Miqdoriy analizning fizikaviy va fizik kimyoviy usullari Reja



Yüklə 104 Kb.
səhifə1/5
tarix22.06.2022
ölçüsü104 Kb.
#62075
  1   2   3   4   5
Miqdoriy analizning fizikaviy va fizik kimyoviy usullari


Miqdoriy analizning fizikaviy va fizik kimyoviy usullari
Reja:

1. Fotometriya va kolorimetriya usulining mohiyati.



  1. Buger-Lambert- Ber konuni va uning fizik mohiyati

3. Eritmalarning rangini solishtirish usullari.
4. Kolorimetriyaning qo’llanilishi. Fe3+ ionini kolorimetrik usulda aniqlash.
Fotometriya va kolorimetriya usulining mohiyati.
Sifat analizining fizikaviy va fizika ximiyaviy usullari energetika, radiotexnika, radioelektronika, yarim o’tkazgich va lazerlar texnikasi,maxsus kotishma va ximiyaviy toza moddalar ishlab chiqariladigan sanoat soxalarida katta ahamiyatga ega. Ayniksa texnologik protsesslarni taftish etish va boshqarish borasida elektron xisoblash mashinalari bilan birgalikda miqdoriy analizning fizikaviy va fizika-ximiyaviy usullarining ahamiyati yanada oshadi. Fizikaviy va fizika-kimyoviy usullarni besh sinfga bo’lish maksadga muvofiqdir. Tekshiriluvchi birikmalarning optik xossalariga asoslangan spektral usullar. Analiz qilinadigan moddalarning elektr xosslaridan foydalanishga asoslangan elektr-ximiyaviy usullar. Moddalarning saylab adsorbtsiya qilishiga asoslangan xromotografik usullar. Ayni elementning radiaktiv nurlar chiqarishiga asoslangan radiometrik usullar. Ionlashgan ayrim atom, molekula va radiakallarning massalarinii aniqlashga asoslangan mass-spektrometrik usullar. Bu usullarning bayonotini optik usullardan boshlaymiz. Ular jumlasiga fotometriya (kalorimetriya) emission spektrial analiz adsorbtsion spektral analiz yorug’likning yoyilishiga asoslangan kombinatsion spektral analiz, turbidimetriya (ya‘ni loyka eritma orqali o’tadigan nur intensivligini ulchashga asoslangan usul ) nefelometriya, lyuminestsentsiya, fluorestsentsiya usullari kiradi.
Fotometriya va kalorimetriya usulining mohiyati.
Fotometrik analiz usullarining eng oddiy ko’rinishlaridan biri kalorimetriyadir. Bu usuldan foydalanib turli biologik materiallar yoki metallardan qo’shimcha tarzda bo’ladigan juda oz miqdordagi elementlarni aniqlash mumkin. Elementlarni bu qadar oz miqdorlarini tortma va xajmiy analizning odatdagi usullari bilan amalda aniqlash mumkin emas, chunki ularni eritmadagi kontsentratsiyalari yetarli darajada bo’lishi uchun tegishli moddalardan analizga juda ko’p miqdorda tortib olish kerak bo’ladi. Bunday xollarda kalorimetrik usuldan foydalanib juda tez va aniq natijalar olinadi. Kalorometrik analizda aniqlanayotgan ionning eritmadagi rangli birikmasi hosil bo’lishi tufayli paydo bo’ladigan rangning intensivligiga (och, to’qligiga) asoslanib usha ionnng miqdori haqida xulosa chiqariladi. Eritmaning rangi qancha intensiv (to’q) bo’lsa, ionning eritmadagi kontsentratsiyasi shuncha yuqori bo’ladi yoki aksincha. Kalorimetrik analiz-rangli eritmada yorug’lik spektrining ko’rinish soxasida yotuvchi no’rning yutilishi darajasini ulchashga asoslangan. Ko’pgina moddalarning eritmalari o’zi uchun harakterli rangga ega chunki ularning molekula yoki ionlari no’rni tanlab yutadi. Masalan [Fe (SCN)] 2+, [Cu (NH3)4] 2+, Cu2+,Ni2+, Co2+,Fe3+, Cr3+,CrO2-4,
MnO-4 kabi kompleks va oddiy ionlari bo’lgan eritmalar o’zining xususiy rangiga ega. Ba‘zi moddalar suvda erishi protsessida rang paydo bo’ladi. Ammo, ko’pchilik xollarda eritmani biror rangga kiritish uchun unga aniqlanadigan element ioni bilan ximiyaviy reaktsiyaga kirisha oladigan biror reaktiv qo’shishga to’g’ri keladi. Masalan temir Fe3+, ionini kalorimetrik usulda aniqlashda eritmaga temir (111) ionlari bilan qizilkon rangli birikma ya‘ni Fe(SCN)3 temir (111) rodanid hosil qiladigan modda-ammoniy rodanid NH4SCN qo’shiladi. Aniqlanadigan ionning o’zi rangli bo’lib, u yetarli darajada intensiv bo’lmagan xollarda ham eritmani biron rangga kiritadigan reaktivlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Masalan, mis (11) tuzlarning eritmalari xavo rang tusli bo’ladi. Ammo bu rang etarli darajada intensiv (to’q) emas. Shuning uchun Si2+ ionini kalorimetrik usulda aniqlashda eritmaga NH4OH ammoniy gidroksid ta‘sir ettirib Si2+ ionini intensiv zangori tusli kompleks ion [Cu (NH3)4]2+ ga o’tkaziladi. Tekshirilayotgan rangli eritmada yorug’likning yutilishini ulchab yoki rangining intensivligini aniqlanadigan ionning aniq kontsentratsiyali eritmasi rangining intensivligiga solishtirish yo’li bilan analiz qilinayotgan eritma tarkibidagi rangli modda kontsentratsiyasi aniqlanadi.



Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin