Metrologiya (yunoncha: metron — o’lchov va logos — ta’limot) — o’lchovlar, ularning bir xilligini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan; fizika bulimi



Yüklə 30,5 Kb.
tarix23.07.2023
ölçüsü30,5 Kb.
#137180
Metrologiya


Metrologiya (yunoncha: metron — o’lchov va logos — ta’limot) — o’lchovlar, ularning bir xilligini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) o’lchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) o’lchash usullari va vositalari; g) o’lchashlar aniushgi (o’lchashlar noaniqligi nazariyasi, o’lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yo’llari; d) o’lchashlar bir xilligini ta’minlash; ye) etalonlarni yaratish; j) o’lchash vositalari va o’lchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar o’lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o’lchash vositalariga o’tkazish usullari.
Dastlab, M. turli o’lchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sig’im va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda ko’llaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, o’lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada ta’sis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo ob’yektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi o’ziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. O’lchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga o’lchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: o’lchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, o’lchash vositalari va usullari, o’lchash sharoitlari, o’lchash natijalarini tahlil qilish va o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar va umumlashmalar kiradi.
M.da o’lchanadigan kattalik ob’yekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, ya’ni xususiyat sifatida kator ob’yektlar uchun umumiy va u bir ob’yekt uchun boshkasiga Karaganda ma’lum son marta katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (ob’yektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir ob’yekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; ob’yekt uchun kattalik tushunchasi aniq bo’ladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni o’lchash mumkin. Katallikka ob’yektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv bo’yicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil o’lchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel bo’yicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga o’tildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari ko’riladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qo’llaniladi. Nazariy M. o’lchashlar anikligi (o’lchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bag’ishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa bo’limlaridan keng foydalaniladi.
O’lchashlarning bir xilligiga erishish uchun qo’llaniladigan barcha o’lchash vositalari to’g’ri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan o’tkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — o’lchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning o’lchamlarini boshqa o’lchash vositalariga o’tkazish uchun mo’ljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qo’llanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yo’llarini, shuningdek, birliklar o’lchamlarini o’tkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham o’rganadi.
Qonunlashtiruvchi M. — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, o’lchashlar va o’lchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bog’liq masalalarni ko’radi. Davlatlarda o’lchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada ta’minlash va saqlab turish uchun M. bo’yicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.
Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin