Moliyaviy rejalashtirishning qanday turlari bo‘lishi mumkin? #strategik moliyaviy rejalashtirish; joriy moliyaviy rejalashtirish
Umumiy va eng oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda ... #moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi
Moliyaviy bashoratlash … #moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo‘ladi
Moliyaviy rejalashtirish nima? #moliyaviy resurslarning balansliligini va prorportsionalliligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat
Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi: #o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash
Nazorat organlarining yillik reja jadvali qaysi hukumat organi tomonidan ishlab chiqiladi? #Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash
Moliyaviy holatni baholash, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash – bu........................… #Rejalashtirish
Moliyaviy munosabatlarga oid iqtisodiy voqelikni yoki obyektni kelajakda rivojlanishini oldindan bashorat qilish, ilmiy-tahliliy usul – bu........................… #moliyaviy istiqbolni belgilash
Davlat boshqaruv organlari moliya rejasini qanday shaklda tuzadilar? #Byudjet shaklida
Reja va haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning o‘rtachasini kelgusi davr uchun rejalashtirish usuli – bu.........................… #Ekstrapolyatsiya usuli
Tasdiqlangan me’yor va normativlarga tayangan holda rejalashtirish usuli – bu.......................… #Normativ usul
Moliyaviy resurslarning shakllanish manbalari va ulardan foydalanishdagi bog‘liqlik hamda tenglikni ta’minlash asosida rejalashtirish usuli – bu.................................. #Balans usuli
Real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar oqimini aks ettiruvchi moliyaviy modellar ko‘rinishida rejalashtirish usuli – bu........................… #Matematik modellashtirish usuli