Mavzu: Qish (T. Adashboyev). Sana: Darsning maqsadi: ta`limiy



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/3
tarix15.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#155945
  1   2   3
1-sinf o\'qish ochiq dars ishlanmmasi



Mavzu: Qish (T. Adashboyev).
Sana:
Darsning maqsadi:
ta`limiy: O'quvchilarning ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish. Yil fasllari haqida, qishda tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar haqida ma'lumot berish.Har bir faslning o`z xislati borligini, shuningdek qish faslining ham o`z xislatlari borligini tushuntirish.
tarbiyaviy: Qishning ko`rki qor bilan ko`rkamligini tushuntirish.
rivojlantiruvchi: Mustaqil o`qishga va hikoya qilib berishga o`rgatib borish.


O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK4 - maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish. TK5 - milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish. FK1-hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi;
Dars shakli: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi. Badiiy, ifodali o'qish. “Qorbobo”
Darsning jihozlari: Qish tasvirlangan rasm-plakatlar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uy ishini tekshirish

4 daqiqa

3

Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish

2 daqiqa

4

Yangi mavzuni yoritish

14 daqiqa

5

Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni

10 daqiqa

6

O’rtog’ingni tekshir bellashuvi

10 daqiqa

7

Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash

2 daqiqa

8

Uyga vazifa

1 daqiqa

9

Jami

45 daqiqa



I.Tashkiliy qism : Salomlashish, davomotni aniqlash, sinf tozaligini tekshirish, navbatchi ishini baholash.
O’qituvchi: Hamma quvnoq sog’lommi?
Darsimizga tayyormi?
O’quvchilar: -- Bizlar quvnoq sog’lommiz
Darsingizga tayyormiz.
O’qish kitobi ochildi.
Ko’z nurlari sochildi.
O’qish kitobi bizni
Yetaklar o’g’il qizni.
Yetaklar bilim sari
Nurli kelajak sari.


O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir,
O’tib olsak sinovdan
Bu hammaga yaxshidir.
Qani, ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi
Bugungi kun hisobin
Menga aytib beradi?
Navbatchi: Menman bugun navbatchi
Sinfni tozalovchi
O’quvchilar haqida
Ma’lumotlar beruvchi.
1-“a” sinfmiz
Qiz bolalar—15 ta
O’g’illar ham—15 ta
Barchalari kelishgan
Darsga tayyor bo’lishgan.
O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga?
Qani aytingchi menga?
O’quvchilar: Sizga, bizga, hammaga,
Yoqar ushbu darsimiz.
Chunki kitob o’qishga
Havas uyg’otgan o’zingiz.
II.O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash: Bolajonlar bu yili qorbobo yasaydigan qor yog’madi lekin sizlar hafa bo’lmang bugungi darsda o’z bilimimiz orqali aplikatsiya usulida qorbobo yasaymiz. Bunda sizlarga savol beriladi har bir to’g’ri javobga bitta shakli beriladi.

  1. Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. “Vatan –bu …” she’rini yoddan aytib bering.

  3. “Yurt qalqonlari” kimlar va ular nima qiladilar?

  4. Kabutar nega podsho qafasidan qochib ketdi?



III . Yangi mavzuning bayoni.
Bolajonlar sinf doskasiga diqqat qilamiz va nimalarni ko’ryabsiz?

  • Raqamlar. Barakalla. Shu raqamlarga yashiringan so’zni topamiz.

16, 8, 27. “Qish”
Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.
“Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1962 yilda chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatogʻ ‒ lolatogʻ” (1978), “Guldesta” (qirgʻiz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xoʻtikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirgʻiz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qoʻsh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolgʻondan bir yolgʻon”, “Gʻoz karnaychi boʻlmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining toʻldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qoʻsh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirgʻiz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum sheʼrlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirgʻiz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirgʻiz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirgʻiz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solniʼshko na listyax” (1990), “Gʻaroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab oʻtish joiz.
Shoir “Oʻzbek bolalar adabiyoti antologiyasi” (Sheʼriyat, 1-jild, 1995) va mazkur kitobning rus tilidagi “Pro solnse jarkoye rasskaz, Pro nashu zemlyu i pro nas” (Poeziya, 2007) nashrlariga muharrirlik qildi.
Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “Toʻrgʻay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Togʻlar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jongʻoziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Doʻppili toʻrgʻay” (1988), Nurmoʻldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Doʻxtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin doʻmbogʻim”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Choʻqintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani oʻrganadi” (1996), V. Kulikovning toʻrt kitobdan iborat rasmli sheʼriy toʻplamlari (2006) va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirib, chop ettirdi.
Tursunboy Adashboyev sheʼrlarining qahramonlari quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida boʻlgan aqlli bolalardir.
Kichkintoylarga qisqa va loʻnda yozish, qissadan hissa chiqarish shoir ijodining muhim fazilatlaridan biridir.
Tursunboy Adashboyev oʻzbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun 2001 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. U, shuningdek, oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi” unvoni va “Manas” ordeni bilan ham mukofotlangan.
Bolalar shoiri Tursunboy Adashboyev haqida suhbat.
Tursunboy Adashboyev Qirg'izistonda tavallud topgan. U bolalarga atab juda ko'plab she'rlar yozgan. Biz bugun shoirning "Qish" she'rini o'qishni o'rganamiz.
O'qituvchi "Qish" she'rini ifodali qilib o'qib beradi. She'rning mazmuni ustida ishlanadi.







Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin