Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə1/7
tarix25.04.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#102530
  1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu


17-MAVZU. MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI BOSHQA DAROMAD KO’RSATKIChLARI
1. Dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti
Bozor munosabatlari amal qilayotgan iqtisodiyotda daromad kategoriyasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni ikki miqyosda ko’rib chiqish mumkin: makromiqyosa va mikromiqyosda. Mikromiqyosdagi daromadlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy jarayonlarda qatnashishi natijasida olgan ixtiyoriy daromadlardan iborat bo’lib, ularning hisobi buxgalteriya hisobida to’liq aks ettiriladi. Makromiqyosdagi daromadlar buxgalteriya hisobidagi daromadlarga mos kelmaydi va ularni mikromiqyosdagi daromadlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’shish orqali hosil qilib bo’lmaydi.
MHT-93 da qo’llaniladigan daromad kontseptsiyasi ingliz olimi Jon Xiksning daromad ta’rifiga asoslanadi. Uning “Qiymt va kapital” asarida keltirilgan daromad ta’rifining asosiy mohiyati quyidagicha: “Ma’lum davr boshida mavjud bo’lgan kapitalning qiymatini davr ohirida saqlab qolgan holda iste’mol uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha mablag’larning maksimal yig’indisi – shu davrda hosil bo’lgan daromaddir”. Ya’ni aholining qashshoqlashmasdan yoki qarzg botmagan holda iste’moli va jamg’arishi uchun sarflanadigan mablag’lardir.
Jon Xiks nazariy tahlilga daromadning ikki kategoriyasini kiritadi, ya’ni kutilgan tushumlar (ex-ante) va haqiqiy tushumlar (ex-post). Uning fikriga ko’ra makroiqtisodiy tahlilda daromadlrning 1-kategoriyasidan foydalanish zarur, chunki kutilgan tushumlar real daromadlarni aks ettirib, haqiqiy tushumlar dan inflyatsiya va boshqa omillar natijasida aktivlar qiymatining o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi.
Jon Xiksning daromadlar kontseptsiyasidan bir necha xulosalar kelib chiqadi.
Birinchidan, har qanday pul tushumlari daromad bo’la olmaydi. Albatta mahsulot sotishdan tushgan tushumning ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun sarflangan qismini daromad deb bo’lmaydi.
J.Xiks kontseptsiyasining daromad ta’rifida faqat takror ishlab chiqariladigan kapiltni hisobga oladi. Biroq, daromadning shakllanishda takror ishlab chiqarilmaydigan kapitalni ham hisobga olish zarur (er, tabiiy resurslar va hokazo).
Masalan, biror kishi sotilgan uyidan olingan mablag’ni bankka qo’yib, shu mablag’dan tushgan foiz hisobiga yashyotgan bo’lsa, uyni sotishdan olingan mablag’ daromab bo’la olmaydi, chunki bu holada aktivlar shaklining o’zgarishi sodir bo’ladi, ya’ni aktiv moddiy shakldan moliyaviy shaklga o’tadi. Bankdan olingan foizlar esa, aynan daromad hisoblanadi.
Agar sotilgan uydan olingan mablag’ning bir qismi iste’mol tovarlarini sotib olishga sarflansa, bu holda daromad nolga teng bo’ladi va jamg’arma shu sarf etilgan qismga kamadi. Agar iste’mol tovarlarini sotib olish uchun qarz yoki kredit olingan bo’lsa, bu holda ham daromad nol darajada qayd etiladi.
Ikkinchidan, naqd pullarning ko’payishi, yoki bankdagi depozitlar va boshqa moliyaviy aktivlaring ko’payishini jamg’armaning ko’payishiga tenglashtirib bo’lmaydi, chunki moliyaviy aktivlarning ko’payishi, yoki aktiv shaklining o’zgarishi sababli ro’y berishi mumkin. Masalan, naqd pulning ko’payishi aktsiyalarni sotish evaziga yoki qarz olish evaziga ko’payishi mumkin, yoki jamg’armaning bir qismi moddiy aktivlarni sotib olishga sarflanishi mumkin. Bu holda ixtiyordagi daromad tarkibida pirovard iste’mol xarajatlari hajmining ortishi va jamg’arma hajmining kamayishi sodir bo’ladi.
Uchinchidan, tasodifiy sabablar ta’sirida yoki tashqi omillar ta’sirida kapital qiymatining ortishi daromad bo’lib hisoblanmaydi, masalan, inflyatsiya natijasida aktivlar qiymatining ortishi, metro qurilganligi sababli uning yonida joylashgan uy bahosining qimmatlashishi va boshqalar.
Demak, har qanday moddiy aktivlarning moliyaviy aktivlarga aylanishi, moilyaviy aktivlar shaklini o’zgarishi, aktivlar qiymatining inflyatsiya natijasida o’zgarishi daromad bo’libhisoblanmaydi.

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin