Metall keskich asboblar bilan ishlov berish
Ma’lumki, tanavorlarga turli keskich asboblar bilan ishlov beriladi.
12.1-rasm. Metall keskichlar bilan (a)- tashqi va (b)- ichki yо’nish
Кeskichlar bilan ishlov berganda: shilib olish, qora (dag’al) ishlov berish,
yarim toza va toza ishlov berish usullariga ajratiladi (12.1-rasm).
Berilgan tanavor aniqligiga binoan, ayrim hollarda bir marta ishlov berish
bilan ham chegaralaniladi. Aniq о’lchamlar olish va yuqori sifatli toza yuzalar olish
uchun nozik yupqa ishlov berish ham qо’llaniladi.
Shilib ishlov berish usuli asosan еrkin bolg’alangan, ayrim hollarda 3 sinf
aniqlikdagi quyma tanavorlarga qо’llaniladi. Shilib olish bilan qora tanavorning
fazoviy og’ishi va shakl xatoliklarini kamaytiriladi. Shilib ishlashda tanavorlar
о’lchamlari: Bolg’alangan tanavor uchun 13-14 kvalitet, quyma uchun 12-13
kvalitet aniqlik olinadi. Shilib ishlov berishda tanavor yuzasining ba’zi-bir joylarida
ishlov berilmay qolingan qoraliklariga ruxsat еtiladi. Yirik tanavorlarga shilib ishlov
berish kо’pincha, shu tanavor tayyorlab chiqaruvchi sexlarda yoki zavodlarning
о’zida bajariladi va sо’ngra asosiy mexanik ishlov beruvchi zavod va sexlarga
keltiriladi. Bu holda tanavor yuzalaridagi nuqsonlari (deffektlari) shu chiqariluvchi
joylarda aniqlanib, uning og’irligi ham kamayadi. Natijada tashish uchun transport
qulayligi yaratiladi.Sexlardan tashqarida uzoq yotishi natijasida tabiiy qarish
(eskiish) muddati anchagina uzayishi mumkin.
Qora ishlov berish, shilib ishlov berishdan keyin, yirik shtampda bolg’alangan 3
va 2 guruh tanavorlar uchun va 2-sinf aniqlikdagi yirik quyma tanavorlar uchun
qо’llaniladi. Birinchi holda qora ishlov berish 11-13 kvalitet aniqlikni, ikkinchi
holda еsa 10-11 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi. Qora ishlov berishda yuzalar g’adir-
budirliklari R
z
=360-80 mkm gacha oraliqda olinadi.
Yarim-toza ishlov berish, qora ishlov berishda qatlamlar tо’la olinishi mumkin
bо’lmagan holda yoki olinuvchi geometrik shaklning va еlementlar fazoviy
og’ishlarining aniqligiga yuqori talab qо’yilganda qо’llaniladi.
Yarim-toza ishlovda tanavorlar о’lchamlarining dopusklari 9-10 kvalitet
aniqlikda va yuza tozaliklari еsa Rz=160-40 mkm oralig’ida ushlanadi.
Toza ishlov berish yoki oxirgi ishlov berish usuli sifatida yoki ishlov berish
oralig’idagi о’tuv sifatida pardozlov ishlov berishdan avval qо’llaniladi (yupqa
ishlov berish, jilvirlash). Toza ishlov berish undan oldin bо’lib о’tgan ishlov
berishga bog’lik holda 8-9 kvalitet aniqlikni va R
z
=40-20 mkm, Ra=2,5 mkm
g’adir-budirlikni ta’minlashi mumkin.
Tanavorga bir marotaba ishlov berish usuli. Tanavorlarni aniq tayyorlash (1
guruh aniqligida shtamplangan, qoliplarga quyilgan, еritib olinuvchi modellarga
quyilgan va sh.о’.) tanavorlar uchun qо’llaniladi. Bu qora yuzalar bо’yicha, toza
ishlov berish rejimiga yaqin bо’lgan rejimlarda bajariladi. Bunda 9-10 kvalitet
aniqlik va Rz=80-20 mkm g’adir-budirlik olinadi.
Dostları ilə paylaş: |