Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirishning nazariy, metodologik va xuquqiy asoslari
Muvofiqlashtirish usullari, institutlari, ularning o’zaro bog’liqligi va ta’siri
Jaxon tajribasi. Investorlar xuquqlarini himoyalash va korporativ boshqarish asoslari
O’zbekistonda moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish mexanizmi, uni xususiyatlari. Investorlar xuquqlarini ximoyalash va korporativ boshqarishning xususiyatlari
Qimmatli qog’ozlar bozorining o’ta murakkabligi va uning tez o’zgaruvchanligi, ishtirokchilar soning ko’pligi va xilma-xilligi, katta xajmlarda shartnomalar va amallarning bajarilishi, xar xil turdagi axborotlarning mavjudligi va ularning almashinib turishi xamda boshqa omillarning qimmatli qog’ozlar bozorida turli g\ayriqonuniy ishlarning yuz berishiga sabab bo\lishi mumkin. Bunday hol investorlarning manfaatlari va xuquqlariini poymol qilishga, ularning fond bozoriga nisbatan ishonchlarini kamaytirish, pirovard natijada esa bozorning nufuzini pasaytirishi mumkin.
Qimmatli qog’ozlar bozorining o’ta murakkabligi va uning tez o’zgaruvchanligi, ishtirokchilar soning ko’pligi va xilma-xilligi, katta xajmlarda shartnomalar va amallarning bajarilishi, xar xil turdagi axborotlarning mavjudligi va ularning almashinib turishi xamda boshqa omillarning qimmatli qog’ozlar bozorida turli g\ayriqonuniy ishlarning yuz berishiga sabab bo\lishi mumkin. Bunday hol investorlarning manfaatlari va xuquqlariini poymol qilishga, ularning fond bozoriga nisbatan ishonchlarini kamaytirish, pirovard natijada esa bozorning nufuzini pasaytirishi mumkin.
Shu sababli QQB davlat boshqaruvi vakolatli organlari tomonidan nazorat qilib turilaqi va boshqariladi.
MB (QQB) ni faoliyatini muvofiqlashtirishni asosiy tamoyillarini xorijiy moliya bozorlarini tashkil etish amaliyoti va zamonaviy xolatidan kelib chiqqan xolda ko’rib chiqish mumkin:
MB (QQB)ni davlat tomonidan tartibga solish tamoyili, ya’ni bozorni tartibga solishning butun sistemasini davlat tomonidan (o’z-o’zini boshqarish tizimini xam o’z ichiga oladi) tashkil etiladi, fuqarolarning xuquq va ularning manfaatlarini ximoyalaydi va shu bilan o’zining universal funksiyasini bajaradi.
Butun mamlakat xududida MBni muvofiqlashtirishning bir me’yoriy baza va rejim asosida boshqarish tamoyili
Davlatning aralashuvini minimallashtirish va o’z-o’zini tartibga solish ning maksimallashtirish tamoyili.
MB (QQB)ning barcha ishtirokchilari imkoniyatlarining tengligi tamoyili, ya’ni bunda
- alohida bozor ishtirokchilari uchun davlat rag’batlantiruvchi funksiyasini yo’qotadi;
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar MB ishtirokchilarining tengligini ta’minkaydi;
Bozorning professional ishtirokchilari xizmatlariga qo’yiladigan baxoni davlat tonidan tartibga solishdan voz kechadi;
MB rivojlanishi bilan bog’liq loyihalarni davlat tomonidan ochiqchasiga va tanlov asosida taqsimlanishini ta’minlaydi.
Bozorni tartibga solish tizimlari evolyutsion va rejali xarakterda rivojlanishi tamoyili, ya’ni davlat siyosatini uzoq muddatli yo’nalishlariga mos kelishi lozim.
Boy jaxon tajribasini ishlatish va MB larining globalizatsiyasi tendensiyalarini xisobga olish tamoyili
Davlat tomonidan QQBni boshqarish asosan ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:
Bozor faoliyatiga bevosita yoki ma’muriy ta’sir ko’rsatish
Bozor faoliyatiga bilvosita yoki iqtisodiy ta’sir ko’rsatish
Birinchi yo’lni qo’llashda davlat boshqaruvi vakolatli organlari quyidagilarni bajaradi:
Qimmatli qog’ozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni ro’yxatga olish, emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Emitentlar va qatnashchilarni qimmatli qog’oz bozori to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlash;
Mutaxassislarni attestasiyalash, investitsiya institutlari faoliyatini lisenziyalash va nazorat qilish;investorlar va qimmatli qog’ozlar bozorining boshqa ishtirokchlari bergan imkoniyatlarni ko’rib chiqish va qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari bajarishi majburiy bo’lgan xulosalar chiqarish.
Ikkinchi yo’l bilan bozorni boshqarishga quyidagilar qo’llaniladi:
Pul-kredit siyosatini yuritish va shu orqaki foiz stavkalariga ta’sir ko’rsatish;
Korporasiylar hamkorligida kredit uchun raqobat yo’lida davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi holatni inobatga olish.
Jaxon tajribasi shuni ko’rsatadiki, MB va QQB ni davlat tomonidan samarali boshqarish ikkita o’zaro bir-birini to’ldiruvchi bo’limlardan tashkil topgan: