Mustaqil ish mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’ektiv asoslari Bajardi



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə1/3
tarix14.05.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#113560
  1   2   3
Sulaymonov S. zamonaviy iqtisodiyot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
Zamonaviy iqtisodiyot fanidan

MUSTAQIL ISH



Mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’ektiv asoslari

Bajardi: Sulaymonov Samandar
Tekshhirdi: Soliyeva Barnoxon


Toshkеnt – 2023
Reja:



  1. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.

  2. Tovarlarning eksport tarkibi.
  3. Mutlaq ustunlik nazariyasi.

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari


Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar majmuidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir. Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq.
Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlariTovarlarning eksport tarkibi


Tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish va h.k.).

Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalarMilliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha nazariyalarning shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin