MAVZU Tabiatshunoslik oʻqtish metodikasining rivojlanish tarixi R e j a : 1.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining yaratilish tarixi. 2.Tabiatshunoslik metodikasining rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar. 3.Tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyolik olimlarning xizmatlari (Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Dinavariy va boshqalar misolida). 4.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining O’zbekistonda rivojlantirilishi (Qori Niyoziy, Belskaya, Grigoryans ishlari). Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi tabiatshunoslikning o’quv fani sifatida rivojlanishi bilan bog’liq holda o’zining tarixiga ega. Birinchi metodist deb, F. Zuyevni (1754-1794) hisoblash mumkin, u xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o’kituvchilar seminarida ma’ruzalar o’qidi. 1786 yili F. Zuyev “Tabiiyot tarixining ko’rgazmalari” nomli darslikni nashr qildi unda tabiiyotni o’rganish izchilligi; qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o’simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko’rsatilgan. Bu darslik o’quv predmeti sifatida tabiiyotga asos soldi. 1917 yildayoq A.Ya.Gerdning “Boshlang’ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot” nomli kitobi nashr etildi, unda muallif tabiiyotni boshlang’ich maktabda maxsus fan sifatida o’qitish zarurligini isbot qildi. Masalani bunday qo’yilishi tabiiyot bo’yicha tezda yangi dastur tuzishni talab qildi. 1919 yili tabiiyot bo’yicha taxminiy dastur tuzildi va tasdiqlandi. Unda ekskursiya va amaliy ishlarga katta e‘tibor berildi. Birinchisi, bolalarni odamlarning ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirishni, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi Ikkinchisida, tabiat bilan bevosita muloqotda uning bilan tanishtirish, tabiat ob‘ektlari va hodisalari to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda bo’lishni, tabiatdagi xulq-atvor madaniyatini tarbiyalash, tabiat muhofazasida baholi qudrat faoliyat tashkil qilinishi mo’ljallanadi