Mavzu: Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə1/8
tarix06.12.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#72668
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash


Mavzu: Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………….3
I BOB. Mikroprotsessorlar haqida
1.1. Mikroprotsessor tuzilmasi………………………………………………..4
1.2.Mikroprotsessor registrlari………………………………………………...8
1.3.Mikroprotsessorli tizimlar,ularning arxitekturasi………………………..10
II BOB. Raqamli qurilmalarning evolyutsiyasi
2.1. Raqamli texnika haqida……………………………………………………12
2.2. Mantiqiy qurilmalar asosida loyihalash…………………………………..14
2.3.Laboratoriya ishlarini virtual dasturlar yordamida bajarish ahamiyati…..19
III BOB. Dasturiy qism
3.1. “4 dan 1 ga“ multipleksorning Ewb dasturidagi sxemasi………………..22
3.2. “3 dan 8 ga “ deshiratorning Ewb dasturidagi sxemasi…………………..23
3.3. “10 dan 4ga” shifratorning Ewb dasturidagi sxemasi…………………..26
Xulosa…………………………………………………………………………..31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32
Kirish
Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlansih darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika mahsulotlarining ularda qo’llanilish darajasiga bog’liq.Birinchi integral mikrosxemalar 1958-yilda yaratildi.IMSlarning hajmi kichkina, og’irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchligi yuqori bo’lib, hozirgi kunda ular uch konstruktiv texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali,yarimo’tkizgichli ba gibrid.
XXI asr bo’sag’asida O’zbekistonda axborot kommunikatsion texnologiyalari barcha yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda. Hozirgi davrda hisoblash texnikasining eng yuqori pog’onasini egallab turgan kompyuterlar juda tez odimlar bilan rivojlanmoqda. Hisoblash texnologiya nazariyasi va ularning element bazasi juda tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Buni hozir rivojlanayotgan nanotexnolgiya jarayoni bilan taqqsoslash lozimdir. Nanotexnologiya asosida quriladigan boshqarish qurilmalari mavjud texnologiyalarni loyihalash va qurish jarayonlarini amalga oshirish usullari orqali amalga oshirilishi mumkindir.Shuning uchun mikroprotsessorlar fanining salohiyati boshqa fanlarga qaraganda o’zining tezkor o’zgarishi bilan farqlanadi.
Mikroprotsessor elektron tizimning bir qismi bo’lib, kirish va chiqarish signallarini qayta ishlash qurilmasi sifatida qubul qilingan. Kiritish va chiqarish signallari sifatida analog signallar, raqamli signallar, raqamli kodlar, raqamli kodlar ketma-ketligi qabul qilingan. Tizim ichida ma’lumotlar yoki signallar saqlanadi. Agar tizim raqamli bo’lsa, analog signallar analog – raqam o’zgartirish qurilmalari asosida raqamli signallarga o’zgartiriladi yoki aksi. Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash raqamli ko’rinishda bo’ladi.Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash sxemotexnik tizimlarga bog’liq. Har qanday tizim maxsus bir vazifani yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Mikroprotsessor tizimlari asosini tashkil qiladigan asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: Elektron tizim- har qanday electron uzel bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlovchi blok, jihoz yoki kompleksdir. Masala – electron tizimga bog’liq bo’lgan funksiyalar to’plami. Tezkorlik – electron tizim funksiyalarining bajarilish tezligi ko’rsatkichi.Moslashuvchanlik –tizimning turli masalalarga moslashuvchanligi.Interfeys – mantiqiy va konstruktiv qurilmalararo ma’lumot almashish moslashmasi.Virtual oraliqda raqamli qurilmalarning mikroprotsessor bilan birgalikdagi loyihalash ishlarini ko’rib chiqamiz.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin