Mavzu: Mavsumiy marosim qòshiqlari va ularning hozirgi kundagi ahamiyati
Qabul qildi: U.Matyoqubova.
2023-yil
Mundarija.
Kirish…………………………………………………………………………….4 I.Bob. Xalqimiz orasida keng tarqalgan mavsumiy marosim qòshiqlari ……………………………………………………………………………..……..5
I.1. Mavsumiy marosim qo’shiqlarining kelib chiqishi………………………….5
I.2. Mavsumiy marosim qo’shiqlarining umumiy jihatlari………………………7
II. Bob. Mavsumiy marosimlar………………………………………………..11
II.1. Oilaviy marosim qòshiqlari. ………………………………………………..11
II.2. Tòy va motam marosim qòshiqlari.................................……………………17
Xulosa…………………………………………………………………………….25 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………26
Reja:
Kirish I.Bob. Xalqimiz orasida keng tarqalgan mavsumiy marosim qòshiqlari I.1. Mavsumiy marosim qo’shiqlarining kelib chiqishi.
I.2. Mavsumiy marosim qo’shiqlarining umumiy jihatlari.
II. Bob. Mavsumiy marosimlar. II.1. Oilaviy marosim qòshiqlari
II.2. Tòy va motam marosim qòshiqlari.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Musiqiy folklor – xalq og’zaki ijodiyotining muhum qismini tashkil qiladi. U mazmunan serko’lam ma’no kasb etgani holda hilma-hil shakl va tur (aytim, cholg’u kuy)larda namoyon bo’ladi.
Musiqiy folklor namunalarini idroklash va ijro etish uchun kasbiy musiqachilarga zarur bo’lgan va ko’p yillik «ustoz-shogird» maktabida egallangan maxsus malakalarning bo’lishi talab etilmaydi. Xalq musiqasi qiymatini kamsitmagan holda uni asl ma’noda xalqchil ekanligini fahmlash zarur. Aytaylik, dostonlarni faqat baxshilar, maqomlarni esa ustoz maqomchilargina mukammal darajada ijro eta oladilar. Ayni chog’da xalq aytimlarini nisbatan keng omma kuylay olish imkoniyatiga egadir.
Musiqiy folklor namunalarini kelib chiqish manbalariga ko’ra xalq hayoti bilan bog’liq turli ko’rinishlarda, xususan, mehnat jarayoni, oilaviy marosim va urf-odatlar, sayl va boshqa ommaviy bayram tantanalarida qaror topgan va ijro etib kelingan. Uning namunalari esa dastlab iste’dodli shaxslar tomonidan yaratilib, so’ngra el orasida og’izdan-og’izga o’tib ommalashadi. Shu asnoda asrlar davomida shakllangan xalq qo’shiq-kuylari avloddan-avlodga og’zaki tarzda meros qolib, bizga qadar ijtimoiy ong xotirasida saqlanib kelindi.