Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism



Yüklə 458,37 Kb.
səhifə1/10
tarix21.06.2023
ölçüsü458,37 Kb.
#133605
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan



MUNDARIJA
I. KIRISH. YASSI CHUVALCHANGLAR TIPIGA UMUMIY TAVSIF.........3
II. ASOSIY QISM
II.1. SO‘RG‘IChLILAR (TREMATODA) SINFI tuzilishi va hayot kechirishi...8.
II.2. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari.
II.3. MONOGENEYALAR SINFI..........................................20
II.4. Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus)
III. XULOSA. …………………………………………………………………29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. ……………...........30

KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida Oliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim ikki bosqichli asosda, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi. Sirtqi yoki mustaqil ta’lim tarzida o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydigan kasb va ixtisoslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy ma’lumot olishga xaqlidirlar. Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazib turiladi. Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir” . Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi. Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarni bilgan holda keng miqyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda ekologik holat jahon miqyosida global muammo bo’lib turgan bir holatda yangidan yangi tabiiy, biologik, hech qanaqangi chiqindilarsiz mahsulot ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda genomik tahlillar olib borish keng miqyosda olib bormoqda. Shu munosabat bilan Prizidentimiz tomonidan biologiya va kimyo fanlarini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan.
Tip Platgelmintlar (Plathelminthes Schneider, 1873) yoki yassi chuvalchanglar
1. Yassi chuvalchanglar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlardir. Ularning tanasi orqali faqat bitta simmetriya tekisligi o‘tkazilishi mumkin. Bunday simmetriya dastlab shu guruh chuvalchanglarda ko‘rinadi. Yassi chuvalchanglar uch qavatli hayvonlardir. Ontogenez davomida ularda kovakichlilardagi kabi ikkita emas, balki uchta embrion varag‘i hosil bo‘ladi. Ularda tana qoplamini hosil qilivchi ektoderma va ichak rivojlanadigan entoderma oralig‘ida o‘rta varaq yoki mezoderma rivojlanadi. ularning tanasi uzunchoq bo‘lib yelka-qorin (dorzoventral) yo‘nalishda yassilashgan bo‘ladi.
2. Yassi chuvalchanglarning muhim hususiyati ularda epiteliy va uning ostida joylashgan muskul tolalaridan tuzilgan teri – muskul xaltasi bo‘lishidir. Muskullarning qisqarishi natijasida platgelmintlarga xos bo‘lgan xarakat yuzaga keladi.
3. Yassi chuvalchanglarning tanasi bo‘shliqsiz bo‘ladi ular bo‘shliqsizlar yoki parenximatozlar deb yuritiladi. Ichki organlarning oralig‘i mezodermadan hosil bo‘lgan parenxima bilan to‘lgan bo‘ladi. Parenxima bir qancha vazifalarni bajaradi: tayanch, zaxira oziqa moddalarni to‘planadigan joy va almashinuv jarayonlarda qatnashadi.
4. Ovqat xazm qilish kanali ektodermali oldingi ichak yoki qizilo‘ngach va entodermali orta ichak bo‘lib, u ko‘r tugaydi. Orqa ichak va anal teshigi bo‘lmaydi. Parazitlarda ovqat hazm qilish sistemasi umuman reduksiyalangan.
5. Nerv sistemasi juft miya gangliyalar va undan orqaga ketuvchi ko‘ndalang xalqali tolalar bilan birikkan nerv tomirlaridan iborat. Yassi chuvalchanglarda markaziy boshqaruvchi apparat yaxshi shakllangan.
6. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q.
7. Yassi chuvalchanglarda protonefridiya tipidagi maxsus ayrish organi birinchi bo‘lib paydo bo‘ladi. Ular tarmoqlangan kanalchalar sistemasidan iborat. Har bir kanalcha parenxmada maxsus kipriklar tutamiga ega bo‘lgan yuldizsimon hujayra bilan tugaydi. Protonefridiylar tashqi muhit bilan maxsus ekskretor (ajratuvchi) teshik orqali aloqada bo‘ladi.
8. Yassi chuvalchanglarning jinsiy sistemasi germafrodit va juda murakkab tuzilgan. Odatda murakkab yo‘llar shakllanadi, ular jinsiy mahsulotlarni chiqarishga va ichki otalanish sodir bo‘lishiga imkon beradi. Shunday qilib jinsiy sistemasi faqat jinsiy bezlar bo‘lishi bilangina xarakterlanmay, eng muhimi jinsiy apparatning jinsiy yo‘llari va tuxumning hosil bo‘lishiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha qismlari, shuningdek qo‘shilish organlari bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Yassi chuvalchanglar tipiga 5 ta sinf kiradi ulardan to‘rttasi asosan parazit formalardan iborat.
Zoogeografiya bu yer yuzining turli xududlari (zoogeografik oblastlar) hayvonot olamini evolyutsion kelib chiqishi, shaklllanishi, faunistik tarkibi va ularning o’zaro o’xshashlik va farqlarini chuqur o’rganadigan fandir. Mazkur xususiyatlarni belgilovchi qonuniyatlarini aniqlash esa zoogeografiya fani oldidagi eng muhim masalalarning biridir. Yer yuzasida tur areallari yoki faunistik komplekslarning shakllanishidagi tarixiy jarayonda hayvonot dunyosining turli-tuman aloqalari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Shu bilan birga har bir regionning hayvonot dunyosi birinchi navbatda muxitning abiotik omillari bilan aloqasi orqali shakllanadi. Ma’lumki, yer yuzasidagi xar qanday keng maydonning ekologik sharoitlari u yoki bu darajada o’zaro farq qiladi. Undagi o’simlik va hayvon guruhlarining tarkibi ma’lum darajada u yerdagi geografik muhit bilan bo’ladigan aloqalarga bog`liqdir.
Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlarni o'rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi.
Skoletsidalar, ya'ni chuvalchanglar tabiatda eng ko'p tarqalgan hayvonlar guru-hini tashkil qiladi. Ularning ko'pchilik turlari suvda va tuproqda erkin holda yashay-di. Shu bilan bir qatorda o'simliklarning to'qimalarida, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarning turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham oz emas. Skoletsidalar katta tipi o'z navbatida yassi chuvalchanglar, tikan-boshlilar, to'garak chuvalchanglar, nemertinlar va halqali chuvalchanglar tiplariga bo'linadi.
Parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan birinchi 3 ta tiplarida uchraydi. Yassi chuvalchanglar tipida 9000 dan ortiq turi, tikanboshlilar tipida 500 ta turi va to'garak chuvalchanglar tipida 3000 dan ortiq turi parazitlar hisoblanadi. Halqali chuvalchanglar tipida ham 450 dan ortiq turi parazitlik qilib hayot kechiradi.
Jinsiy voyaga yetgan parazit chuvalchanglar, ya'ni gelmintlar asosan umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Ulaming ko'pchiligi endoparazitlar, ya'ni hayvon-larning turli ichki organlarida parazitlik qiladi.
Gelmintlar rivojlanish sikliga ko'ra biogelmintlar va geogelmintlarga bo'linadi. Biogelmintlarning rivojlanish siklida oraliq yoki qo'shimcha xo'jayinlar ishtirok etadi (barcha so'rg'ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar, tikanboshlilar sinflarining vakillari va qisman nematodalar sinfining vakillari).
Geogelmintlar guruhiga kiruvchi parazit chuvalchanglar esa oraliq xo'jayinlarsiz to'g'ridan-to'g'ri rivojlanadi. Askarida, ostritsa, trixotsefala va boshqa nematodalar shular jumlasidandir.
Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. Odamlar hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Odamlar qadimdan hayvonlarni ov qilib kun kechirishgan. Hayvon go’shti ibtidoiy odamlar uchun oziq-ovqat bo’lgan, ularning terisidan kiyim-bosh, suyaklaridan turli ov qurollari tayyorlangan. Ular hayvonlarni qo’lga o’rgatib, xonakilashtira boshlashgan. Itlar qo’lga o’rgatilgan dastlabki yovvoyi hayvon bo’lgan. Keyinroq odamlar cho’chqa, qoramol va parrandalarni xonakilashtirganlar. Hozirgi davrda ham inson hayotida hayvonlarning ahamiyati katta. Uy hayvonlaridan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun teri, jun va pilla oli nadi. Yovvoyi hayvonlar, xususan baliqlar, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar oziqovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, dori-darmon va vitaminlar olishda foydalaniladi. Ularning chiqindisidan tayyorlangan un chorva mollari ozuqasiga qo’shib beriladi yoki erga solinadigan o’g’it sifatida erga solinadi. YOvvoyi hayvonlarning terisidan kiyim tikiladi, pati, shoxi va suyaklaridan ham sanoatda foydalaniladi. YOvvoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqon va kalamushlarni qirqib, katta foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berish bilan birga, o’simliklarni changlatib, hosildorligini oshirishga katta hissa qo’shadi. Tut ipak qurtidan to’qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo olinadi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo’jaligi ekinlari zarakunandalariga qarshi kurashda insonning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiradigan turlari ham bor. Ular ekinlarni eb, hosildorlikni pasaytiradi, oziq-ovqat qishloq xo’jalik mahsulotlari (teri, jun, yog’och) va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni buzib, katta zarar keltiradi. Ko’pgina hayvonlar odam, chorva mollari va uy hayvonlarida parazitlik qilib, har xil kasalliklar keltirib chiqaradi. Ayrim hasharotlar va kanalar odam va hayvonlarga turli xavfli kasalliklar (vabo, bezgak, tif va boshqalar) ni yuqtiradi. Bir qancha hayvonlar: baqalar, dengiz cho’chqalari, kalamushlar, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar, hasharotlar (masalan, drozofila pashshasi) va boshqalardan biologiya, tibbiyot, veterinariya, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda laboratoriya hayvonlari sifatida ilmiy maqsadlarda foydalaniladi.

Yüklə 458,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin