Mavzu: O'zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish jarayoni Reja: Kirish 1



Yüklə 18,02 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü18,02 Kb.
#163488
  1   2   3
Mavzu O\'zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarig-fayllar.org


Mavzu: O'zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish jarayoni Reja: Kirish 1

Mavzu:O'zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish jarayoni
Reja:
Kirish
1.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishning maqsadi va sabablari.
2.MHXS ga o’tish muammolari va uning milliy standart bilan farqi.
Xulosa


KIRISH
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobi, xususan moliyaviy hisob va hisobot axborotidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi moliyaviy hisob va hisobot tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Moliyaviy hisob va hisobot fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanib, buxgalteriya hisobining tarkibidir.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni egallashga intilayotgan, qiziquvchan, fidoiy, pragmatik hamda zukko talabalar uchun zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik yaratish lozim. Ushbu darslik oliy ta’limning iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavriat, magistratura talabalari, tegishli ixtisoslik kollejlari o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.


1.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishning maqsadi va sabablari.
Xuddi ingliz tili umumjahon tili bo’lganidek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) – bu umumjahon biznesining tilidir. Mazkur standartlar kompaniyalar o’zlarining moliyaviy holatlari to’g’risida hisobotni qanday tarzda tayyorlashini belgilaydi. Ushbu standartlarga asoslangan hisobotni butun dunyoda tushunishadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021- yil 1-yanvardan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritilishini tashkil etdi va 2021- yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlay boshlashdi. Korxonalarning buxgalteriya hisobotini tayyorlashda xalqaro standartlar bo’lmasa, bu bir necha farqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, biron bir «SAMO textile» xitoylik «Shin Jin Company»dan uskuna buyurtma qildi. «Shin Jin Company» ushbu uskunani logistika kompaniyasi orqali yuklab yo’lga chiqardi va o’zining moliyaviy hisobotida uskunani sotganligi haqida ma'lumotni ko’rsatdi hamda uskunani tashkilot balansidan chiqardi. Ammo uskuna yo’lda bo’lganligi va xaridor uni hali olmaganligi sababli «SAMO textile» moliyaviy hisobotida ushbu uskunani sotib olganligi haqida ma'lumotni ko’rsatmaydi va balansiga kirim qilmaydi. Natijada, global iqtisodiyotda ushbu uskuna yo’qolib qolishi mumkin. Aynan shu muammo hozir O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda ham dolzarb sanaladi. MHXS ga o’tish bir tomondan iqtisodiyotga nafi tegadi, ya’ni xalqaro moliya tashkilotlari hisoblangan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarni kengaytirib, iqtisodiyotga chet el investitsiyasini jalb etadi, mamlakatning investitsiyaviy muhitini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda hisob ishlarini xalqaro darajaga ko’tarishda MHXS muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan esa aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarning bu boradagi ish hajmining va mablag’lar sarflanishining oshishiga olib keladi. Investitsiyalarni jalb qilish nuqtai nazaridan MHXS lari asosida hisob yuritishdan davlat manfaatdor; o’z mablag’larining sarflanishi ustidan nazorat olib borishi, to’g’ri va ob’yektiv, shaffof ma’lumotlarga hech qanday qo’shimcha xarajatlarsiz ega bo’lishidan investor va ta’sischilar manfaatdor, aks holda ular yana qo’shimcha mablag’ sarflab hisobotlarni transformasiya qildirish xarajatlarini amalga oshirishiga to’g’ri keladi. Va nihoyat, MHXSlari asosida tuzilgan hisobot malumotlaridan foydalanish korxona boshqaruvida ob'yektiv menejmentlik qarorlarini, strategik rejalar qabul qilinishiga muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga quyidagi ta’riflar keltirilgan: “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS) bu - keng tarqalgan mafaatdor foydalanuvchilar uchun foydali bo’lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashga umumiy yondashuvni belgilaydigan umumiy qabul qilingan talablar, prinsiplar, qoidalar va protseduralar tizimidir”. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – bu moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti fanining alohida tarmog’i bo’lib, moliyaviy hisobotning konseptual asoslari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari zaruriyati, ishlab chiqilishi, ularning mazmuni, interpritasiyasi va qo'llanilishining metodologik masalalarini o’rganuvchi qismidir”. Istiqboldagi xorijiy investor O’zbekiston tashkilotlari tayyorlagan hisobotlarni tushunmaydi va shu sabab raqamlar to’g’ri aks ettirilganiga ishonmaydi. Hisobotlarni MHXSga o’girib, auditdan o’tkazish esa ko’p mashaqqat, vaqt va xarajat talab qilishi mumkin. Masalan, O’zbekistonda Coca-Cola zavodidagi davlat ulushini sotish uchun tanlov asosida – Rothschild & Co investitsiya banki (moliyaviy maslahatchi), Dentons yuridik firmasi (yuridik maslahatchi), shuningdek, KPMG (moliyaviy va soliq hisobotlarini tuzish, shuningdek, kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash) kabi yetakchi xalqaro maslahatchilar jalb qilindi. O’zbekiston oldin ham MHXSga o’tishga harakat qilgan. Aksiyadorlik jamiyatlari va banklar amalda MHXSga asoslangan moliyaviy hisobotni taqdim etishi kerak edi. Afsuski, ushbu hisobotlar ko’pincha xalqaro auditorlik tashkilotlari yordamida tayyorlangan, chunki tashkilotlar o’zi tayyorlagan hisobotlar sifati qoniqarli bo’lmagan. Bu safargi jarayon farqli bo’ladi: Birinchidan, MHXSga o’tish keng qamrovli bo’ladi. Barcha aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchi tashkilotlar (shu jumladan, xususiy tashkilotlar) 2021-yil 1 yanvardan boshlab MHXSga o’tishi belgilangan. Bu davlatdagi eng yirik 500dan ortiq tashkilotlarni qoplab oladi. Ikkinchidan, MHXSga o’tgan tashkilotlar uchun milliy standartlar asosidagi buxgalteriya hisobi bekor qilinadi. Demak, tashkilotlar uchun MHXSga to’liq o’tishdan boshqa yo’l qolmaydi. Uchinchidan,2021-yildan buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo’yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan biriga ega buxgalterlarni qayta o’qitish boshlandi. To‟rtinchidan,O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan boshlab, ushbu bandda ko’rsatilmagan davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o’tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilishni boshladi. MHXS ga o’tishda quyidagi muammolar yuzaga keladi:
•Amalda bo’lgan hisob yuritishga oid me’yoriy –huquqiy hujjatlarning o’zgarishi;
•MHXS ga o’tishda yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi;
•MHXSni o’zbek tilida o’rganish uchun sifatli o’quv-qo’llanma kitoblar yo’qligi;
•Kadrlarning xorijiy til(ingliz, rus tili)ni bilmasligi;
•MHXS va BHXS lari asosida parallel hisob yuritish ham, hisobotlarni MHXS asosida transformasiya qilishda ham xarajatlarning yuqoriligi;
•Ma’lumotlarning to’liq va shaffof aks ettirishga rahbariyatning qarshiligi;
•MHXS lari asosida tuziladigan hisobot shakllarining tarmoqlar va sohalar bo’yicha aniq bir shakli(formasi)ning yo’qligi.
MHXS ga o’tishda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda quyidagilarni inobatga olish lozim:
•MHXS ga o’tishda kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun milliy sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;
•Korxona rahbarlariga MHXS asosida tuzilgan hisobotlar nafaqat investor va tashqi foydalanuvchilar uchun balki korxona boshqaruvida to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun ham muhimligini anglatish;
•Korxona rahbarlarida moliyaviy hisobotlarda haqiqiy va real ma’lumotlarni aks ettirishga bo’lgan qiziqishni orttirish.
«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori 2020 yil fevral oyida rasmiy matbuotda nashr etilgandi.
Unga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, buxgalteriya hisobi yuritilishini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab, moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashga o‘tadi.
Qarorda asosiy maqsad - xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, deb belgilangan.
Investorlar va boshqa moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar (masalan, davlat organlari, kasaba uyushmalari, biznes-sheriklar va h.k.) o‘zlarini qiziqtirgan tashkilot haqidagi ma'lumotdan manfaatdor bo‘ladi. Bu manfaat esa ularning iqtisodiy, investitsion va huquqiy qaror chiqarishlari zaruratidan kelib chiqadi.
Misol uchun, ular aksiyador kiritgan mablag‘lari qanchalik foyda keltirishi, biznes mulki qanchalik o‘sgani, qarzdorlik holati qanday ahvoldaligi kabi savollar bilan qiziqishlari tabiiy. Undan tashqari, salohiyatli investor biror biznesga mablag‘ kiritish yoki kiritmaslik haqidagi qarorini yaxshilab baholashga urinadi, bunda u tashkilotni ish yuritayotgan tarmoqdagi boshqa shirkatlar bilan solishtirib ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. Buning uchun mazkur tashkilotning iqtisodiy, mulkiy va moliyaviy holati va o‘tgan davr faoliyati natijalari haqidagi raqamli va tushuntirish matnlaridan iborat hisobotga zarurat tug‘iladi. Aynan shu zaruratni ta'minlash maqsadida, markazi Londonda joylashgan Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlar kengashi ushbu hisobot andozalarini ishlab chiqqan.
Hisobot standartlari moliyaviy ma'lumotlarga oid axborotni qanday mezonlarga ko‘ra tan olish, ularni baholash, tasniflash, ifodalash haqidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba'zilarini aytib o‘tamiz: MHXS (IAS) «Moliyaviy hisobot ko‘rinishlari», MHXS (IAS) «Zaxiralar», MHXS (IAS) «Asosiy vositalar», MHXS (IFRS) «Xaridorlar shartnomalaridan olingan savdo tushumlari», MHXS (IFRS) «Ijara», MHXS (IAS) «Qishloq xo‘jaligi», MHXS (IFRS) «Moliyaviy instrumentlar» va boshqalar.
Standartlarning to‘liq matnlari va ularning rasmiy talqinlari Kengash saytida e'lon qilib boriladi. Ushbu saytda standartlarning jahonning deyarli barcha tillaridagi tarjimalari bor, jumladan, ba'zi standartlarning o‘zbek tilidagi tarjimasini ham topish mumkin.


Yüklə 18,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin