МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
38
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA'LIM ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY
ASOSLARI
Muxamedova Sitora
Buxoro
davlat universiteti
Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi
II bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6158659
Annotatsiya:
Maqolada zamonaviy ta’limning ustuvor qismi hisoblangan shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy
asoslari, zamonaviy istiqbollari ochib berilgan. O‘zlashtirish jarayonida
tashkil etiladigan
darslarning yangicha texnologiyalar asosida, kreativ yondashgan holda tashkil etish, qay
darajada samarali ekanligi ifodalangan.
Kalit so‘zlar:
Kreativ qobiliyat, kreativlik, ijodiy, intellektual, moslashuvchanlik,
zamonaviy ta’lim, yaratuvchanlik, yondashuv, metodlar, kreativ fikrlash.
Kirish.
Biz yashayotgan olam kundan – kunga tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib,
rivojlanib bormoqda. Har bir sohada kun talabiga mos holda ish yuritish talab etilmoqda. Shu
jumladan o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o‘qituvchilarga ham ko‘plab talablar va
mas’uliyat yuklanmoqda. O‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar
nima bilan yashayotganini
tushinishi hamda ularga mos holda bo‘lishi darkor. Yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish
maqsadida juda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bilimli, salohiyatli, kreativ
qobiliyatga ega,
mustaqil fikrlovchi, zamon bilan hamnafas kadrlar, albatta, yurtimizning
ertasini ta’minlaydi. Ta’limda izchil o‘zgarishlarni amalga oshirishdan maqsad ham, ana
shunday kadrlarni yaratishga qaratilgan.
Bugungi kunning zamonaviy o‘quvchisi kreativ qobiliyatni
rivojlantirishga qaratilgan
ilm dunyosida yashayapti. Taraqqiyot bilan bir xil qadam tashlayotgan o‘qituvchilarning
ko‘pchiligi bugun o‘qitish jarayonida shaxslarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda aqliy va
ruhiy jihatdan kamol topishi lozim.
Asosiy qism.
Intellektual-ijodiy qobiliyatlar shaxsning ta’sirchanligi, predmetni idrok
qilishning kuchliligi va yaxlitligi, u to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishligi,
tafakkur
o‘zgaruvchanligi va tezkorligi (tez, xilma-xil, o‘ziga xos),
mantiqiy va savodli mulohaza yuritish, asosiy kreativ fazilatlar majmui bo‘lib, nafaqat yuksak
ijodiy rivojlanishni, balki umuman shaxs rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Kreativ
qobiliyatga egalik har qanday faoliyatdagi muvaffaqiyat garovi bo‘lib, kishilar bilan
muloqotdagi, kundalik faoliyatdagi yutuqlar omilidir.
O‘quvchilar “intellectual” ijodiy – kreativ faoliyati katta ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga
ega bo‘lib, u barkamol avlodning bazaviy sifatlari va qobiliyatlarini
rivojlantirish va
takomillashtirishning omilidir. Zero, intellektual-ijodiy rivojlanish “shaxs”ning ma’naviy
sohasi bilan bog‘liq. Bu faol faoliyat jarayonidagi axloqiy, intellektual va estetik talablar va
manfaatlarning shakllantirilishi va qanoatlantirilishidir.