabatlarining tarkibiy tuzilishi.

  2. Mulkning iqtisodiy mazmuni va mulkka egalik qilish huquqi

  3. Mulk mazmunining talqinlari


















Insoniyat sivilizatsiyasi, iqtisodiy tizimlar taraqqiyotida, tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat taqsimoti bilan bir qatorda, mulk hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ammo mulk o‘z borlig‘ining qo‘shaloq usuliga – iqtisodiy va huquqiy usullariga ega. Mulkning iqtisodiy va huquqiy munosabatlari bir-biri bilan mustahkam bog‘langan, ular bir-birini taqozo etadi. Mulkning huquqiy munosabatlari iqtisodiy munosabatlarning qonunlardagi va me’yoriy hujjatlardagi ifodasi, mavjudligi va mustahkamlanishining shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, mulkiy huquq mulk iqtisodiy munosabatlarining ham muqaddimasi, ham natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muqaddimasi sifatida u iqtisodiy munosabatlarga kirishayotgan xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida huquqiy oraliq mavjudligi uni hisobga olish lozimligi bilan namoyon bo‘ladi. Bu huquqiy oraliq ma’lum darajada ular o‘zlarini qanday tutishi kerakligini taqozo etadi.
Sub’ektlar xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishar ekan, qonunlarda mustahkamlangan mulkiy huquqlarni yodda tutishilari lozim. Shu bilan bir qatorda, mulkiy huquq fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot hamda boshqa omillar ta’siri ostida chindan ham ob’ektiv ravishda o‘zgarib turuvchi iqtisodiy munosabatlarni mensimasligi mumkin emas. Mazkur munosabatlar o‘z taraqqiyotining u yoki bu bosqichlarida huquq doirasidan tashqari chiqishga majbur bo‘ladilar. Huquq o‘zgargan vaziyatni o‘zida aks ettirmayotgan va iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lib qolgan hollar shular jumlasidandir.
Misol qidirib uzoqqa borib o‘tirmaylik. Bir necha yil muqaddam tovar olib sotganingiz uchun sizni chayqovchi sifatida javobgarlikka tortishlari mumkin edi. Mazkur misolda o‘ziniki qilib olish kabi iqtisodiy munosabatning mulkiy huquq bilan ziddiyatga kirishishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Zero, qonun ne’matining faqat undan foydalanish maqsadidagina mulk sifatida qo‘lga kiritilish ehtimolini tavsiya etar va qayta sotish yo‘li bilan mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga berilishini taqiqlar edi. Ammo odamlar qonun bilan mustahkamlangan huquqiy me’yorlarni mensimay, vujudga kelgan ob’ektiv iqtisodiy munosabatlardan va o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, u yoki bu tovarni olib sotishdan tushgan daromadning o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymoqdalar. Hozir amalda bo‘lgan qonunchilik olib-sotish hollarini qonuniylashtirdi va shunday qilib, o‘zlashtirishning mazkur ko‘rinishiga ruxsat beruvchi huquqiy me’yorni yuridik jihatdan mustahkamladi.
Shunday qilib, mulk shu so‘zning iqtisodiy ma’nosida u yoki bu ne’matning o‘zlashtirilishi amalga oshadigan ishlab chiqarish, taqsimot, almashish va iste’mol jarayonida odamlar o‘rtasida ob’ektiv ravishda tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, mulk sifatida o‘z ishchi kuchiga ega bo‘lgan bir kishi yollanma munosabatlarga kirishar ekan, ish haqini o‘zlashtiradi va shu yo‘l bilan mulkning iqtisodiy munosabatini amalga oshiradi. Kapital mulkning egasi bo‘lgan korxona boshlig‘i daromadni o‘ziniki qilib oladi. Yer egasi yerni ijaraga berish bilan rentani o‘zlashtiradi. Sarmoyador qarz berib, qarz ustiga qo‘yilgan foizni qo‘lga kiritadi. Shunday qilib, har bir mulk egasi boshqa mulk egasi bilan xo‘jalik munosabatlariga kirishib, o‘z mulkiga egalikni ma’lum iqtisodiy ko‘rinishda: ish haqi, foyda, renta, foiz ko‘rinishida, ya’ni daromadning u yoki bu shaklida amalga oshiradi. Pirovard natijada, ana shu daromadlarni ne’matlarning u yoki bu ko‘rinishida moddiylashtirish oqibatida, har bir sub’ektning o‘z mulkini ko‘paytirib borishi sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari, zeb-ziynat buyumlari, san’at asarlari, aqliy va ma’naviy rivojlanish ne’matlari shular jumlasidandir.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin