Ilmiy dalillarning pedagogik izlanishlardagi o`rni.
Dalil bu............
haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo`lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasidir, ya`ni voqyelik haqidagi obyektiv holda olingan va isbotlangan, o`zgarmaydigan haqiqiy bilimdir.
Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:
1.Hayotiy bo`lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, aloqadorliklar, o`zgarishlar, jarayonlarni o`zida ifoda etadi.
2.Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to`laqonligini, inkor etib bo`lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillar negizida ish yuritiladi, faoliyat ko`rsatiladi. Ilmiy tadqiqotda dallilarga erishish og`ir va mashaqqatni talab qiladi.
A. Enshteyn so`zlari bilan aytganda, “fan dallillardan boshlanishi, va boshlanish bilan tugallanish o`rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo`lishidan qat`i nazar dalilar bilan yakunlanishi lozim.”
Dallilash 2 ta usulga asoslanadi:
Emperik bilish
nazariy bilish
Ilmiy dalil emperik bilishning natijasidir. Ilmiy dalil qudratli kuchga ega. Ular oldidadan aytib berishni ham qurollantiradi. M: qushlar va hasharotlar, ya`ni havodan og`ir fazo muhitida uchishga qodirligini mexanik N. Ye.Jukovskiy ko`tarma kuch nazariyasini yaratilishiga olib keldi. Buning natijasida barcha aviatsiya va kosmanavtika vositalar loyihalashni aerodinamikani kashf etgan.
Ilmiy tadqiqotda dalil to`plash bir qancha usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarga:
kuzatish , tajriba o`tkazish,qiyoslash , analiz va sintez qilish, umulashtirish va formatlashtirish, bahs qilish va boshqalar.
Ilmiy tadqiqotda dalilning quyidagi vazifalarga e`tibor berish lozim:
4.obyektiv voqyelikni to`g`ri tushuntirishdagi ishtirokini e`tirof etish va boshqalar.
Ilmiy atdqiqotda dalillar ijodiy izlanuvchinig ilmiy olamini yaratadi. dalillar ijodkorga havo va suvdek zarur. Tadqiqotchi yaratayotgan yangilik,kashfiyot mantiqiy dalillar farazlar, nazariyalar mantiqiy xulosalar jarayonida paydo bo`ladi. Natijada eski dallillar inkor etilib yangi dallilar paydo bo`ladi.