Mavzu: Tuproq tarkibidagi gigroskopik namlik miqdorini aniqlash Mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 182,16 Kb.
tarix15.11.2022
ölçüsü182,16 Kb.
#69183
DGU uchun


Mavzu: Tuproq tarkibidagi gigroskopik namlik miqdorini aniqlash
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarda tuproqning gigroskoplik xususiyati va tuproqdagi gigroskopik namlik qanday usulda aniqlanishi to`g`risida tushuncha xosil qilish
Kerakli jihozlar: Quritish shkafi, tuproq namunasi, alyuminiy stakancha, eksikator, analitik tarozi.
Ishning tartibi: Tabiiy sharoitda yuqorida aytilgandek, mutlaqo quruq tuproq bo`lmasligi ma'lum. Ho`l yoki nam tuproq laboratoriyaga keltirilib, soyada va quyoshda uzoq vaqt quritilsa ham unda ma'lum miqdorda nam saqlanadi. Mexanikaviy tarkibi, strukturasi, chirindining miqdori va muhit sharoitiga qarab tuproqdagi zarrachalar yuzasiga singgan gigroskopik namning miqdori o`zgarib turadi. Gigroskopik nami aniqlanmoqchi bo`lgan maydalangan quruq tuproqdan 3-4 g olinadi. tuproq termostatda quritilgan, og`zi yopiladigan quritgich stakanga solinadi va analitik tarozida og`irligi aniqlanadi. Stakan qopqog`i ochilgan holda termostatga qo`yilib, 1050-1100 issiqda 3-4 soat quritiladi. So`ngra quyi qismiga kaliy sulfatning to`yingan eritmasi va tuzi solingan eksikatorda sovitilib, analitik tarozida tortiladi. quritish, sovutish va o`lchash ishlari quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Bu yerda:


X - gigroskopik suvning foiz miqdori, %.
a - stakanning quritilmagan (ho‘l) tuproq bilan birgalikdagi og`irligi, g.
b – stakaning quritilgan tuproq bilan birgalikdagi og`irligi,g.
N – quritilgan tuproq og`irligi, g.
Masalan: a - 25,33g; b - 25,23 g; N - 4 g bo`lsa, tuproqdagi gigroskopik namning miqdori 2,5 % ga teng bo‘ladi.
Gigroskopik namni aniqlash tuproqning bir qancha fizikaviy xossalarini o`rganish, ayniqsa kimyoviy analizlar natijasini aniq hisoblashga yordam beradi.
Yüklə 182,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin