Mundarija: KIRISH……………………………………………………………………………..3 I BOB. MUAMMONING TAHLILI……………………………………………… 1.1.Yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalalari………..7
1.2.Jismoniy sifatlarni rivojlantirish va uni gimnastik mashqlar texnikasini takomillashtirish jarayoniga ta’siri...............................................................................12
1.3. Jismoniy sifatlarni baholashda nazorat mashqlaridan foydalanish.......................18
IIBOB.YOSHLI GIMNASTIKACHILAR JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI ASOSLASH 2.1. Dastlabki tayyorgarlik guruhlarida pedagogik kuzatuvlarni olib
borish va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash........................................22
2.2. Maxsus xarakat mashqlarini trenirovka jarayonidagi natijasini samarasi.........32
XULOSALAR............................................................................................................36 FOYDALANGANADABIYOTLARRO‘YXATI.................................................37
KIRISH Mamlakatimizda Respublika Prezidentining farmoni bilan «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etilishi» (1) va uni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi o‘zbek sportini, jumladan, bolalar sportini tamomila yangicha yo‘nalishda shakllanishiga turtki bo‘lmoqda.1 Mazkur hujjatda nafaqat bolalar sportini rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan moddiy va huquqiy ta’minotni yaratish zarurligiga asos solingan, balki shu yo‘nalishni jadal sur’atlar bilan taraqqiy ettirish uchun raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga katta e‘tibor qaratilgan. So‘nggi yillarda yurtimizda ko‘pdan-ko‘p jahon standartlariga mos sport inshoatlarining barpo etilishi, Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida nufuzli xalqaro musobaqalarni o‘tkazilib borilayotganligi hamda turli yoshdagi sportchilarimizning Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi yirik musobaqalarda yuksak natijalarga erishib kelayotganligi yuqorida qayd etilgan fundamental hujjatlarning hayotiy aksidir.
YOsh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo‘yicha iste‘dodli sportchi bolalarni etishtirish o‘quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi.
Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatni kelib chiqishi tabiiy holatdir. CHunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz bo‘lmaydi, an’anaviy yuklamalarga ko‘nikish hosil bo‘ladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlar sport mahoratini o‘sishiga
«qudrati» etmay qoladi (12,15,16,).
Qayd etilgan holatlar bizni ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zahiralari maktabi (IBO‘OZM) da shug‘ullanuvchi yosh
Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatni kelib chiqishi tabiiy holatdir. CHunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz bo‘lmaydi, an’anaviy yuklamalarga ko‘nikish hosil bo‘ladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlar sport mahoratini o‘sishiga
Binobarin, jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni shunday tashkil etilishi lozimki, oldindan o‘zlashtirilgan bir guruh mashqlar nafaqat boshqa turdosh mashqlar elementlariga o‘rgatish masalasini engillashtirishi darkor, balki dastlabki o‘zlashtirilgan mashqlar qayd etilgan turdosh mashqlarga o‘rgatishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga etakchi texnik xususiyatlarga ega keng gimnastik mashqlar majmuasiga asosan ishlab chiqilgan muvofiq jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligi hamohang bo‘lishi mumkin. Tashkiliy va uslubiy jihatdan bunday ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik nafaqat tasnifiy asosda uyushtirilishi kerak, balki maxsus tanlangan o‘quv-trenirovka mashqlari yordamida olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.