mavzu: Xristian mafkurasining vujudga kelishi reja



Yüklə 56,5 Kb.
tarix15.05.2022
ölçüsü56,5 Kb.
#58014
Амударья - копия - копия (1)


4-MAVZU:  .Xristian mafkurasining vujudga kelishi

REJA

        1. Xristianchilik genezisi. Ilk xristian jamoalari ideologiyasi, uning asosiy tamoyili.

        2. Apostollar faoliyati va cherkov institutining shakllanishi. II asrda xristian ideologiyasidagi o‘zgarishlar. Yeretiklar mafkurasi.

        3. Tertullian va Avgustin ta’limotining xristian mafkurasi shakllanishidagi roli. Avgustin teokratiyasi.

    Eramizning boshlarida Rim imperiyasi xududida umumiy tenglikni va odamlar erkinligini targ’ib qiluvchi xristian dini paydo buldi. Ilk xristianlar barcha boylar va hukumron tabaqalargi tavqi-lanat yog’dirishadi, Rim tartiblarini qattiq tanqid qilishadi, xususi mulkni, odamlarni boy-kambag’alga, ozod va qullarga bulishni inkor qilib chiqishadi uz mulklarini uzlari mansub sektalar va cherkovlar ehtiyoriga utqizishadi.

68-69 yillarda yaratilgan “Ioann Bogoslov vaxiylari” da (“Apokalipsis”da) “yoldan ozgan” Rimning halokati bashorat qilinadi. Unda Rim barcha xalqlarga uz buzuqligining qaxrli sharobini ichirdi va er padshoxlari u bilan huzurlandi, savdogorlar uning buyuk xashamatidan boyidilar deyiladi. Kambag’allarga hamdardlik va boylarni tanqid qilish ruxi “Luka yuborgan Evangelie” da ham yoqqol nomoyon buladi shunga kura unda; ”xuzur-xalovatga zor-intizorlari, endi, tuygaysiz… Bale, sizga musibat, boylar! Chunki siz uz ovinchingizni olib buldingiz” deyiladi. Boylarga qarshi keskin munosabat “Apostol Iakovning Sobor murajati”dan ham urin olgan.

Xristianlik hukumron dinga aylangan vaqtdan boshlab O`rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut rivojlanib bordi va IV asrdan boshlab O`rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov o`rtasidagi munosabatlar o`zaro raqobatda o`tdi.

Amaldagi qonunlarni asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya`ni tabiiy huquqqa tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan qonunlargina maqsadga muvofiq hisoblanardi. Shuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega bo`lgan talqinchisi kim ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo`yicha rasmiy talqinchi mavqeyini Ko`lga kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma`lum asoslar paydo bo`ldi. Bu Evropada ozodlik g`oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs etdi.

Cherkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ`ib qilardi. Zotan cherkov dunyoviy hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda, o`zining bu chaqirig`idan voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat bilan cherkov o`zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil institutlar bo`lgani tufayli, ko`pincha ham papa, ham imperatorni ulug`lash kerak bo`lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o`rtasidagi munosabatlar ko`plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ`ib qilish qobiliyatiga ega bo`lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya`ni ma`lum darajada dunyoviy hokimiyatga ega bo`lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma`lum diniy obro`ga ega bo`lishlari lozim edi. Bu ikki xokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarni keskin tus olishga sabab bo`lardi.

Ruh insonning iloxiy jihatlarini ifodalaydi. Tana esa gunox manbaidir. Inson butun e`tiborini imkon qadar tanadan erkin bo`lib Xudoga yaqinlashish uchun ruxan o`zining ichki olamiga qaratishi kerak. Avgustin har bir kishining ichida Xudo va Iblis o`rtasida kurash boradi deb hisoblaydi. Avgustin bunday kurashni tarixiy darajada Xudo shahri va Zamin shahri o`rtasidagi qarama-qarshilik shaklida ham quradi. Har bir individual hayot panoh va gunoh o`rtasidagi kurash maydoni bo`lgani singari, tarix ham ezgulik va gunoh "podsholigi" o`rtasidagi kurash maydonidir.

Cherkov ma`lum ma`noda Xudo "podsholigi"ni, Imperiya esa zamin "podsholigi" ni o`zida ifoda etadi, deb hisoblaydi Avgustin. Avgustin zamin podsholigini bo`lishi shart va zurur deb biladi. Insonning tabiati gunox qilish oqibatida buzilgani bois, kuchli er podsholigi yovuzlikni jilovlash uchun zarur deb hisoblaydi. Xatto gunox bo`lmagan taqdirda ham jamiyatda ma`lum tartib va boshqaruv shakli bo`lishi kerak.

Er podsholigi hukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi. Xalq, Xudoning irodasiga bo`ysunishi shart bo`lgani bois, bu hukumdorlarga xam bo`ysunishga majburdir. Dunyoviy podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. Xristianlik davlatining barcha a`zolari bir vaqtning o`zida ham papaning, ham imperatorning fuqarolaridirlar, deydi Avgustin.

Davlat va cherkov hokimiyatlarining ikkisi ham Xudodan va binobarin, ular bir xilda qonuniydir, degan ta`limotni ilgari surib V asrda Papa Gelasiy I maydonga chiqdi. 800-900 yillar mobaynida bu ta`limotni cherkov ham, davlat ham qabul qildi. Ammo ular o`rtasidagi kelishuv ko`prok og`izdagina bo`lib qoldi.

XIII asrga kelib g`arbiy Evropada, asosan cherkov doiralarida, intelektual faollik ro`y berdi. Arablar orqali Arastu qayta kashf qilindi. Falsafa sohasida Foma Akvinskiy xristianlik va Arastuizm sintezini amalga oshirdi. Bu sintez shu qadar muhim ahamiyat kasb etdiki, keyinchalik Rim-katolik cherkovi Foma Akvinskiy ta`limotiga o`zining rasmiy falsafasi sifatida qaray boshladi.

Foma Akvinskiy (1226-1274) o`rta asr diniy skolastikasining ko`zga ko`ringan namoyondasi. Uning siyosiy-huquqiy qarashlari "Teologiya majmui", "Hukmdorlarning boshqaruvi haqida", hamda Arastuning "Siyosat", "Axloq" asarlariga yozilgan izohlarida bayon qilingan.

Xuquq va qonun muammolarini Foma Akvinskiy xristian dinining inson va uning hayot mazmuni haqidagi tasavvurlariga tayangan holda yoritadi. U qadimgi dunyo mutafakkirlarining tabiiy huquq va adolat g`oyalariga, ayniqsa Arastuning siyosat va inson "siyosiy maxluq" ta`limotiga diniy nuqtai nazardan yondoshib murojaat qiladi. Foma Akvinskiy ta`limotiga ko`ra olam va undagi tartibning ijodkori Xudodir. Inson hayoti va harakatlarining ildizi Xudodadir.

Shu bilan birga inson aql va erkin irodaga ega mavjudotdir. Xar qanday erkinlikning ildizini aql-idrok (intelektual qobiliyat) tashkil qiladi, Insonning erkin irodasini yaxshilikka undovchi barcha harakat Xudo amriga, aql-idrok, adolat va yaxshilikka qaratilgan bo`lishi kerak.

Foma Akvinskiy bu fikrini o`zining qonun va huquq haqidagi ta`limotida konkretlashtiradi. Qonun, - deydi u, harakatning ma`lum qoidasi va o`lchovidir. Uning mohiyati inson hayoti va faoliyatini tartibga solishdan iboratdir. qonun jamiyat a`zolarining umumiy foydasini ifoda qilishi zarur. U bevosita jamiyat tomonidan, yoki uning ishonchiga ega bo`lgan vakillari tomonidan joriy qilinadi. Qonun e`lon qilinishi shart.

Foma Akvinskiy qonunlarni quyidagi turkumlarga ajratadi: abadiy qonun, tabiiy qonun, inson yaratgan qonun, ilohiyat qonuni. Abadiy qonun ilohiy aql-zakovatning ifoda etuvchi koinotning umumiy qonunidir. Bu qonun olamning mutloq qoidasi va tamoyili sifatida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning barchasini idora qiladi va ularni aqlga muvofiq rivojlanishini ta`minlaydi. Abadiy qonun umumiy bo`lganligi uchun ham barcha boshqa qonunlarning manba`idir. Bu qonun bevosita tabiiy qonunda namoyon bo`ladi. Tabiiy qonunga muvofiq Xudo yaratgan barcha narsalar, jumladan inson xam, o`zining tabiiy xossalariga ko`ra o`z qonunlariga ega va shu qonunlarga binoan rivoj topadi.

Inson o`z tabiatiga ko`ra yaxshilik va yomonlikning ajratish qobiliyatiga ega, ezgulikka intiladi, yaxshilik talabiga mos harakat qilishga moyildir. ya`ni inson o`zining amaliy faoliyatida yaxshilik qilish va yomonlikdan qochish talabiga amal qiladi. Boshqa odamlar bilan bo`ladigan munosabatlarda inson tabiiy tug`ma intilish, instinkt va ishtiyoqlari bilan belgilanadigan qoida va talabalarga rioya qiladi. Bular o`z jonini saqlashga tirishish, oila qurish va farzand ko`rish, boshqa odamlar bilan muloqatda bo`lish, Xudoga intilish va hakozolar. Tabiiy qonun talablariga rioya qilish inson uchun aql-idrokka muvofiq xarakat qilish demakdir. Odamlarning jismoniy, emotsional va intellektual tabiiy hususiyatlari, hayot sharoitlari bir xil bo`lmaganligi sababli ular tabiiy qonun talablarini har xil tushunadilar va tadbiq kiladilar. Oqibatda barcha uchun bir xil majburiy bo`lgan tabiiy qonun talablariga zid harakatlar ham paydo bo`ladi.

Inson qonunining paydo bo`lishi ildizi mana shundadir. Inson qonuni tabiiy qonun talablariga asoslangandagina odamlarning muxofaza qila olishi, inson hayotining turli sharoitlariga mos holda qo`llanishi mumkin bo`ladi. Inson qonuni majbur qilish sanktsiyasi bilan ta`minlangan ijobiy qonundir, deydi Foma Akvinskiy. yaxshi fazilatga ega odamlar busiz ham yashashlari mumkin, ular uchun tabiiy qonunning o`zi kifoya, lekin nasixatga quloq solmaydigan, e`tiqodsiz odamlarni zararsizlantirish uchun jazo va majbur qilish kerak. Buni borligidan odamlar qo`rqishi kerak. Shu tufayli odamlarda axloqiy fazilatlar rivoj topadi, aqlga muvofiq, yaxshilikka amal qilish odatlari shakllanadi.

Inson qonuni tabiiy qonun talablariga mos kelmasa u qonun emas, qonunning buzish, undan chetga chiqishdir. Shu fikrdan kelib chiqib Foma Akvinskiy adolatli va adolatsiz qonunlarni ajratadi. Inson qonunlarining maqsadi odamlarning umumiy foydasi, baxt-saodatiga xizmat qilishdan iborat. Bu insoniy qonunning asosiy belgisi va sifatidir.

Insoniy qonun oddiy odamlar bajarishi mumkin bo`lgan talabalarni qo`yishi, ularning zaiflik va kamchiliklarini ham hisobga olishi kerak. U barcha uchun teng, bir xil talab va jazo belgilashi, tegishli instantsiya tomonidan qabul qilinishi shart. Mana shu belgi va xossalar bo`lgandagina uni ijobiy qonun deb hisoblash mumkin, bo`lmasa u qonun adolatsiz qonundir. Uni qonun deb qabul qilish ham mumkin emas. Foma Akvinskiy ikki xil adolatsiz qonun haqida fikr yuritadi.

Birinchisi, agarda qonunda unga xos bironta belgi bo`lmasa, masalan, qonun zaminiga umumiy foyda o`rniga, qonun chiqaruvchining xususiy foydasi ko`yilgan bo`lsa, yoki qonun chiqaruvchi o`z huquq doirasidan chiqib ketsa va boshqalar. Fuqarolar uchun bunday qonunlar majburiy emas. Lekin umumiy tinchlikni saqlash va qonunbuzarlik odat bo`lib qolmasligi uchun ularga rioya qilish taqiqlanmaydi.

Adolatsiz qonunlarning ikkinchi turini tabiiy va iloxiy qonunlarga zid bo`lgan qonunlar tashkil qiladi. Bu qonunlarga rioya qilish shart emas. Diniy qonunlar muqaddas ko`hna vasiyatnomalarda ifodalangan iloxiy haqiqat va qoidalar. Foma insoniy qonun-qoidalarni ilohiy qonun qoidalari bilan to`ldirish zarurligini bir necha sabablarini ko`rsatadi.

Birinchidan, diniy qonun inson hayotining oxiratini eslatish uchun kerak. Insonning o`zi bunga ojizdir. Ikkinchidan, diniy qonun odamlarning adolat, yaxshi fazilat va kamchiliklar haqidagi munozaralarida mezon vazifasini o`taydi. Uchinchidan, diniy qonun insonnnig har-xil talpinishlarining to`g`ri yo`lga solish uchun kerak. CHunki ruhiy harakatlar insoniy qonun doirasida emas. To`rttinchidan, diniy qonun barcha yovuzlik, yomonlik va gunoh ishlarni, shu jumladan insoniy qonun bilan man qilib bo`lmaydigan barcha nuqsonlarni tag-tomiri bilan tugatish uchun kerak.



Foma Akvinskiy o`zining qonunlar hakidagi mulohazalarini huquq haqidagi ta`limoti bilan to`ldiradi. Uning fikricha, huquq Xudo irodasi bilan o`rnatilgan turmush tarzi, qoidalari va undagi adolat harakatidir. Adolat bu ahloqiy fazilatlardan bo`lib har kimga o`ziga tegishlisini, qilmishiga yarasha olishining o`zgarmas va doimiy ifodasidir. Umuman Foma Akvinskiy huquqshunoslikning izchil va chuqur xristianteologik variantini ishlab chiqdi. Uning falsafiy-huquqiy qarashlari tabiiy huquqning tomistik va neotomistik kontseptsiyalarida o`z rivojini topdi.
Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin