Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirishning mohiyati, uning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni abdulhay Qosimov



Yüklə 28,31 Kb.
səhifə1/5
tarix27.02.2023
ölçüsü28,31 Kb.
#85740
  1   2   3   4   5
9-15



Involta” Innovation Scientific Journal

Vol. 1 No.7 June (2022)


MONOPOLIYAGA QARSHI BOSHQARUV VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI, UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI


Abdulhay Qosimov

Farg’ona Davlat Universiteti o’qituvchisi e-mail: a.qosimov@pf.fdu.uz


Annotatsiya.


Mamlakatda zamonaviy bozor iqtisodiyoti rivojlanishi uchun raqobat shakllanishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalari saqlanib qolinishi, korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi.


Kirish.


Har bir davlatning iqtisodiyotida raqobatni shakllantirish, uni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilishiga qaramay, har qanday milliy iqtisodiyotda u yoki bu darajada bozorda monopoliya ham mavjud bo’lishi mumkin. Bu ilmiy yondashuvlarda raqobatni shakllantirish ko'plab iqtisodchi olimlar tomonidan bozorni tashkil etishning eng samarali shakli deb hisoblangan. lekin mukammal raqobat shakllantirish murakkab masala hisoblanadi. Bozorni tashkil etishda demak, “monopoliya”, “raqobat” yoki “sof monopoliya”, “mukammal raqobat” kategoriyalari shakllanadi hamda ularni o’rganish zarurati yuzaga keladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida monopoliyaga qarshi qonunlarni qabul qilish va hayotga tadbiq etish xayotiy zaruriyatdir. Chunki, bozorni rivojlanishiga va doimiy taraqqiy etishiga erkin raqobatgina asos bo’la oladi.



Yüklə 28,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin