Metod birlashmalar va fan uyushmalari faoliyati
Kirish:
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fan metod birlashmalariga uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ta’lim-tarbiya jarayoning dolzarb ehtiyoj va muammolarini aniqlab, pedagoglarning ehtiyoj talablari asosida mahoratini oshirish, rivojlantirish yo’llarini belgilab olish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, targ’ib qilish, ta’lim samaradorligini oshirishda o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsatish, metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, tahlil qilish, ta’lim sifatini oshirish va takomillashtirishga oid tavsiyalar yaratish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Uzluksiz metodik xizmat yo’nalishida olib borilayotgan ishlarni izchil yo’lga qo’yish, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida uning tuzilmalari me’yoriy hujjatlar bilan takomillashtirib borilmoqda.
Fan va yo‘nalish bo‘yicha metodbirlashmalarning vazifalari va ish mazmuni
Respublikamizda ta’lim islohotlari, keng qamrovli yangilanish jarayonlari amalga oshirilayotgan hozirgi bosqichda ta’limning zamonaviy metod va usullarini amaliyotga tadbiq etishga alohida e’tibor berayotgan hamda o‘quv fanlaridan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda maktabda tashkil etilgan fanlar bo‘yicha metodbirlashmalarning faoliyati nihoyatda ma’suliyatlidir. O‘qituvchilarning kasbiy saviyasi, mahorati va psixologik xususiyatlari shaxs sifati va metodik ta’minoti darajasini birinchi bo‘lib aniqlovchi, umuman o‘qituvchi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi eng quyi markaz maktab metod birlashmalari hisoblanadi.
SHunday ekan maktab metodbirlashmasi tizimli muntazam keng ko‘lamli, maqsadga yo‘naltirilgan holda ish olib borishi lozim.
Metodik birlashmalar o‘qituvchilarga yordam beruvchi, ilg‘or tajribalarni ommalashtiruvchi mahorat maktabidir. Metodbirlashmalar faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirilib, metodbirlashmalar faoliyati maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan rahbarlik qilinayotgan metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. Har bir metod birlashma raisi metodik kengash a’zosi hisoblanadi.
Maktab metodbirlashmasi o‘quv rejasidagi fanlar tarkibiga hamda o‘quvchilar soni tarkibiga qarab ikki xil variantda tuzilishi mumkin. O‘qituvchilar soni uch va undan ortiq bo‘lsa, har bir fan bo‘yicha alohida-alohida, o‘qituvchilar soni oz miqdorda bo‘lgan fanlardan esa bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar fanlar turkumi bo‘yicha tashkil etiladi.
Masalan: gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar, xorijiy tillar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, estetik fanlar, sinfdan tashqari ishlar sinf rahbarlari metodbirlashmalari kabilar.
Maktabning har bir o‘qituvchisi o‘rindoshlikda ishlayotgan o‘qituvchi ham o‘z yo‘nalishi yoki fani bo‘yicha metodbirlashma a’zosi bo‘lishi shart.
Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashmalar faoliyati o‘ziga xos bir jarayon bo‘lib, u fan ta’limi samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam berish, fan to‘garaklarini tashkil etish, darslardan tashqari vaqtda turli tadbirlar o‘tkazish, darslik mualliflari, yozuvchilar, kasb ustalari boshqa soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli ko‘rik-tanlovlar va bellashuvlar o‘tkazadi. SHuning uchun har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha amalga oshirishda ta’lim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, pedagogning o‘z mahoratini ko‘rsatish uchun sharoit hosil qilish, ijodiy izlanishga undash, har bir metodbirlashma rahbarlarining asosiy vazifalardan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi fan Metodbirlashmalari to‘g‘risida
N I Z O M
Mazkur Nizom ta’lim muassasidagi fan va yo‘nalishlar bo‘yicha metodbirlashmalarni tashkil etish va ularning amalga oshiradigan faoliyat mazmunini belgilaydi.
I.Umumiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha metodbirlashmalari faoliyat ko‘rsatadi. Metodbirlashma–umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metodik xizmat ko‘rsatish tuzilmasining bir bo‘limi hisoblanadi.
2. Metodbirlashma ishi maktab pedagogika kengashi qarori asosida tashkil etiladi, uning ish rejasi metod kengash tomonidan tasdiqlanadi.
3. Metodbirlashmalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda xalq ta’limi boshqaruvi organlari va ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
II. Metodbirlashmaning asosiy maqsadi
4. Metodbirlashmalar o‘z-o‘zini boshqarish shaklida tashkil etilib, quyidagi maqsadni amalga oshiradi:
o‘qituvchilarning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirish;
o‘quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishini ta’minlash borasida o‘zaro tajriba almashish;
ijodkorlik yo‘nalishidagi izlanishlarni rivojlantirish va birlashtirish;
o‘qituvchining darsiga, tarbiyaviy soatiga, darsdan tashqari tadbirlariga qo‘yiladigan yagona talablarni ishlab chiqish va ta’lim-tarbiya jarayonida tatbiq etilishini ta’minlash.
III. Metodbirlashmalarining asosiy vazifalari
5. Tegishli yo‘nalish yoki o‘quv fanini o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib beradi.
6. O‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy- ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi.
7. Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzu rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi, shuningdek o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan nazorat materiallarini tasdiqlaydi.
8. Malaka oshirishga yuboradigan o‘qituvchilarni oldindan rejalashtiradi, malaka oshirishdan qaytgan o‘qituvchilarning hisobotini o‘z vaqtida metodbirlashma yig‘ilishlarida tinglab boradi va ularning taqdimotlarini tashkil etadi.
9. Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qiladi va ommalashtiradi.
10. Davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlari bajarilishining ta’minlanishiga metodik yordam ko‘rsatadi.
11. Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, DTS talablari bajarilishida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
12. Tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi.
13. O‘quvchilarga chuqur bilim berishi, ko‘nikma va malakalarni shaklantirishga yordam berish maqsadida o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etishni tashkil qiladi.
14. O‘zaro dars kuzatishlarni tashkil qiladi, natijalarni tahlil qiladi va mutaxassislarga amaliy yordam beradi.
15. O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi..
16. O‘quv jarayoniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kiradi, o‘quv fani bo‘yicha yangiliklarni qo‘llashga doir metodik ko‘rsatmalar berib boradi.
17. YOsh mutaxassislarga metodik yordam ko‘rsatadi. Ustoz-shogird tizimini shakllantiradi.
18. Ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar beradi.
19. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir yo‘llanmalar beradi.
20. O‘quv dasturi, darslik, metodik qo‘llanma va boshqa metodik ishlarning yangi nashrlarini, shuningdek, fanga doir maqolalarni o‘rganadi va muhokama qiladi.
21. Nazorat turlariga doir metodik ko‘rsatmalar beradi va ular asosida nazorat topshiriqlarini ishlab chiqishni tashkil etadi.
22. O‘qituvchilarning malaka oshirish, axborot almashuv tizimini hamda o‘z ustida ishlashini yanada yaxshilash maqsadida ijodiy xizmat safarlari bo‘yicha hisobotlarini eshitadi.
23. Fan o‘qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qiladi, shuningdek, attestatsiya jarayonida o‘z xulosasini beradi.
24. O‘quvchilarning DTS va o‘quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini, mavjud mezonlarga rioya etishni nazorat qiladi.
25. Fanlar bo‘yicha maktab miqyosida oyliklar tashkil qiladi, fan olimpiadalarining birinchi bosqichlarini, ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazadi.
26. Fanlar bo‘yicha sinfdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlarni muvofiqlashtiradi.
27. Fan o‘qituvchilarining metod birlashmasi o‘quv kabinetlari holatini kuzatadi va uning rivojlanishini rejalashtiradi.
28. Fan o‘qituvchilarining metod birlashmasi-fan bo‘yicha sinfdan tashqari ish tizimini aniqlaydi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun metodik yo‘riqnoma, ishlanma ishlab chiqadi.
29. O‘quvchilarning dars jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish talablarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
30. Fan bo‘yicha iqtidorli ijodkor o‘quvchilarni aniqlaydi va ular bilan alohida ishlashni tashkil qiladi.
31. Metodbirlashma quyidagi masalalarni amalga oshiradi:
ta’lim to‘g‘risidagi me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganish;
maktab ixtiyoridagi fanlarni tanlash;
Dostları ilə paylaş: |