Международный научный журнал №4 (100), часть 4 «Научный импульс» Ноябрь, 2022 228 qonning laborator tekshiruvi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#76622
  1   2   3
Erkinova T.Sh



Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
228 
QONNING LABORATOR TEKSHIRUVI 
Erkinova T.Sh 
 Ziyayeva M.A 
Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika
xodimlari malakasini oshirish va ularni
ixtisoslashtirish Markazi Andijon filiali
 o`qituvchilari
Annotatsiya: Mazkur maqolada inson organizmining hayotiy faoliyatini ta`minlashga 
xizmat qiladigan eng asosiy funksiyani bajaruvchi qon aylanish tizimi, fiziologiyasi va uning 
tarkibiy qismlari. Qonning laborator tekshiruv usullari shu bilan birga sog`lom avlodni 
dunyoga keltirish uchun zarur ahamiyatga ega bo`lgan rezus-faktori haqida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar: qon, gemoglobin, rang ko`rsatgichi, eritrositlar, leykositlar, trombositlar, 
moddalar almashinuvi. 
Qon tizimining fiziologiyasi
Tomirlarda beto'xtov harakatlanuvchi suyuq to‘qima: hujayra va to‘qimalarga yetib 
borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini ta’minlaydi. 
Qon organizmda xilma-xil vazifalami bajaradi jumladan :
 u hujayra- larga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi 
(nafas funksiyasi);
 ovqat hazm qilish organlaridan oziq mod- dalarni butun organizmga tarqatadi (oziq 
moddalarni tashish funksiyasi);
 moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish organ- lariga (buyrakka) olib boradi.
 Qon organlaming gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, 
suv-tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvoza- natida ishtirok etadi 
Qon organ izmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi.
U gavda haroratini doim bir me’yorda saqlashda muhim ahamiyatga ega. 
Erkaklarda o'rtacha 5 V
2
, ayollarda 4 '/
2
/ qon bo'ladi.Qon suyuq qism — (55 %) va 
shaklli elementlar (45 %)dan iborat. Qonning shaklli elementlari qon yaratish organlarida 
ishlanadi. Qon va qon yaratish organlari — qon yaratish sistemasini tashkil etadi. Qon 
maxsus mexanizmlar orqali regulatsiya qilinadi, shuning uchun sog’lom odamda qonning 
tarkibi o'zgarmaydi. Organizmdagi har qanday o‘zgarishlarga nisbatan qon javob reaksiyasi 
qaytaradi, ya’ni o‘z tarkibini o'zgartiradi.
Ayrim kasalliklarni, xususan, qon sistemasi kasalliklarini aniqlashda qon tarkibining 
o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega. Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar 
alma- shinuvining oxirgi mahsulotlaridan iborat. Plazmada erigan oqsillar, jigar hujayralari 
va retikuloendotelial sistema hosil bo'ladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, 
kislota-ishqor muvozanatini regulatsiyalashda ishtirok etadi. 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
229 
Qonning shaklli elementlari, asosan, eritrotsitlar, Ieykotsitlar, trombotsitlardan 
iborat.Qon tarkibidagi uglevodlarga glukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. 
Qonda 80—100 mg % gacha glukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda 
glukozamin bo'ladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glukoza va boshqa 
monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillar- laridan oqayotgan qonga so‘riladi. 
Glukozaning bir qismi organ va to‘qimalarda tarqaladi. Boshqa qismi esa jigarda glikogenga 
aylanadi. 
Qon yaratish organlari. Bu organlarda qonning shaklh elementlari shaklianadi. Qizil 
ko'mik, taloq va limfa tugunlari qon yaratish organlari hisoblanadi. Qizil ko‘mik asosiy qon 
yaratuvchi organ.Qizil ko‘mikning hamma to‘qimasi qonning yetishgan hujayra elementlari 
bilan to'la bo'ladi. Qizil ko'mikdan farq qilib, sariq ko‘mikda yog‘ ham bo'ladi. Ko'mikda 
eritrotsitlar, leykotsitlaming turli shakllari va trombotsitlar shakllanadi. 
Limfa tugunlari qon yaratilishi va organizmning himoya reak- siyalarida qatnashadi, 
ularda, asosan, limfotsitlar rivojlanadi. Qon yaratish organlarining asosiy vazifasi qon 
hujayralarining yemirilishiga qaramay, ularni doimiy nisbatda saqlab turishdan iborat. 
Gemopoez. Qon hosil bo‘lishi gemopoez — qon shaklli elementlarining hosil bo‘lish, 
rivojlanish va etilish jarayoni. Odam embrionida sariqlik xaltachasidagi hujayra hosil bo‘ladi: 
homila 2 oyligida qon jigarda, 4 oyligida esa ko'mikda hosil bo‘la boshlaydi. To`rtinchi 
oydan boshlab limfa tugunlarida limfotsitlar shakllanadi. Uch oylik homilada qizil qon 
tanachalari — megaloblastlar (yadro yirik hujayralar) yetilib, yirik eritrotsitlar 
(megalotsitlar)ga aylanadi, ular asta-sekin normoblastlar bilan almashinadi. Yangi tug‘ilgan 
bola va katta yoshdagi sog‘lom organizmda bo‘ladigan eritrotsitlar ana shu 
normoblastlardan vujudga keladi. 
Ko‘mikdagi boshlang‘ich qon hujayralarining yetilib, qonning yetuk shaklli 
elementlariga aylanishi qon hosil qiluvchi organlarda sodir bo‘ladi. Qon o'zaniga (tomirdagi 
qon oqimiga) qonning barcha funksiyasini bajara oladigan yetuk hujayralar tushadi. 
Sog'lom organizmdagi qon tarkibi va qon yaratish organlari o'zaro dinamik muvozanatda 
bo'ladigan yaxlit bitta sistemani tashkil qiladi. Yemirilgan qon hujayralari qon hosil qilish 
organlarida uzluksiz yangilanib turadi. Qon yaratilishidagi bunday muvozanat markaziy va 
vegetativ nerv sistemasi, gormonlar, vitaminlar, shuningdek, maxsus moddalar — 
gemopoetinlar tomonidan boshqariladi.
Gemoglobin va uning miqdorini aniqlash 
Gemoglobin, HB (yunon. haima — qon va globus — shar) — qonda bo'ladigan nafas 
pigmenti. Qonga qizil tus beradi, nafas oiganlaridan to‘qimalarga kislorod, to‘qimalardan 
nafas organlariga karbonat angidrid yetkazib beradi. Oqsilli qism—globin va temir 
porfilingemdan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qo‘shi!ib, beqaror birikma hosil qiladi. 
Kislorodning porsial bosimi birmuncha yuqori bo'ladigan o‘pka kapillarida esa kislorodni 
hujayra va to'qimalarga beradi. 
Sog'lom odamning 100 g qonida 13—16 g % gemoglobin bor (erkaklarda 13—17 g % 
130—170 g//; ayollarda 12—16 g % 120— 160 g//). Ayollar qonida gemoglobin miqdori 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
230 
erkaklardagidan kam bo`ladi. Organizmdagi gemoglobin xossasi hayot davomida o‘zgarib 
turadi. 
Qondagi gemoglobin miqdori quyidagicha aniqlanadi: o'rtadagi probirkaning o'n 
raqamigacha xlorid kislotaning detsinormal eritmasi qo‘yiladi, shundan so‘ng pipetkaning 
20 mm
3
belgisigacha barmoqdan qon so`rib olinadi. Qon ustini havo pufaklarisiz ko‘r- satib 
o‘tilgan belgiga yetishi bilan, mushtukni og'izdan chiqar- may, rezina nayni ikki barmoq 
bilan qisib turib, pipetkadagi qon miqdori 20 mm
3
.ga to‘g‘ri kelish-kelmashgi yana 
tekshiriladi. Pipetkaning pastki qismidagi qonni paxta bilan artib, uning uchini xlorid 
kislotaning detsinormal eritmasiga tushiriladi, bu eritma ilgari gemometrning o'rtasidagi 
naychada tayyorlangan bo'ladi, pufakchalar hosil bo'lmasligi uchun qon unga asta-sekin 
puflab kiritiladi, so'ng eritma aralashmasini bir necha marta so'rib olib, qaytadan 
probirkaga tushiriladi va shu yo‘l bilan olingan qonning hammasi probirkaga quyiladi. 
Barcha gemoglobin gematin xloridga aylanishi uchun 10 minut kutib turiladi, keyin 
gemometr ko'tariladi va qon sohnadigan probirkadagi suyuqhkning rangi standart eritma 
yoki bo'yalgan shisha tayoqchalar rangi bilan solishtirib ko'riladi. Deyarli hamma vaqt qon 
eritmasining rangi standart eritmalar rangidan to'qroq bo'ladi. Distillangan suv graduirovka 
qilinmagan pipetka yordamida qon eritmasi solingan pipetkaga quyila boshlanadi va shisha 
tayoqcha bilan aralashtirilib turiladi. Undagi suyuqlikning rangi standart probirkadagi 
suyuqlik rangiga yetguncha aralashtirish ishi davom ettiriladi. Bundan so'ng gemometmi 
ko'zning to'g'risigacha ko'ta- rib, qon eritmasining pastki meniski qaysi darajada turgani 
aniqlanadi. O'ng tomonidagi tegishli son — foizini, chapdagisi esa gemoglobinnmg gramm 
foizini ko‘rsatadi. 
Gemoglobinni aniq tekshirish uchun hozirgi vaqtda fotoelektro- kolorimetr va 
spektrofotometrlardan foydalaniladi. Gemoglobinni fotoelektrokolorimetrda aniqlash 
uning ammiak, asetonsiangidrin va boshqa moddalar bilan bo‘yalgan birikmalar hosil 
bo'lishiga asoslangan. Hozirgi vaqtda klinik-diagnostik laboratoriyalarida gemoglobin 
konsentratsiyasini aniqlash uchun gemoglobinsianid usuliga asoslangan tayyor 
to‘plamlardan qo‘llanilmoqda.
Eritrotsitlar. Eritrotsitlar miqdorini aniqlash 
Eritrotsitlar (yunon. erythros — qizil, cytus — hujayra) qizil qon tanachalari: qonning 
shaklli elementlari: tarkibidagi gemoglobin qonga qizil tus beradi. Eritrotsit, asosan, 
organizm bilan atrof-muhit o‘rtasidagi gazlar almashinuvini, ya’ni nafas olishni ta’minlaydi. 
Kislorodni o‘pkadan organizmning barcha to'qimala- riga yetkazib beradi. Eritrotsit qonning 
boshqa funksiyalarida ham ishtirok etadi. Odam eritrotsitining diametri 7—8 mm, qalinligi
2,5 mm, ikki tomon botiq, yumaloq, yadrosiz hujayralardir. 
Ko‘mikning miyeloid to'qimalarida eritrotsit ishlanadi. Sog'lom odamning 1 mlk 
qonida 4—5 mln eritrotsit bor. Erkaklar qonining 1 mlk.da 4,5—5 mln, ayollar qonining 1 
mlk.da esa 4—4,5 mln eritrotsitlar boiadi (4,5 * 10I2~~5,0 • I0l2/l ~ 4 * 1012—4,5 * I0i2/1). 
Eritrotsit miqdori hamisha bir xil turmaydi, ba’zi fiziologik sharoit- larda, jismoniy ish 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
231 
vaqtida, baland joylaiga ehiqilganda hamda ba’zi bir kasalliklarda ular miqdori o'zgaradi. 
Eritrotsitlar miqdorining ortib ketishi polisitemiya, kamayib ketishi esa eritropeniya deb 
ataladi. 
Leykotsitlar. Leykotsitlar miqdorini aniqlash 
Leykotsitlar. Oq qon tanachalari — qonning yadroli va pro- toplazmali rangsiz 
hujayralari. Yadrosining shakli har xil, shunga ko‘ra, tayoqcha yadroh, segment yadroh va 
monotsitlarga ajra- tiladi. Leykotsitlar ko‘mik, limfa tugunlari va taloqda hosil bo'ladi. 
Donah leykotsit (granulotsit)lar va donasiz leykotsit (agranu- lotsit)lar farq qilinadi. Qonni 
tekshirganda leykotsitlaming bo'ya- lish xususiyatiga qarab, ulami eozinofillar (kislotali 
bo‘yoq — eozin bilan bo'yaladi), bazofillar (asosU bo'yoq — metilen ko‘ki bilan bo'yaladi) 
va neytrofillarga (neytron bo‘yoqlar bilan bo'yaladi) boiinadi, ularning har biri ma’lum bir 
funksiyani bajaradi. 
Leykotsitlar qon tomir o'zanidan chiqib, hujayralararo bo'shliqda o'zicha harakat qila 
oladi. Ular organizmning yot jismlar kirgan joyiga yetib kelib, mikroorganizmga 
yaqinlashgach, soxta oyoqlar chiqarib, ulami hamma tomondan o‘rab oladi va yutib 
yuboradi.
Yutilgan mikroorganizm yemirilib, leykotsit proto- plazmasida hazm bo'lib ketadi.
Ko'pincha bu jarayonda leyko- tsitlaming o‘zi ham nobud bo'ladi, natijada yiring 
to'planadi. Organizmga kirgan zararli mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar 
va boshq.), shuningdek, jonsiz zararlaming leykotsitlar tomonidan shu tariqa yo'q qilinishi 
fagotsitoz deb, buni amalga oshirgan leykotsitlar fagotsitlar deb ataladi. 
Leykotsitlaming organizmdagi rolini va fagotsitoz haqidagi ta’limotni rus olimi I.I. 
Mechnikov kashf etgan. Organizmni mikroorganizmlarda himoya qilishda qon yaratish 
organlarining roli katta, bu vaqtda ular ko‘plab leykotsit ishlab chiqaradi. 
Trombotsitlar. Trombotsitlar miqdorini aniqlash 
Trombotsitlar (yunon. thrombos — laxta va kytos — hujayra) — qondagi shaklh 
elementlardan biri trombotsit diametri 2—5 pm keladigan tanachalar bo'lib, ular qon 
plastinkalari deb ataladi. 
1 mkl qonda 180—320 ming trombotsit bo'ladi. Ular ko'mikda ishlanib chiqadi. Qon 
plastinkalari osonlik bilan yemiriladi va qonning ivishida ishtirok etadi. 
Qon tomirlar jarohatlanganda trombotsitlar xuddi shu joyga to'planadi va o'zaro 
birikib, qonni quyultiradigan maxsus modda ajratadi: natijada laxta qon (tromb) hosil 
bo'ladi va qon oqishi to'xtaydi. Qon ketganda, operatsiyadan keyin organizmning himoya 
reaksiyasi sifatida qonda trombotsitlar soni ortadi: ba’zan trombotsitlaming ortishi yurak 
bo'shliqlarida va qon tomirlarda tromb hosil bo'lishiga olib kehshi mumkin, bunday holat 
ko'proq vena- laming varikoz kengayishi yoki ularning yallig`lanishida kuzatiladi. 
Trombotsitlar soni kamayishi ham mumkin, masalan, ayrim dorilarga nisbatan 
sezuvchanlik 
yuqori 
bo`lganda, 
ba’zi 
kimyoviy 
moddalardan 
zaharlanganda 
trombotsitlaring 
ko'plab 
yemirilishi 
kuzatiladi, 
bunda 
salga 
qon 
oqaveradi. 
Trombotsitlaming kamayishi fiziologik bo'lishi ham mumkin, masalan, kishi uxlaganda, 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
232 
ovqatlangandan keyin, hayz ko'rganda trombotsitlar kamayadi. 
Qon guruhlari. Qon guruhini aniqlash 
Qon guruhlari — bu qonning nasldan naslga o‘tadigan belgilari. Ana shu belgilar 
asosida barcha odamlar qoni (irqi, yoshi va jinsidan qat’i nazar) guruhlarga bolinadi. 
Odamning u yoki bu qon guruhiga mansubligi uning individual biologik xususiyati bo‘lib 
hisoblanadi (ona qomidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi, keyingi butun hayoti 
davomida o'zgarmaydi). 
Eritrotsitlar (qizil qon hujayralari) tarkibidagi izoantigenlar — izoantigen A va 
izoantigen В, shuningdek, me’yorda ba’zi odam- laming qon zardobida bo'Iadigan 
izoantitelolar—izoantitelo a va izoantitelo (3 ko‘p amaliy ahamiyatga ega omillar 
hisoblanadi. Odam qonida faqat turli xil izoantigenlar va izoantitelolar (masalan, /1+(i va B+ 
a) boMadi, chunki bir xil belgidagi izoantigenlar va izoantitelolar uchrashsa (masalan, A va 
a), eritrotsitlar bir-biriga yopishib, odam o‘lib qoladi. 
Odamlar qonida Ava Вizoantigenlar, shuningdek, a va p izoantitelolar bo‘lishiga qarab, 
ularni shartli ravishda harflar hamda raqamlar bilan ifodalab, to‘rt guruhga bo`lish mumkin: 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin