Milliy tarbiyaning ijtimoiylashuv jarayonida Ilg’or o’qituvchilar tajribasining ko’rsatishicha, o’quvchilar ahil jamoa bo’lib uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo’ladi va muvaffaqiyati ta’minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog’lom jamoada o’quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’ladi va tarbiya jarayonida o’qituvchilarning tayanchiga aylanadi.
O’z manfaatini jamiyat manfaatlari bilan qo’sha bilish, bir-biriga o’zaro yordam berish kabi qimmatli fazilatlar avvalo jamoada shakllanadi. O’quvchilar jamoasida har bir shaxsning kamolga yetishi, hamda sinfda va umuman maktabda do’stlik rishtalarini mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratmoq darkor. SHuni ham aytish kerakki, ba’zan tarbiya jarayonida jamoa bilan shaxs o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga ham to’g’ri keladi.
O’quvchilarda jamoa manfaatini ko’zlash, jamoatchilik hissi, avvalo birgalikda o’qish va mehnat qilish jarayonida mustahkamlanadi.
O’qituvchi va tarbiyachi o’zining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt o’quvchilar jamoasiga va ular orasidagi faol o’quvchilarga tayanmog’i, o’quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoachilik ruhini singdirib borishi lozim.Tarbiyachi awaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zining bu talabini unutib qo’ysa yoki keyingi ishlarida o’zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hoi tarbiyaga yomon ta’sir etadi. Biz bunday tarbiyachini o’z so’zida qat’iy turmaydigan kishi, deb ataymiz. U bolalarga topshiriq berib: «Bilib qo’yinglar, topshirilgan vazifani albatta tekshirib, tegishli bahoni qo’yaman», deb ogohlantiradi. Lekin bolalarning topshiriqni bajargan yoki bajarmaganlarini aslo tekshirmaydi. Bolalar tartibni salgina buzsalar, u ko’p do’q-po’pisa qilib, ularga qarshi turli choralar ko’rajagini aytadi-yu, ammo amalda hech qanday chora ko’rmaydi. U, biror qiziq tadbir o’tkazishni bolalarga va’da qiladi-yu, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo’yadi, bolalarda bunday tarbiyachiga izzat va hurmat paydo bo’lmaydi. Har bir pedagogning so’zi bilan ishi bir xil bo’lishi kerak. U o’z ishida va so’zida izchil bo’lmog’i lozim. Har bir tarbiyachi uchun bu narsa qonun sifatida tan olinishi shart.
Bolalarga birdaniga juda ko’p talab-qoidalarni taqdim qilish mumkin emas; bolalarni xulq va yurish-turish ko’nikmalariga o’rgatgan vaqtda ham xuddi o’quv predmetlari mazmuniga kiradigan ko’nikmalarni o’rgatishdagi tadrijiylik va tizimlilikka rioya qilish kerak. SHunday qilinsa, bolalar xulqiy ko’nikmalarni puxta, mustahkam o’zlashtiradilar.
Boshlang’ich ta’lim mohir pedagoglari ish tajribalarining ko’rsa-tishicha, qaerda o’quvchilarga yuksak talabchanlik, hurmat, muhabbat, ishonch kuchli bo’lsa, o’shaerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.
Bolaga mehribonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch qo’shadi, o’ziga bo’lgan ishonchni yanada orttiradi, bu, ayni chog’da, o’quvchilarda o’z o’qituvchisiga nisbatan hurmat, ishonch va mehribonlik uyg’otadi. Zotan, bolalar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’la ishonadilar. Mana shunday o’qituvchining bolalarga tarbiyaviy ta’siri kuchli bo’ladi, uning obro’yi ortadi. Agarda o’qituvchi o’z o’quvchilarining kuchiga va imko-niyatiga ishonch bilan qarasa, ular bu ishonchni oqlashga intiladilar.
O’qituvchi va tarbiyachilarning o’quvchiga nisbatan haddan tashqari talabchan va qattiqqo’l bo’lishi ham, va aksincha, bolalarga bo’sh muomala qilishi ham yaramaydi.O’qituvchi va tarbiyachilar o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lishlari va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishmoqlari lozim. Bu esa bolalarni kattalar tomonidan qo’yilgan oqilona talablarni o’z vaqtida bajarishga odatlantiradi. SHu bilan birga, bolalar o’zlariga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.Tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan o’qituvchilar, ota-onalar, bolalar va yoshlar tashkilotlari hamda barcha jamoatchilik tomonidan bir xilda talab bo’lishini, ya’ni talabda birlik bo’lishini ta’min etish g’oyat muhimdir.Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, o’qituvchilar bilan ota-onalar o’quvchilarga bir xilda talab qo’yishni ta’min etishlari kerak. Ota-onalar ham, o’z navbatida, bolalarni tarbiyalashni maktab bilan mustahkam aloqada olib borishlari hamda bolalarga nisbatan maktab bilan birga bir xil talab qo’yishlari lozim. Oila a’zolari: ota-ona, aka-uka, opa-singil va boshqalar o’rtasida ham bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda birlik bo’lishi zarurdir. Bolaning sinfdan-sinfga o’tishi, yoshining ulg’ayishi, saviyasining ortishi, dunyoqarash doirasining kengayib borishi bilan talablarning mazmuni va shakli ham o’zgarib, ortib boradi.
Xullas, o’quvchilarga nisbatan talabchan bo’lish, ularga samimiy muhabbat va hurmat bilan qarash qoidasini oqilona hamda mohirlik bilan to’g’ri qo’llanishi, o’quvchilarnig kuchiga, imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga - tarbiyaning muvaffaqiyatli borishiga yordam beradi.
Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini bolalik, o’smirlik, o’spirinlik pallalarini bosib o’tadilar. SHu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni o’rab olgan dunyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ularnig axloqi ham o’zgarib boradi. SHu yillar ichida bolaning axloqiy tuyg’ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o’rtasida uyg’unlik vujudga keladi, xarakteri tarkib topadi, o’z xulqi va xatti-harakatlarini ehtiyojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiyalanadi.Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko’ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham o’zgarib boradi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabdagi o’z asosiy vazifalarini: o’zini maktabda, uyda, ko’chada qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga namuna ko’rsatish, tushuntirish yo’li bilan singdiriladi.
Bolalarning yoshi ulg’aygan sari ularga talab ham orta boradi. SHu tufayli o’rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga suyanib ish ko’rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarning kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi.
Tarbiya berishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan tashqari, har qaysi bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning yoshi, bo’yi bir xil bo’lsa-da, ularnig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har xil bo’ladi. Bu farqlar bolalarning xulqida, o’qish va mehnatida aks etadi.
Bir o’quvchiga nisbatan muvofiq bo’lgan tarbiya uslubini boshqa bir o’quvchiga nisbatan qo’llaganda u kutilgan natijani bermasligi mumkin. Sinfdagi o’quvchilarning ba’zilariga oddiy tanbehning o’ziyoq samarali ta’sir ko’rsatadi, ammo boshqa o’quvchilarga tanbeh berishning o’zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir o’quvchi ayrim axloqiy fazilatlarni tezda uqib oladi va unga amal qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil sifatlarni o’zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar.
Ayrim o’quvchilar o’zlarining faolliklari, saranjom-sarishtaligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o’qituvchi va bolalar jamoasining ishonchi va hurmatiga sazovor bo’ladilar, boshqalari esa intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari bilan tezda «tanilib» qoladilar. Demak, har bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi, his-tuyg’ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish tarbiyani to’g’ri yoiga qo’yish imkoniyatini beradi. Avvalo, ta’lim va tarbiya bir maqsadni - barkatnol inson shaxsini tarbiyalashni nazarda tutadi. Ya’ni ta’lim ishi tarbiya bilan birga qo’shilib ketadi va bir-birini to’ldirib, mukammallashtirib boradi. Dars jarayonida olib borilgan tarbiyaviy ishlar sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bilan qo’shiladi. Bolalar bilan olib boriladigan har bir tarbiyaviy ish butun tarbiya ishlarining ajralmas bir qismi sifatida amalga oshirilgan taqdirdagina ta’siri kuchli bo’ladi. Tarbiya ishidagi izchillik va tizimlilik shundan iboratki, har bir tarbiya ishi maktabning umumiy tarbiyaviy rejasiga asosan ma’lum izchillikda amalga oshiriladi, oldingi ishlarning mantiqiy davomi sifatida tarbiya sohasida qilinayotgan ishlarni rivojlantiradi, mustahkamlaydi va yanada yuqori darajaga ko’taradi. Tarbiya berishda tizimlilik qoidasi tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarning - oila va maktab, bolalar va yoshlar tashkiloti, jamoatchilik, mahalla faollari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko’rishini nazarda tutadi. Tarbiya ishidagi bu hamjihatlik va hamkorlikni ta’min etishda maktab asosiy rol o’ynaydi. Maktab yuqorida aytilgan muassasalar bilan mustahkam aloqada bo’lib, tarbiya sohasida bahamjihatlikda ishlashga erishadi. Tarbiya jarayonida tizimlilik va izchillikni ta’min etadigan muhim shartlardan biri tarbiya sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallash va mustahkamlashda uyg’unlikka rioya etishdir. Tarbiyaviy ishlarning hammasida bolalarda mavjud bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va odatlarga hamda ularning turmush tajribalariga suyanish lozim. Har bir odam o’z hayot yo’lida qancha muvaffaqiyatlarga erishgan yoki imkoniyatlarni qo’ldan boy bergan bo’lsa, buning hammasiga, avvalo uning fe’l-atvori va olgan tarbiyasi sababdir.