Mavzu: Termodinamikaning I va II qonunlari Reja: Termodinamikaning I qonuni termodinamikaning II qonuni



Yüklə 39,09 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü39,09 Kb.
#196713
  1   2   3
Anvar mustaqil ish issiqlik


Mavzu:Termodinamikaning I va II qonunlari
Reja:
1.Termodinamikaning I qonuni
2.termodinamikaning II qonuni
3.Xulosa

Koʻpgina quvvat stansiyalari va dvigatellar issiqlik energiyasini ishga aylantirish orqali ishlaydi. Buning sababi, qizdirilgan gaz mexanik turbinalar yoki porshenlarni harakatlantirib ish bajarishi mumkin. Termodinamikaning birinchi qonuni gazlar uchun energiyaning saqlanish qonunini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuniga koʻra, ΔU, U sistema ichki energiyasining oʻzgarishi sistemaga berilgan issiqlik miqdori Q va sistema ustida bajarilgan ish Wning yigʻindisiga teng. Formula shaklida termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha:


ΔU=Q+W,
Bu yerda ΔU, U – sistema ichki energiyasi U ning oʻzgarishi. Q – sistemaga uzatilgan umumiy issiqlik miqdori, yaʼni Q sistemaga uzatilgan barcha issiqlik miqdorlarining yigʻindisi. W– sistema ustida bajarilgan umumiy ish.
Demak, musbat issiqlik miqdori Q va musbat ish W sistemaga energiya beradi. Shuning uchun termodinamikaning birinchi qonuni  ΔU=Q+W. Uni shunchaki sistemaning ichki energiyasini sistemaga issiqlik uzatib yoki sistema ustida ish bajarib oshirish mumkin deb aytsa ham boʻladi.
Bu yerdagi har bir had (ΔU,Q,W)nimani bildiradi?
Hech qanday misol termodinamikaning birinchi qonunini qoʻzgʻaluvchan porshen ostiga qamalgan gaz (masalan, havo yoki geliy) misolida tushuntira olmaydi. Porshen vertikal harakatlanib, gazning siqilishi yoki kengayishiga imkoniyat beradi (lekin birorta ham gaz molekulasi idishni tark etmaydi). Porshen ostiga qamalgan gaz molekulalari “sistema”ni tashkil qiladi. Bu gaz molekulalari kinetik energiyaga ega. Sistemaning ichki energiyasi U sistemani tashkil etuvchi barcha molekulalarning individual kinetik energiyalari yigʻindisiga teng. Shunday qilib, agar gaz temperaturasi T ortsa, gaz molekulalari harakati tezlashadi va gazning ichki energiyasi U ortadi (bu esa  ΔU, U musbat ishorali boʻlishini bildiradi). Xuddi shunga oʻxshab, gaz temperaturasi T kamaysa, gaz molekulalari harakati sekinlashadi va gazning ichki energiyasi U kamayadi (bu esa  U manfiy ishorali boʻlishini bildiradi). Gaz molekulalarining tezligi oshganda ichki energiya U va harorat T ham oshishini esdan chiqarmaslik juda muhimdir, chunki ular bir xil narsani, yaʼni sistemada qancha energiya borligini oʻlchashning ikki xil usulidir. Harorat va ichki energiya toʻgʻri proporsional TU ekani bois agar ichki energiya ikki marta ortsa, harorat ham ikki marta ortadi. Xuddi shunga oʻxshab, agar harorat oʻzgarmasa, ichki energiya ham oʻzgarmaydi.
Gazning ichki energiyasi U ni (shuningdek, uning haroratini) oshirish usullaridan biri bu gazga Q issiqlik miqdorini uzatishdir. Biz buni konteynerni olov ustiga qoʻyish yoki qaynoq suvga botirish orqali amalga oshirishimiz mumkin. Keyin issiqlik miqdori yuqori haroratli muhitdan idishning devorlari orqali gazga oʻtadi, bu esa gaz molekulalarining tezroq harakatlanishiga olib keladi. Agar gaz tashqi muhitdan issiqlik qabul qilsa, Q musbat son boʻladi. Aksincha, gazdan issiqlik chiqarish orqali gazning ichki energiyasini kamaytirishimiz ham mumkin. Buni konteynerni muzli xonaga qoʻyish orqali amalga oshirishimiz mumkin. Agar gaz tashqi muhitga issiqlik chiqarsa, Q manfiy son boʻladi. Q issiqlik miqdorining holatlar boʻyicha ishorasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Porshen harakatlanishi mumkinligi sababli porshen pastga siljishi va gazni siqish orqali gaz ustida ish bajarishi mumkin. Pastga qarab harakatlanadigan porshenning gaz molekulalari bilan toʻqnashishi gaz molekulalarining tezroq harakatlanishiga olib keladi va bu umumiy ichki energiyani oshiradi. Agar gaz siqilgan boʻlsaWgaz ustida​, gaz ustida bajarilgan ish musbat son boʻladi. Aksincha, agar gaz kengayib, porshenni yuqoriga itarsa, bunda gaz ish bajaradi. Gaz molekulalarining yuqoriga koʻtariladigan porshen bilan toʻqnashishi gaz molekulalarining sekinlashishiga olib keladi va bu gazning ichki energiyasini kamaytiradi. Agar gaz kengaygan boʻlsa, gaz ustida bajarilgan ish Wgaz ustida manfiy boʻladi. W ishning holatlar boʻyicha ishorasi quyidagi jadvalda keltirilgan.

Quyidagi jadvalda har bir holat uchun ΔU,Q,W ning ishorasi keltirilgan.


Yüklə 39,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin