TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI IQT - 6 GURUH TALABASI O’ROZMATOV ABRORNING IQTISODIY IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN “Mulkchilik shakllari o’zgarishining yo’llari va usullari” MAVZUSIDA YOZGAN MUSTAQIL ISHI
QABUL QILDI: YIGITOV JO’RABEK BAJARDI: O’ROZMATOV ABROR TOSHKENT-2023 Reja:
1.Kirish
2.Mulk va ularning turlari tushunchasi
3.Mulkchilik shakllari
4.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni
5. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari
Mulk bu daromad olish ishlab chiqarish obeyktlarini o’z ichiga olish ishlatish va ularning tasarruf etish foydalanish va ularni tasarruf etish maqsadida ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabat. Iqtisodiy aloqalar- ishlab chiqarish vositalari bilan mulkiy munosabatlar. Mulkning huquqiy toifasi – mulk to’g’risidagi tayinlanishning mol-ulkiga bog’liqligi (qonun normalarda belgilngan). Mulkning huquqiga toifasi sifatida mulkiy munosabat. Bu mol-mulkning mol – mulki yoki narsalarga bo’lgan munosabatidir. Mulkchikik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib insoniyat taraqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkga egalik qilish foydalanish tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol – mulkning misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol – mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol – mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojini qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish bu mol –mulk taqdirining taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol – mulkni sotish meros qoldirish hadya etish ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo’ladi. Mulkchilik munosabatlari uning obektlari va subektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obektlaridir. Mulk obekti bo’lib inson yaratgan moddiy va manaviy boyliklar tabiiy boyliklar aqliy mehnat mahsuli insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obektiga asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi. Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib qo'yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo'g'in bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki boʻlsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo'ladi. Mulk subyekti jamiyatda maʼlum ijtimoiy iqtisodiy mavqeiga ega bo'lgan, mulk obyektini Oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari boʻlib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi.
Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi. Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. Xususiy mulk — bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. Jamoa mulki — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin.
Shaxsiy mulk-fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk Aralash mulk turli mulk shakllari sintezidan tashkil topib, shunga
Xususiy mulk - ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo'lib, yollanma mehnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan Affiliatsion mulk umumiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulkning bir shaklida, bir nechta yuridik yoki shaxslarning kapitalini o'z ichiga oladi. Biz o'zaro hissasi (ishlab chiqarish, er, pullar, moddiy qiymatlar, innovatsion g'oyalar) asosida tashkil etilgan korxonalar haqida gapiramiz. Korporativ mulk kapitalning mulkiy sarlavhalari - aktsiyalarning bepul sarlavhalari tomonidan shakllangan kapitalning ishlashiga asoslanadi. Harakatning har bir egasi aktsiyadorlik jamiyatining egasi hisoblanadi. Doirasida Davlat mulki Jamoat, davlat va milliy mulki ajratilishi kerak. Kollektiv mulk U jamoa xodimlari orasida ushbu korxonada band bo'lgan jamoa xodimlari orasida shakllantiriladi (bunday yopiq aktsiyadorlik jamiyati).
Davlat mulki bu jamiyatning barcha a'zolarining mulkiy vazifasini bajaradi. Biroq, mulkchilik munosabatlari orqali tayinlash munosabatlarini amalga oshirish davlatning barcha qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, jamiyatning barcha qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini aniqlash uchun mo'ljallangan.
Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlaming, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlar-ning mulki kiradi.
Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko‘payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi. Shaxsiy mulk ob’yektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, - birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, - ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, - uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, daromadlar,boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi. Mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir. Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda shaffof axborot va huquqiy himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor uchligi sifatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va manfaatlarni to‘liq himoyalanishini anglatadi.
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi:
- ilohiy va omad faktorlari;
- ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar;
- inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati;
- davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya).
Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi. Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi sifatida qarash mumkin. Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning jamiyat subektlari uchun qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan daromad (foyda) miqdori bilan ifodalanadi. Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, mulkiy munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy,informatsion-huquqiy munosabatlar bo‘lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas‘uliyat va javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega. Bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi birbiriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandagina) mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi. Mulkdor o‘zining nafsi va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega (mulkdor) bo‘ladi degan prinsip (tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati,qiymati va narxisiz manfaatni o‘lchab bo‘lmaydi. Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi. Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir: Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.
Mulkchilik shakllarini o’zgartirish usullari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek qo’yib,jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada xaqiqiy egalari fuqarolarga berish demakdir.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so’zsiz tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxona va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksionerlik jamiyatlariga,mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini davlatdan sotib olishidir. Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
- davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;
- mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish
- mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
- ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish;
- davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va boshqalarni tashkil etadi.
Foydalangan adabiyotlar
2. Karimov I./L O 'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. — Т.: «O 'zbekiston», 1992 —y.
3. Karimov I A . O 'zbekiston bozor m unosabatlariga o'tishining o'ziga xos yo'li. —Т.: «O 'zbekiston», 1993 —y.
4. Karimov I . / , O 'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. — T. «O 'zbekiston», 1995 —y.
5. Karimov I A . O 'zbekiston bozor m unosabatlariga o ’tishning o'ziga xos yo'li. //• O 'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, m afkura. T. 1 Т.: «O 'zbekiston», 1996 —у .
6. Karimov LA «.O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida»// Va :an sajdagoh kabi m uqaddasdir. T.3. —Т.: 1996 —у.
7. Karimov I./u O 'zbekiston XXI asr b o 'sa g ’asida: xavfsizlikka tahdid, bare arorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. —Т.: «O ’zbekiston», 1997 —y.
8. Karimov LA. «D ehqonchilik taraqqiyoti — farovonlik manbai». — Т.: «O 'zbekiston», 1997 —y.
9. Karimov I. A. O 'zbekiston buyuk kelajak sari. —Т.: «O 'zbekiston >, 1998 —у . 10. Karimov LA O 'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. O 'zbekiston Luyuk kelajak sari —Т.: «O 'zbekiston», 1999 —у .
11. Karimov LA. O 'zbekiston XXI asrga intilm oqda. —Т.: «O 'zbekiston;-, 1999 —y.
12. Karimov LA. O 'z kelajagim izni o'z qo'lim iz bilan qurmoqdamiz. — Т.: «O 'zbekiston», 1999 —y.
13. Karimov LA. O zod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard m aq:adim iz. —Т.: «O 'zbekiston», 2000 — y.
14. Karimov I A . Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni / c h u q u rla sh tiriih — eng m uhim vazifamiz// «Xalq so'zi», 2000 —y., 15 —may.
15. Karimov LA. «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni Уу/ ch u q u r — lasht rishning ustuvor yo’nalishlari». O 'zbekiston Vazirlar Mahk am asi majlisidagi m a’ruzasi// «Xalq so'zi». 2001 — y., 17 —fevral.
16. Karimov LA. Ikkinchi chaqiriq O 'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisi 5 —sess iyasi. «Xalq so'zi», 2001 — y., 15 —may. "
17. O 'zbekiston-R espublikasining «Tadbirkorlik to 'g ‘risida»gi qonuni.
18. O 'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyatining erkinligini kafolatlash hciqida»yi qonuni.