Pul aylanmasi – bu pullarning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlarning yig‘indisidir.
Pul aylanmasi – bu pullarning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlarning yig‘indisidir.
Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud.
Pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud.
To‘lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha.
To‘lov aylanmasi - bu pul shaklidagi mablag‘larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarning yig‘indisidir.
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
• Obligatsiyalar – o‘z egasiga qat’iy belgilangan foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz.
• Depozit sertifikatlar –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz.
• Jamg‘arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz.