Reja: Tilning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar
Mavzu:Tilning paydo bólishi tóģrisidagi nazariyalar
Reja:
1. Tilning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar.
2.Tillarning shakllanishiga doir nazariyalar.
3.Sharq ilmida tilning shakllanishiga oid qarashlar.
4.Tillarning shakllanish omillari.
Tilning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar, tovushga taqlid nazariyasi, undovlar nazariyasi, mehnat hayqiriqlari nazariyasi, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, qabila tili, elat tili, xalq tili, milliy til.Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarni ifoda etadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Xalq qardosh qabilalar ittifoqi sifatida shakllangan murakkab tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til , umumiy hudud, madaniyat va ma’naviyat muhitining umumiyligidir. Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro farglanuvchi, yetakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi.Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi. Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir. Bu masala faqat tilshunoslikning emas, boshqa ko‘p fanlarning: antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til qachon va qayerda paydo bo‘lgan, dastlab nechta til bo‘lgan, u yoki bu tillar qanday tuzilishda bo‘lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan.Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarish sodir bo‘lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtayi nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir . Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv tilni o‘rganish, tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga to‘liq imkon bermaydi. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o‘z munosabatlarini, fikrlarini bildirib o‘tishgan.Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir - biriga zid ikki xil farazni o‘rtaga tashlashgan. Demokrit va boshqalar tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlari anomalistiar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlari "narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan" degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistiar deb nom olgan.
Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanish yo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim tillarning kelib chiqishini, masalan o‘zbek, rus, hind, tojik va boshqa tillarning qachon paydo bo‘lganini, qanday tarkib topganligini aniq bilish mumkin. Ammo biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini umuman tilning, insonlar nutqining paydo bolishi masalasi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Hozir dunyoda mavjud bo‘lgan jonli tillarning ham, ba’zi bir o‘lik tillarning ham kelib chiqish tarixini o‘rganish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarn ing qachon paydo bo‘lganligi, qachon tarkib topganligi aniqlangan. Biroq, yer yuzida umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganligi, dastlabki tillarda qanday so‘zlar bo‘lganligi, uning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal qilinishi ham mumkin emas. Chunki bundan bir necha yuz ming yillar burun paydo bo‘lib, keyinchalik nom-nishonsiz yo‘qolib ketgan tillar ham bo‘lgan.Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bo‘lgan tillarning fonetik tizimi, so‘z boyligi, grammatikasi va boshqa muayyan xususiyatlaridan qat’iy nazar, umuman tilning kelib chiqishi o‘rganilar ekan, eng avvalo, tilning kelib chiqishidagi shart-sharoitlarni tadqiq qilish, ya'ni insonlar qanday sharoitda so‘zlay boshlaganliklarini o‘rganish va bu masalani umuman tilning kelib chiqishi masalasi bilan bog‘lagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish lozim. Tilning kelib chiqishi masalasini aniqlashdagi qiyinchilik shundan iboratki, birinchidan, hozirgi til tarixi fani dunyoda umuman tilning qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida hech qanday dalillarga ega emas. Chunki hozir bizga malumki, tillarning yozuv tarixi 10 – 15 ming yildan oshmaydi. Olimlarning faraz qilishicha, inson bundan bir necha yuz ming yil avval so‘zlasha boshlagan. Ammo o‘sha davrdagi tillar to‘g‘risida hozirgi vaqtda hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuning uchun ham tilshunoslik fani bu masalani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish imkoniyatiga ega emas. Dunyoda eng avval paydo bo‘lgan tilning fonetik tuzilishi, so‘z boyligi qanday ekanligini, grammatik shakllari nimalardan iboratligini bilish mumkin emas.Til aloqa vositalarining hammasi ichida birinchisidir. Bu uning aloqa uchun xizmat qilishga ixtisoslashganligini bildiradi, ammo mushukning xirillagan ovozi-chi? Ko‘rib turganimizdek, bu kompleks hodisa va uni tushuntirib berish murakkab. Inson tilidagi so‘zlar qandaydir predmetni bildiradi, masalan, dunyodagi narsalar yoki hodisalar. So‘zlar asossiz. Belgining shakli bilan uning ma’nosi bog‘lanmagan. Nega kuchuk kuchuk deb ataladi? U hech qachon bizga ismini aytmagan. Kuchuk so‘zini ifodalovchi biror tovush yoki shu so‘zni ifodalashning boshqa yo‘li yo‘q. Vengerlarda kuchuk kutya deb ataladi. Ba’zi so‘zlar ularga o‘xshagan ovozlarni ifodalaydi. Ammo bu narsa barcha tillarda bir xil emas. Masalan, kuchuklar voov, voof yoki bov vov degan ovozlar chiqarishadi. Vengerlarda vau vau deyiladi. Tildagi nutq ovozlari tasodifiy to‘planadi garchi insonlarda ovoz hosil qiluvchi oraganlar umumiy bo‘lsa-da. Individual tillar bularning hammasidan foydalanmaydi. Masalan, ingliz tilida taxminan 40 ga yaqin ovozdan yoki fonemalardan foydalaniladi. Bular yozuvda asossiz tarzda ifodalaniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, [k] tovushini ifodalash uchun birdan ortiq harflardan foydalaniladi (k kite so‘zini ifodalashda yoki cut so‘zida c bilan) yoki ikki har xil tovush bo‘lgan [i] va [ai] bitta harf bilan ifodalaniladi ( dig so‘zida ham i; dine so‘zida ham i). Tovushlarning ayrim qarashlarda aytilganidek, so‘zlarga birlashishi ham asossiz, ammo tasodifiy emas. Bu hodisaning qanday sodir bo‘lishi tizimli chegaralangan. Fonemalar morfonemalarga birikishida texnik chegaralanadi deb ayta olishimiz mumkin. Biz taxi so‘zini taniy olamiz va bu ingliz yoki venger tilida txia tarzida kelmasligini oldindan ayta olamiz. Til qoliplangan va undan foydalanish prinsiplari mavjud garchi bu “qoidalar” ni ta’riflab berolmasa ham. Ingliz tilida ham, venger tilida ham so‘zlarning boshlanishi tx bilan nima sababdan boshlanmasligini ko‘rsatib beruvchi qoidani belgilab berishga qodirmizmi?Umuman, tilning qanday sharoitlarda paydo bo‘lishi masalasini ilmiy farazlarga asoslanib o‘rganish mumkin bo‘ladi. Tilshunoslik ilmi bir –biriga yaqin bo‘lgan psixologiya, fiziologiya, etnografiya, arxeologiya , tarix va shunga o‘xshah fanlarning dalillariga suyanib, tilning kelib chiqishi masalasiga yondashishi mumkin.Turli nutq tovushlarini biriktirib, so‘zlar hosil qilish va so‘zlar vositasida gap tuzib, istak va maqsadni ifodalash kishilik jamiyatining boshlang‘ich davrlarida yashagan odamlarni o‘ylantirib kelgan. Shuning uchun tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risida qadimgi kishilar turli rivoyatlarni to‘qiganlar. Bu rivoyatlarning ba’zilarida til ma’budlar, ba’zilarida Alloh tomonidan yarati lib, kishilarga taqdim qilinganligi, ayrimlarida esa tilni ajoyib bir donishmand yaratganligi talqin qilingan.Yuqorida ta’kidlanganidek, antik zamonlardan beri tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar yaratilgan. Antik faylasuflar tiln ing kelib chiqishini bir-biriga qarama – qarshi bo‘lgan ikki xil nazariya bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ba'zi faylasuflar til tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan, ya'ni so‘z va predmetlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy bog‘lanish bo‘lganligi uchun kishilar predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan, deb isbotlamoqchi bo‘lganlar. Ba'zi faylasuflar esa til kishilarning bir-biri bilan o‘zaro kelishishi natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaganlar. Ana shu bir biriga qarama-qarshi ikki nazariyaning o‘zaro kurashi natijasida yana bir qancha nazariyalar vujudga kelgan. Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar mavjud bolib, ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda. Bu nazariyalarning ba'zilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojj natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa, boshqalari ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi uchun, keyin boshqalar uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan, deb hisoblaydi. Shu tariqa tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar, nazariyalar, farazlar yaratildi. Ushbu nazariyalar tanqidiy tahlil asosida o‘rganilishi lozim. Bu nazariyalar asosan to‘rtta: ovozga taqlid nazariyasi kishilarning o‘z atrofidagi predmetlarning chiqargan ovoziga taqlid qilishi natijasida dastlabki so‘zlar, predmetlaming nomlari paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi. Bu nazariya qadimgi Yunonistonda asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq - chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘amalamlarini ifodalashgan: oh, ah, joy, ing kabi so‘zlar bunga misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi. Taniqli faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni quvvatlagan.Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday so‘zlarning miqdori shu qadar kamki, tildek murakkab hodisa ana shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan, deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo‘lar edi.Ma’lumki, tilning asosiy vazifasi kishilar orasida fikr almashinuvini ta’minlashdir. Binobarin, mazkur nazariyani qabul qilish tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichkikechinmalarni izhor qilish doimo ham jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi. Tilning yashashi va rivojlanishi esa jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda jamiyat bor. Demak, bu nazariya ham tilning kelib chiqishi masalasini to‘g‘ri yoritishga ojizlik qiladi.
Mehnat hayqiriqlari nazariyasi tarafdorlari tildagi barcha so‘zlar ibtidoiy kishilarning birgalashib mehnat qilish jarayonida mehnat qilishga undaydigan ixtiyorsiz qiyqirishlari natijasida paydo bo‘lgan, deb da’v o qiladilar.Bu nazariyani XIX asrning 70- yillarida fransuz faylasufi L. Nuare yaratdi. Uning qayd qilishicha, til instinktiv hayqiriqlardan paydo bo‘lgan. Nemis olimi Karl Byuxer ham ushbu nazariyani quvvatlaydi. Bu nazariya bir qarashda haqiqatga birmuncha yaqin nazariyadek ko‘rinsa ham, mantiq jihatdan asossizdir. Chunki mehnat qilishdagi qiyqiriqlar, hayqiriqlar mehnat jarayonidagi bir maromga, bir qolipga solish uchun bir vosita bo‘lgan, xolos. Uh , oh , voh , viq , oho, ehe kabi hayqiriqlar kishilar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lganligi ehtimol.
Mehnat hayqiriqlari undov nazariyasiga o‘xshab ketadi. Lekin bu nazariya ham tilning kelib chiqish sabablarini, tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bolishi, so‘zlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘lay olmaydi.
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Bu nazariya XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar ba'zida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan, ularning tilning kelib chigishi to‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Bu nazariyaga asosan, narsalarni qanday atashni odamlarning o‘zlari kelishib olishgan. Biror narsani nomlashda kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv vositasi, ya’ni til kerak bo‘ladi. Usbbu nazariya tilning paydo bo‘lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini yoritishi mumkin. Hozirgi vaqtga kelib u yoki bu fanga taalluqli atamalar yoki so‘zlar o‘zaro kelishib olinadi, lekin buning til shakllanishiga aloqasi yo‘q. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalarning hammasi ham tilning kelib chiqishi masalasini to‘g‘ri yoritishga ojizlik qiladi. Chunki bu nazariyalar tilning kelib chiqishi masalasini insoniyatning paydo bo‘lishi, dastlabki kishilar jamoasining vujudga kelishi masalasidan ajratib olgan holda qaraydi.Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko‘rmasin, u gapirmaydi. Chunki til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tmaydi, ya’ni uni irsiyatga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning biologik , antropologik xususiyatlari avloddan avlodga o‘tadi, lekin o‘zbek oilasida tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi deyish noto‘g‘ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog‘liq.
Qayd etilgan nazariyalarda, birinchidan, til go‘yo jamiyat tarixi taraqqiyotidan chetda, o‘z holicha taraqqiy etadigan hodisa, deb qaralgan. Shuning uchun ham tilning kelib chiqishi masalasi ibtidoiy davrdagi kishilarning mehnat faoliyatidan ajratilgan holda qaralgan. Ikkinchidan, bu nazariyalarda tilning kelib chiqishi masalasi tafakkurning paydo bo‘lish masalasi bilan birgalikda, o‘zaro bog‘langan holda emas, balki ajratilgan holda talqin qilingan. Uchinchidan, odamning paydo bo‘lishi jarayonidagi barcha biologik asoslar hisobga olinmagan. Sharq tilshunoshgida ham tilning paydo bo‘lishiga oid mulohazalar bildirilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning "Muhokamat ul-lug‘atayn" asari muqaddimasida o‘sha davr dunyoqarashiga mos bo‘lgan tilning paydo bo‘lishiga doir qarashlar bayon qilingan. Alisher Navoiy tilning paydo bo‘lishini Nuh alayhissalom avlodlariga bog‘laydi: "Mundin so‘ngra uch nav tildurkim, asil va mo‘tabardur va ul tillar iborati gavhari bila koyilining ( aytuvchi , so‘zlovchi) ajoyib zevar va har qaysining furuyi (shox , daraxtning shoxi ) bag‘oyat ko‘ptur. Ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning manshaidurki (bir narsaning chiqib kelgan manbayi, kelib chiqish joyi, boshlanishi), Nuh payg‘ambar... ning uch og‘ligtakim , Yofas va Som va Homdur, etishu . Va bu mujmal tafsili budurki , Nuh... toyon Jashviridin (to‘lqin , falokat) najot va aning mahlakasidin ( xavf -xatar joyi va vaqti, halokat, xavf - xatar) hayot topti, olam ma’murasida bashar jinsidin osor va inson navidin namudor qolmaydur erdi. Yofasniki, tavorix ahli Abu - t - turk bitirlar, Xito mulkiga yibordi va Somniki, Abu - 1 - furs bitirlar, Eron va Turon mamolikining vasatida ( o‘rta , o‘rtaliq ) voliy (hokim , hukumdor, podshoh qildi va Homniki, Abu -1 -hind depturiar, Hindiston bilodiq (shaharlar, mamlakatlar) uzatti . Va bu uch payg‘ambarzoda avlod va atbol (tobelar , fuqarolar, qaramlar, izdoshlar ) mazkur bolg‘an mamolikda yoyildilar va qalin bo‘ldilar. Va Yofas o‘g‘loniki, Abu -t - turkdur, tank ahli ittifoqi (bir fikrga kelish, hammasi degan ma’noda depturlarki, nubuvvat (payg‘ambarlik) toji bila sarafroz va risolat ( payg‘ambarlik , rasullik) mansabi bila qarindoshlaridin mumtoz (saralangan, ajratilganj bo‘ldi. Va uch tilki, turkiy va forsiy va hindiy bo‘lg‘ay . Bu uchovning avlod va atbol orasida shoe bo‘ldi . (“Muhokamat ul – lug‘atayn"dan) .Olimlarning faraz qilishicha, mehnat, ibtidoiy mehnat qurollarini yasash odamlar a'zolarini asta-sekin juda uzoq davrlar davomida takomillashtirib, til hamda tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o‘ynagan.Demak, mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonidaodamlar borgan sari uyushib boradi, natijada kishilikjamiyati vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo‘lib mehnat qilish jarayonida bir-biriga nimadir deyish ehtiyoji tug‘iladi. Bu zaruriy ehtiyoj esa tilni yaratadi. Til bilan ayni bir vaqtda tafakkur paydo bo‘ladi . Mehnat bilan bir vaqtda muhim ehtiyoj talabi bilan til va tafakkurning paydo bo‘lishi natijasida bu uch omil bir -biriga ta'sir qilib, rivojlanish imkoniyati yuzaga kelgan. Buning natijasida mehnat qilish yo‘llari , mehnat qurollari, til va miya asta-sekin takomillasha boshlaydi. Ilgari tosh hech qanday ahamiyatga еgа kasb etmagan bo‘lsa, endi kishilar undan foydalanishni o‘rgana boshlaydilar va uning xususiyatlarini bilib oladilar. Endi odam toshni yorib yoki sindirib, undan har xil shakldagi turli mehnat qurollari yasay boshlaydi va ana shu mehnat qurollaridan foydalanish jarayonida boshqa narsalarning ham turli xususiyatlarini bila boradi. Bu esa narsalarni bir-biriga solishtirib, ularning xususiyatlarini aniqlashni o‘rgatadi. Oqibatda tafakkurning rivoj topishiga imkoniyat tug‘iladi.Odamlar mehnat qilishni bilganlaridan keyin, oziq-ovqattopish uchun zarur narsalar haqida, yani mehnat qurollaritayyorlash, undan qanday foydalanish, qaysi tarafga borish,oziq-ovqat topish harakatini jamoa bo‘lib bajarish vaboshqalar to‘g‘risida ozmi-ko‘pmi fikr yuritadiganbo‘ladilar. Ular guruh-guruh bo‘lib, birgalikda harakat qilaboshlaydilar. Bu esa insonlar tili va tafakkurining borgansari o‘sishiga, ularda mavhum tushunchalarning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Endigina mehnat qilish qobiliyatiga erisha boshlagan, eng ibtidoiy mehnat qurollarini yasashni o‘rgana boshlagan odamlardan bir necha bosqich yuqori darajada yashayotgan qabila jamoasi holatidagi xalq tillarining so‘z boyligi, grammatik tuzilishi hamda tafakkurining rivojlanish farqlari qiyoslab bo‘lmaydigan darajada ekanligini, rivoj topganini faraz qilish mumkin. Shu tariqa Afrika, Amerika qit’alarida qabila bo‘lib yashayotgan xalqlarning rivojlanish darajasi, so‘z boyligi, grammatik tuzilishi, tafakkur qilish qobiliyati eng taraqqiy topgan ingliz, rus, nemis, arab kabi xalqlar tillarining so‘z boyligi, grammatik tuzilishi va boshqa til hodisalaridan, tafakkur etish darajasidan juda katta farq qiladi. Yuqoridagi fikrlar til va tafakkurning rivojlanib borishi kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langanining yorqin dalilidir.Tillarning boshqa tillar bilan aloqasi natijasida ularning leksikasida, strukturasida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy hol va bu aloqada tillar genetik bog‘langan yoki bog‘anmagan bo‘ladi. Bu bir tomondan genetik jihatdan bog‘lanmagan bo‘lsa-da, tillarning tarixiy taraqqiyotidagi o‘zaro aloqalari natijasida o‘xshashliklarga ega ekanligini ko‘rish mumkin, boshqa tomonda esa genetik jihatdan o‘zaro bog‘langan tillarning vaqt o‘tishi bilan ajralishi natijasida o‘zlashtirishlarning turli darajada ekanligini, lug‘at boyligi, strukturasidagi o‘xshashliklarning rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zaro bog‘lanmagan va geografik jihatdan ma’lum bir masofada joylashgan tillardagi o‘zaro o‘xshashli klar namoyon bo‘lishi mumkin va bu tabiiy hol, chunki tillarning tanlovidagi sturtural ko‘rsatkichlar sanoqli. Masalan, ega, kesim, to‘ldiruvchining tartibi dunyoning juda ko‘p tillarining qiyosida cheklangan tanlovdadir, bu bir-biridan butunlay mustaqil bo‘lgan tillar bir xil tartibga ega ekanligini bildiradi. Til tarixini qayta qurishda tarixan juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Tillarning dastlabki shaklida yozilgan matnlarni asoslash mas’uliyatli bo‘lib, o‘zaro aloqador bo‘lgan tillarning yoki dialektlarning qiyosi, o‘zlashtirilgan elementlarni o‘rganish, tillarning bugungi kundagi alternatsiyalari tadqiqi, tillarda sodir bo‘lgan o‘xshash yoki o‘xshash bo‘lmagan holatlar haqidagi umumiy bilimlardir . Jamiyat tarixida tillarning keyingi taraqqiyoti milliy ti llarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Milliy til mahalliy shevalar bilan o‘zaro bog‘langan holda taraqqiy qilib boradi. Bu jarayonda ba'zi shevalar milliy tilga qo‘shilib, uni boyitadi; ba'zi shevalarni esa milliy til asta-sekin siqib chiqaradi.Milliy tilning yagonaligi shuni ko‘rsatadiki, til shu millatning barcha tabaqalar, guruhlariga tushunarli va teng xizmat qilib, ularning hammasi uchun birdan bir aloqa vositasi bo‘lib qoladi. Chunki til ayrim toifa, ayrim tabaqa, ayrim guruh tomonidan yaratilmagan, balki jamiyatning barcha a'zolari -umumxalq tomonidan yaratilgan.
Xullas, til birligi uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan biridir. Milliy tilning xalq tilidan farqi uning adabiy yozuv shakliga egaligidir. Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir a'zosi, har bir sheva uchun umumiydir. Har bir milliatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, antik zamonlardan beri tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir qancha nazariyalar yaratilgan . Antik faylasuflar tilning kelib chiqishini bir – biriga qarama – qarshi bo‘lgan ikki xil nazariya bilan tushuntirishga harakat qilganlar . Ba’zi faylasuflar til tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan , ya’ni so‘z va predmetlar o‘rtasida to‘g‘ ridan – to‘g‘ri tabiiy bog‘lanish bo‘lganligi uchun kishilar predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan , deb isbotlamoqchi bo‘lganlar . Ba’zi faylasuflar esa til kishilarning birbiri bilan o‘zaro kelishishi natijasida vujudga kelgan , deb hisoblaganlar , Ana shu bir-biriga qarama – qarshi ikki nazariyaning o‘zaro kurashi natijasida yana bir qancha nazariyalar vujudga kelgan. Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar mavjud bo‘lib , ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda . Bu nazariyalarning ba’zilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa , boshqalari ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi uchun , keyin boshqalar uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan , deb hisoblaydi . Shu tariqa tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar, nazariyalar , farazlar yaratildi .
Foydalanilgan adabiyotlar.
Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010. -Б.63-67
2.Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. -Budapest, 2006. -P.17, 89
3.Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.-Б.205-210.
4.Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ.Дадабоев. –Тошкент, 2004.-Б.5-7.
5.Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.5-14Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9
2.Linguistics: The Scientific Study of Human Language. 2006. P.7
3.Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.10-13
4.Рaҳмaтуллaeв Ш. Систем тилшунослик асослари. -Тошкент, 2007.-Б.37
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |