MUNDARIJA I.Kirish…………………………………………………………………..……4-7 Asosiy qism I Bob.Niderlandiya qirolligida XVIII ning oxirida ijtimoiy siyosiy vaziyat asrlarda……………………………………………………………………..…8-10 1.1 Niderlandiya qirolligi XVIII asrda………………………………………..11-18
1.2 Niderlandiyada ijtimoiy hayoti…………………………………………....18-20
II Bob.Niderlandiya qirolligining XIX asrlardagi axvoli va siyosiy ahvoli2.1.Niderlandiya XIX asr birinchi yarmida……………………………………24-27
2.2 Niderlandiyadagi siyosiy vaziyatlar……………………………………….30-33
III.Xulosa………………………………………………………………………… IV.Foydanilgan adabiyotlar…………………………………………………… V.Ilovalar………………………………………………………………………….
Kirish Kurs ishining dolzabligi. “Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi.” Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz.” 1 Masalan, Yaponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday og‘ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Xo‘sh, ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar rivojlanishga erisha oldi? Axir, bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslar deyarli yo‘q-ku! Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin yapon va koreys xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas1. Niderlandiya Qirolligining 1954 yilgi Nizomi (Niderlandiya, Niderlandiya Antil orollari va Aruba oʻrtasidagi munosabatlarni, xalqaro munosabatlar, mudofaa, fuqarolik, chet elliklarga nisbatan siyosatni tartibga soluvchi shartnoma) va 1815 yilgi Niderlandiya Konstitutsiyasidan iborat boʻlib, u toʻliq boʻlgan. 1982 yilda qayta ko'rib chiqilgan (odatda 1983 yil Konstitutsiyasi deb ataladi). Hukumat shakliga koʻra Niderlandiya konstitutsiyaviy parlament monarxiyasi hisoblanadi. Siyosiy rejim demokratik. Niderlandiya Rim huquqini Yevropa universitetlari tomonidan qayta ishlash asosida shakllangan Romano-German huquqiy oilasiga kiradi. Gollandiya huquqi o'zining ko'p asrlik tarixi davomida boshqa davlatlar huquqining rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi, o'z navbatida ularning huquqiy madaniyatining katta qismini o'zlashtirdi. Niderlandiyaning zamonaviy huquqiy tizimi o'zining asosiy xususiyatlarida 19-asrning boshlarida shakllana boshladi. 1810-yilda Niderlandiya Fransiya imperiyasining bir qismi deb e’lon qilinganida, uning hududida Fransiya qonunchiligi rasman joriy qilingan. Napoleon imperiyasi parchalanib, mustaqil Niderlandiya Qirolligi e'lon qilingandan so'ng (1814) fuqarolik va boshqa frantsuz kodekslari amalda Gollandiya qonunchiligi nashr etilgunga qadar "vaqtinchalik" kuchda qoldi. Bu islohot 1838 yilda Fuqarolik va Tijorat kodekslari, Sudlarni tashkil etish to'g'risidagi qonun va Fuqarolik protsessual kodeksi qabul qilinganda amalga oshirildi va 1866 yilda yangi jinoyat qonunchiligining kuchga kirishi bilan yakunlandi. Ushbu kodekslar asosida Gollandiya huquq tizimini yanada rivojlantirish davom ettirildi. Frantsiya ta'sirini huquq tarmoqlari tasnifida, davlat va sud hokimiyatini tashkil etishda, fuqarolik va oilaviy huquqda hali ham kuzatish mumkin. XIX va XX asr oxirlarida. Gollandiya huquqi nemis huquqiy an'analarining ta'sirini his qildi.kurs ishining dolzarblik jihati shundaki bugungi Niderladiya yevropaning rivojlangan va yetuk davlatlaridan biri hisoblanadi.Shu sababdan uning tarixini o’rganish dolzarb sanaladi. Kurs ishining maqsad va vazifalari:Kurs ishining maqsadi Nidelarlaniyaning XVIII asrning oxiridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolini o’rganish va uni yoritib berishdan iboratdir.Shu maqsaddan kelib chiqib quydagilarni o’z oldimga vazifa qilib qo’ydim: