Mundarija I. Bob. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi



Yüklə 70,29 Kb.
səhifə1/11
tarix21.10.2023
ölçüsü70,29 Kb.
#158492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mundarija I. Bob. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlak




MUNDARIJA


I.BOB. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi
1.1. XV asrda Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlarining tarixiy manbalarda aks ettirilishi …………….……………….9
1.2. Temuriy Shoxruh Mirzoning sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari ………………………………......………………………………....14
1.3. Temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbekning diplomatik munosabatlar tarixida tutgan oʻrni ……………………………………………………………………….17
II.BOB. XV asrda Temuriylar davlatining gʻarb mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarxi
2.1 Temuriylarning gʻarb davlatlari bilan siyosiy diplomatik munosabatlari ……23
2.2. XIV-XV asr Temuriylar saltanati tashqi diplomatik aloqalari tarixida sulton Mironshoxning tutgan oʻrni va roʻli ……………………………………………28
XULOSA…………………………………………………………………………32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI…………………………34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A Karimov tashabbuslari1, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomilashtirish toʻgʻrisida”gi 2 qarori va 2018-yil 16-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PQ – 2995 sonli qaroriga asosan arxivlarning ish faoliyati tubdan yaxshilash va undagi manbalarning yuz yillab yaxshi saqlanish masalasi, shuningdek, manbalarni elektronlashtirish toʻgʻrisidagi farmoyishi 3 tarix fani rivojining asosiy tamoyillari belgilab berildi.
Temuriylar davlatining diplomatiyasi va tashqi aloqalari xususida gapiradgan boʻlsak, Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash oʻz saltanati yorqin istiqbolini taʼminlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa va Osiyoni bogʻlashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda eʼtirof etilganidek, Amir Temur tarixda oʻz davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida oʻz maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yoʻli va harbiy tadbirlarni mohirona qoʻshib olib borgan. Xususan Amir Temur siymosi uning davlatimiz tarixida tutgan oʻrni, qilgan buyuk ishlari va jahonda tutgan oʻrnini haqqoniy tasvirlash yaqqol namozyon boʻla boshladi. Amir Temur va Temuriylar davlatining jahonda tutgan oʻrni va diplomatiyasi haqida ham alohida aytib oʻtsak boʻladi.Bu borada bugungi kunda ham koʻplab ilmiy ishlar qilinib kelmoqda.
Xususan 2018-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilishdagi nutqi4da Amir Temur va Temuriylarning diplomatiyasiga alohida toʻxtalib oʻtgan. Bundan necha ming yil avval yaratilgan bu surat qadim zamonlardayoq yurtimiz zaminida diplomatik anʼanalar shakllanganidan, ota-bobolarimiz uzoq-yaqin mamlakatlar bilan doʻst va hamkor boʻlib yashashga intilib kelganidan dalolat beradi.Yoki Amir Temur bobomiz va temuriylar saltanatini oladigan boʻlsak, ushbu sulola hukmronlik qilgan yillarda oʻlkamizda diplomatik munosabatlar naqadar yuksak darajaga koʻtarilganiga guvoh boʻlamiz.Sohibqiron bobomizning Fransiya, Angliya, Ispaniya, Vizantiya, Misr, Xitoy, Hindiston, Usmoniylar imperiyasi kabi koʻplab davlatlarning hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari va yozishmalari buni yaqqol tasdiqlaydi.Amir Temur saroyiga dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Yevropa davlatlaridan oʻnlab elchilar kelgani tarixdan yaxshi maʼlum.Oʻsha davr manbalarida 1389-1398 yillar oraligʻida, yaʼni, salkam oʻn yil ichida Amir Temur nomidan Xitoyga 9 marta elchilar borgani qayd etiladi.Ayni vaqtda Amir Temur va temuriylar saltanati nomidan Yevropa va Osiyo mamlakatlariga vakil boʻlib borgan, asli shahrisabzlik Muhammad Keshiy, shuningdek, Mavlono Hofiz, Gʻiyosiddin Naqqosh, Abdurazzoq Samarqandiy kabi elchilarning nomlari tarix sahifalarida saqlanib qolgan. Ularning hayoti va faoliyati, afsuski, hozirgacha chuqur oʻrganilmagan va oʻz tadqiqotchilarini kutib turibdi.
Tashqi ishlar vazirligi bunga eʼtibor qaratib, ushbu masalaning tarixiy ildizlari, mustaqillik davrida oʻzbek diplomatiyasining shakllanish jarayonlari haqida alohida bir kitob tayyorlab chiqarsa, bu soha xodimlari, avvalo, yosh diplomatlar uchun muhim qoʻllanma boʻlardi.Bu vazirlikka qancha odam rahbarlik qildi. Lekin ulardan birontasi ham bunga ahamiyat bermagani ularning faqat vaqtinchalik kayfiyat bilan ishlaganidan dalolat beradi.Vaholanki, diplomatiya, diplomatlik – oddiy kasb emas, balki insondan juda koʻp fazilatlarni talab etadigan noyob sanʼatdir.Amir Temur diplomatiyasi va uning buyuk davlati toʻgʻrisida yana koʻplab ma’lumotlar bor va diplomatiyasi va gʻarb va sharq mamlakatlari bilan aloqalari toʻgʻrisida ham yana koʻplab aytib oʻtishimiz mumkin. Temuriylar davlatining qoʻshni davlatlar bilan aloqalari toʻgʻrisida yana koʻplab tarixiy asarlarda ma’lumotlar berib oʻtilgan. Elchilik aloqalariga alohida e’tibor berilganligini koʻrishimiz mumkin. Koʻrinib turibdiki, mavzumiz dolzarbdir.

Yüklə 70,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin