Reja:
Stanokning kinematik sxemasi. Kinematik sxemalarda qo'llaniladigan shartli belgilar.
Stanoklar yuritmalarining tasnifi.
Yuritmalarning asosiy (namunaviy) mexanizmlari.
Pog’onali yuritmalarning kinematik hisobi. Struktura setkasi va aylanish chastotalarining grafiklari.
1.Stanokning kinematik sxemasi. Kinematik sxemalarda qo'llaniladigan
shartli belgilar
Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayotgan alohida elementlar va mexanizmlarning o'zaro bog’lanishini ifodalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Kinematik sxemalarni chizishda ГОСТ 2. 770-68 bo'yicha qabul qilingan shartli belgilardan foydalaniladi. Kinematik sxema ayrim kinematik zanjirlardan tashkil topadi. Stanokning kinematik zanjiri deb harakatni boshlang’ich zvenodan oxirgi zveno (masalan, elektr dvigateldan shpindel)ga uzatishni ta'minlovchi qator (tasmali, tishli, reykali, vintli, zanjirli, chervyakli) uzatmalar to'plamiga aytiladi. Harakatni bir ele-mentdan ikkinchi element (masalan, valdan val)ga yoki harakatni bir turdan ikkinchi tur (masalan, aylanma harakatni to'g’ri chiziqli harakat)ga aylantirib beruvchi mexanizm uzatma deyiladi. Harakatni uzatuvchi element yetaklovchi, harakatni qabul qiluvchi element esa yetaklanuvchi deb ataladi. Yetaklanuvchi val aylanish chastotasi nvd ning yetaklovchi val aylanish chastotasi nvsh ga nisbatiga uzatish nis0bati deyiladi:
i= nvd /nvsh
Kinematik zanjirlar doimiy o'zaro bog’langan elementlardan tashkil topgan yoki alMashinuvchi elementlarga ega bo'lishi mumkin. AlMashi-nuvchi elementlar ko'pincha tishli g’ildiraklar, disk yoki baraban shaklidagi kulachoklar, shkivlardan iborat bo'ladi. AlMashinuvchi o'zaro bog’langan elementlar guruhi sozlash uzeli deb ataladi. Kinematik zanjirning tishli g’ildiraklardan to`zilgan sozlash uzeli gitara deb ataladi. Gitaralar bir, ikki va uch juftli bo'lib, ko'proq ikki juftligi uchraydi.
Kinematik zanjir oxirgi zvenolarining hisoblangan surilishlarini bog’lovchi tenglamalar kinematik zanjir balansi deb ataladi.
Bu tenglama asosida sozlash uzelining uzatish nisbati aniqlanadi.
Mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik, pnevmatik va elektrik uzatish qurilmalariga ega bo'lgan stanoklar uchun shuningdek gidravlik, pnevmatik, elektrik va boshqa sxemalar ham to`ziladi.
Dostları ilə paylaş: |