Metallarning kristallanishi. Metall allotropik shakl o‘zgarishlari reja



Yüklə 311,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.02.2023
ölçüsü311,46 Kb.
#83870
Metallarning kristallanishi. Metall allotropik shakl o‘zgarishla



METALLARNING KRISTALLANISHI. METALL ALLOTROPIK SHAKL 
O‘ZGARISHLARI
 
REJA: 
1. Metallarning kristallanish jarayoni 
2. Donlarning yirik va maydaligiga ta’sir etuvchi 
faktorlar. 
3. Metallarni ikkilamchi kristallash 
4. Metallarning allotropiyasining axamiyati. 
Tayanch tushunchalar: 
1. Fluktuatsiya xodisasi - bu atomlarni tо‘planib qolishi
2. Modifikator - qо‘shilgan qо‘shimcha elementlar 
3. Polimorfizm - kristall panjaralarning о‘zgarishi 
4. Allotropiya - alos - boshqa tropisi - burilish. 
Metallarning kristallanish jarayoni 
Ma’lumki xar qanday modda sharoitga kо‘ra gaz va qattiq xolatda bо‘lishi 
mumkin. Sof metallarning bu agregat xolatlarining о‘zgarishi muayyan temperaturada 
boradi. 
Metallarni suyuq xolatdan qattiq xolatga о‘tishi ularning birlamchi kristallanishi
deb aytiladi. 
Metallarning atomlari tartibsiz xarakatdagi suyuq xolatdan atomlari tartibli 
joylashgan qattiq xolatga о‘tish jarayoni kristallanish jarayoni deyiladi. 
1878 yildayoq rus olimi D.K.Chernov о‘zining kо‘p yillik ilmiy va amaliy 
kuzatishlariga asoslanib metallariing kristallanish qonuniyatini birinchi bо‘lib topdi. 
Uning kо‘rsatishicha metallarning kristallanish jarayoni о‘z navbatida ikki elementar 
jarayonini о‘z ichiga oladi. Ulardan biri kristallanish markazlarining xosil bо‘lishi, 
ikkinchisi esa xosil bо‘lgan markazlar atrofida kristallarning usishi. 
Metallar kristallanishida donalarning hosil bо‘lish sxemasi
Donlarning yirik va maydaligiga ta’sir etuvchi faktorlar. 
Ma’lumki metall xali suyuqligida uning atomlari uzluksiz, betartib xarakatda 
bо‘ladi. Temperaturasi pasaygan sari bu metall atomlarining tartibsiz xarakati susayib
ma’lum bir temperaturadan boshlab suyuq metallning ayrim uchastkalarida kelgusida 
kristallanish markazlari bо‘luvchi atomlar gruppasi modda tarkibidagi farq xisobiga 
vujudga keladi. Vujudga kelgan ana shu tug‘ma kristallanish markazlarining ba’zilari 
tartibsiz xarakatdagi boshqa atomlar bilan bombardimon qilinsa, ba’zilari bu sharoitda 
turg‘un bо‘ladi. Bu tug‘ma markazlar atrofida metallarning kristallanishi boshlanadi. 
Shuni aytish kerakki, erimagan turli oksidlar va metallmas zarralar xam kristallanishi


rolini о‘ynaydi. Kristallning dastlabki davrida vujudga kelayotgan kristallar ma’lum 
geometrik shaklda bо‘lib erkin о‘sib boradi. Ular bir-biridan о‘lchamlari va yunalishi 
bilan farq qiladi. о‘sayotgan bu kristallar bir-biri bilan tuqnashganda uning tо‘g‘ri 
geometrik shakli buziladi. U yо‘nalishi bо‘yicha kristallning erkin о‘sishi tо‘xtab boshqa 
tomondan kristall bilan tо‘qnashguncha davom etadi. Kristallanish tо‘la tugagandan 
sо‘ng turli shakldagi va о‘lchamlari turlicha yunalgan donlar xosil bо‘ladi. Bu
donlar о‘lchamlari krisstallarning о‘sish tezligi (kt) va kristallanish markazlari (ms) 
soniga bog‘lik. 
Quyidagi rasmda kristallarning usish tezligi va markazlar soni о‘ta sovish darajasi 
( n ) ga bog‘liqligini kо‘rsatiladi. 
Metallarning kristallanish qonuniyatlarini о‘rganish, ularning xossalarini 
yaxshilash yullarini kо‘rsatadi. Masalan, metal donasini maydalab xossalarini yaxshilash 
maksadida suyuq metallga ma’lum mikdrrda ligerlovchi elementlar nikel, xrom, mis 
elementlari qо‘shilib, ligerlangan qotishmalar olinsa, ba’zi 0,7% gacha seriy yoki 
magniy (modifikator) qо‘shilib modifikatsiyalashgan sifatli qotishmalar olinadi. 
Metallarni ikkilamchi kristallash 
Bir metallning xar xil sharoitda (bosim о‘zgarmas bо‘lsa, xar xil temperaturada) 
turlicha kristall panjara xosil qila olish xususiyatini allotropiya, boshqacha aytganda 
polimorfizm deb ataladi.
Bir metallning xar xil kristall turlari uning alotropik shakl о‘zgarishlari yoki 
modifikatsiyalari deyiladi. Metallarning alotropik shakl о‘zgarishlari grek xarflari α,β, 
γ, δ va boshqalar bilan belgilanadi. Allotropik shakli о‘zgarishi bir temeraturaning 
о‘zida sodir bо‘ladi. Metallning alotropik shakl о‘zgarishi sovitish vaqtida sodir bо‘lsa 
issiqlik ajralib chiqadi. qizdirish vaqtida sodir bо‘lsa, issiqlik yutiladi. 
Qattiq xolatdagi metalda sodir bо‘ladigan alotropik о‘zgarishlar vaqtida kristall panjara 
shakli va turining о‘zgarishi ikkilamchi kristallanish yoki kayta kristallanish deb 
ataladi. 
 
Metallarning allotropiyasining axamiyati 
Metallarda bо‘ladigan allotropik shakl о‘zgarishlarning amaliy axamiyati
katta, chunki xar xil modifikatsiyada bu oladigan metallning xossalari allotropik 
shakl о‘zgarishlariga bog‘liqdir. 
Metall va qotishmalarni termik ishlash usullari ularning ma’lum sharoitda bir 
modifikatsiyadan (ichki tuzilishdan) ikkinchi modifikatsiyaga о‘tish xususiyatiga 
asoslangan metallarni termik ishlab, ularning xossalarini zarra tomonga uzgartirish 
mumkin. 


Temirning suyuq holatidan uy temperaturasigacha sovib borishida allotropik shakl 
о‘zgarishidagi krigik temperaturalar grafigi 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Metallarning kristallanish jarayoni qanday sodir bо‘ladi? 
2. Xosil bо‘lgan donlarning о‘lchamlari nimalarga bog‘liq? 
3. Allotropiya xodisasi deb nimaga aytiladi? 
4. Metallarning allotropiyalanish axamiyati nima? 

Yüklə 311,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin