Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasi Reja



Yüklə 188,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü188,43 Kb.
#46294
  1   2   3   4   5   6
1-amaliy mashgulot (2)



Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasi  

Reja: 

1.  Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari 

2. Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari 

3. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari 



 

Sinfdan tashqari o‘qish o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi.

 

Sinfdan tashqari 



o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:  

Birinchi  bosqichda  o‘qish  doirasi,  ya’ni  o‘qitiladigan  kitoblar  va  ularni  qaysi 

tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.  

Ikkinchi  bosqichda  shu  o‘quv  materiallar  asosida  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar 

shakllantiriladi.  O‘quvchilar  kitob  va  ularning  mualliflari  haqidagi  bilimlarni  bevosita 

amaliy  faoliyatlari,  ya’ni  kitob  ustida  ishlash  jarayonida  egallaydilar.  O‘quvchilar 

o‘qituvchi rahbarligi ostida avval  mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa,  keyinroq 

bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, 

ruhiyatlariga  yaqin  har  xil  mualliflarning  bir  mavzuga  doir  kitoblarini  mustaqil  tanlab 

olishga o‘tadilar. 

O‘quvchilar  milliy  va  jahon  adabiyotlarini  o‘qib,  tahlil  qilish  asosida  ezgulik  va 

yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch 

kelishadi.  Ularga  ongli  munosabat  bildirish  hamda  o‘zlaridagi  axloqiy-ma’naviy 

fazilatlarning  shakllanishi  va  rivojlanishiga  zamin  yaratadi.  Mutolaa  o‘quvchilarning 

og‘zaki  hamda  yozma  nutqlari rivojlanadi. Bolaning  matn  mazmunini to‘liq uqib  olishi 

qayta  hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar  nutqini eshitib, tushunib  olishi  malakalari hosil 

qilinadi. 

1-4-sinflarda  “Konstitutsiya  alifbosi”,  “Dinlar  tarixidan  umumiy  tushunchalar”, 

“Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik saboqlari” kabi fanlarning 

sodda  elementlari  o‘qish  fani  mazmuniga,  ya’ni  mavzular  kesimida  singdirib  o‘qitilishi 

ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-tajriba va sinov mashqlarida kundalik faoliyatda 

shaxsiy,  oilaviy  va  iqtisodiy  vaziyatlarga,  jumladan,  tejamkorlikka,  mehnatni 

yengillashtirish  va  samaradorligini  oshirishga,  savdo-sotiq  bilan  bog‘liq  hamda  sodda 

algoritmlarni  kundalik  vaziyatlarda  qo‘llay  olishga  bog‘liq  bo‘lgan  masalalar  yechilishi 

lozim.  Dasturda  fanni  chuqurlashtirilib  o‘qitiladigan  2-3-4-sinflar  (A1+)  uchun 

mavzularga ajratilgan soatlar va kompetensiya elementlari alohida ko‘rsatilgan. 

Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  tayanch  va  fanga  oid  adabiy-nutqiy  va  badiiy 

asarlarni  tahlil  qilish  kompetensiyalarning  shakllantirilishi  ham  belgilab  berilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasida  ta’limning  uzluksizligi,  uzviyligi,  o‘quvchi  shaxsi  va 

qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘qish 

fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi

Maktab  o’quvchini  o’qish  malakasi  bilan  qurollantirish  bilan  bir  qatorda  kitobni 



mustaqil  o’qiy  oladigan,  uni  tushunadigan,  ma'lum  bir  mavzuga  oid  kitoblarni  tanlay 

oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu 

jihatdan  sinfdan  tashqari  o’qish (STO’)  tarbiyaning  asosiy quroli  sifatida  xizmat  qiladi, 

ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. 

STO’ning  maqsadi  o’qish  malakalarini  takomillashtirish,  kitob  tanlay  oladigan, 

muntazam  kitob  o’qiydigan,  o’qilgan  kitobni  to’g’ri  baholay  oladigan  ongli  kitobxonni 

tarbiyalashdir. 



Maktablarda 1959yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. STO’ darslari 

1—2sinfda  haftada  1  marta,  3—4sinfda  2  haftada  1  marta  o’tkaziladi.  Savod  o’rgatish 

jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi. 

Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda 

tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun 

o’quvchilarda  kitobxonlik  madaniyatini  tarbiyalash,  ularni  oddiy  kitobxondan  ijodkor 

kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. o’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir 

bolaga  yakka  tartibda  yondashish,  Shaxsiy  qiziqishlarini  hisobga  olish  zaair.  Bolalarda 

kitob  ustida  ishlash  malakasini  shakllantif  ish  ularda  kitobxonlik  madaniyatini 

tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. 

Badiiy  va  ilmiyommabop  asarlar  mustaqil  ravishda  va  izchil  o’qib  borilsagina, 

o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi. 

Sinfdan  tashqari  o’qish  tanish  bo’lmagan  mualliflarning  kitoblari  muqovasi,  titul 

varag’i,  kirish  so’zi,  mundarijasi  va  suratlariga  qarab  asarning  taxminiy  mazraunini 

aniqlashga o’rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. 

Sinfdan  tashqari  o’qish  darslarining  asosiy  vazifasi  o’quvchida  badiiy  kitoblarni 

o’qishga  havas  uyg’otish, o’qigan  kitoblari  yuzasidan  kundalik  yurita olishga o’rgatish, 

bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish 

hisoblanadi. 

Bolalarda  ezgulikka  muhabbat,  yovuzlikka  nafrat  uyg’otish,  ularning  bog’lanishli 

nutqini o’stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining 

ham tub mohiyatini tashkil etadi. 

STO’  darslarining  muhim  vazifalaridan  biri  mustaqil  o’qish  malakalarini 


Yüklə 188,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin