Mavzu: O'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi va istiqbollari Reja



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə1/10
tarix24.10.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#160204
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O\'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi


Mavzu: O'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi va istiqbollari
Reja:
Kirish…………………………………………………………………..1

1.

Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga xos xususiyatlari……………………………………2

2.

Qishloq xo`jaligining iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati..3

3.

Shirkat xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari…..10

4.

Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari……17

5.

Dehqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari…..27
Xulosa………………………………………………………………….36
Foydalangan adabiyotlar……………………………………………37

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini qishloq xo`jaligi tashkil etadi. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlar aynan qishloq xo`jaligi bilan bog`langan. Ularning ayrimlari qishloq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarib, yetkazib bersa, boshqalri qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tayyorlaydi, ularni qayta ishlaydi va tayyor mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazib beradi. Ko`plab sohalar esa shu tarmoqlarning bir me`yorda ishlashi uchun xizmatlar ko`rsatadilar.
Kurs ishining maqsadi: Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo`jaligi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo`jaligini farqlab turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o`z talablarini qo`yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo`jaligi tabiiy omillarning ta`siri katta. Ular ishlab chiqarishning mavsumiyligidan kelib chiqaradi. Bu esa, ishlab chiqarishni tashkil etishda mavjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni hisobga olishni talab etadi. Qish oylarida aholining vaqtinchalik bekor qolishi ayrim ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu masalalar olimlar, mutaxassis va ishbilarmonlar oldiga qator vazifalarni qo`yadi.
2. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o`z navbvatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko`p jixatdan o`simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bog`liq.
3. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi.



Yüklə 187,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin